Shuningdek, sadaqalarini oxiratda Robbilariga qaytuvchi ekanlaridan qalblari qoʻrqib turgan holda beradigan kimsalar,
От искомого вами масдар-узак ر ب ب образовано 980 аятов.
Robbi, Robblari, Robbingizga, Robbing, Robbi, Robblariga, Robbingiz, Robbiga, robblarining, Robbingiz
Ниже приведены эти аяты с арабским текстом и узбекским переводом.
Shuningdek, sadaqalarini oxiratda Robbilariga qaytuvchi ekanlaridan qalblari qoʻrqib turgan holda beradigan kimsalar,
Ey Muhammad, yoki siz ulardan qilgan daʼvatingiz uchun haq soʻrayapsizmi! Robbingizning ajri yaxshiroqdir. U rizq beruvchilarning eng yaxshisidir.
Ana endi ularni azobga tutdik. Ular esa Robbilariga boʻyin egmadilar va tavba-tazarru ham qilmadilar.
Ey Rasulim ularga: “Yetti qavat osmonning Robbisi hamda ulug‘ Arshning Robbisi kim?” – deb soʻrang.
Ey Rasulim ularga: “Yetti qavat osmonning Robbisi hamda ulug‘ Arshning Robbisi kim?” – deb soʻrang.
Ey Rasulim: “Ey Robbim, menga kofirlarga vaʼda qilinayotgan narsani, koʻrsatadigan boʻlsang?!” – shunday degin:
Ey Robbim, oʻshanda meni u zolimlar qavmi ichida qilmagin!.
Ey Rasulum: “Ey Robbim, men Sendan shaytonlarning vasvasalaridan panoh berishingni soʻrayman”, – deb ayting.
Ey Robbim, yana men Sendan, ular mening huzurimga kelishlaridan ham panoh soʻrayman”, – degin.
Toki u mushriklardan birortasiga oʻlim oni kelganida: “Ey Robbim, meni yana hayotga qaytaringlar”, – deydi.
Ular: “Ey Robbimiz, baxtsizligimiz bizlarga ustun keldi va biz, shubhasiz, adashgan qavmlar edik”, – deydilar.
Ey Robbimiz, bizlarni doʻzaxdan qayta dunyoga chiqargin. Bas, agar shunda ham kufr va tug‘yon yoʻliga qaytsak, unda biz chindan ham oʻzimizga zulm qiluvchilarmiz.
Darvoqe, Mening bandalarim orasida bir guruh bordir. Ular: “Ey Robbimiz, Senga iymon keltirdik. Bas, bizlarni mag‘firat qil va bizlarga rahm qilgin. Sen rahm qiluvchilarning eng yaxshisisan”, – der edilar.
Bas, haq podshoh boʻlgan Alloh hamma narsadan oliydir. Undan oʻzga iloh yoʻqdir va U ulug‘ Arshning Robbisidir.
Kimki oʻzida hech qanday dalil boʻlmagan holda Alloh bilan birga boshqa biror soxta ilohga iltijo qilsa, bas, uning hisob-kitobi Robbisining huzuridadir. Albatta, kofir boʻlganlar azobdan qutulmaydilar.
Ey Muhammad: “Ey Robbim, gunohlarimizni mag‘firat et va holimizga rahm qil! Sen oʻzing rahm qiluvchilarning eng yaxshisisan”, – deb ayting.
Ular uchun u yerda mangu qoluvchi hollarida, istagan narsalari bordir. Bu Robbingiz zimmasidagi masʼuliyatli vaʼdadir.
Ey Muhammad, sizdan oldingi Biz yuborgan barcha payg‘ambarlar ham, albatta, odamlardek taom yeb, bozorlarda yurar edilar. Biz baʼzilaringizni baʼzilaringiz uchun sinov qilib qoʻydik, qani, bu sinovlarga sabr qila olarmikinsiz? Robbingiz esa barchasini koʻrib turuvchi Zotdir.
Bizga duch kelishni umid qilmaydiganlar: “Bizga payg‘ambar oʻrniga farishtalar tushirilsa edi yoki biz Robbimizni koʻzlarimiz bilan koʻrsak edik”, – deydilar. Darhaqiqat, ular haddan oshdilar va juda katta ketdilar.
Payg‘ambar: “Ey Robbim, darhaqiqat, mening qavmim bu Qurʼonni tark qildilar”, – dedi.