Biz sizdan oldingi har bir payg‘ambar uchun ham jinoyatchi kimsalardan mana shunday dushmanlar qilganmiz. Hidoyat qiluvchi va yordamchilikka Robbingizning Oʻzi kifoyadir.
От искомого вами масдар-узак ر ب ب образовано 980 аятов.
Robbi, Robblari, Robbingizga, Robbing, Robbi, Robblariga, Robbingiz, Robbiga, robblarining, Robbingiz
Ниже приведены эти аяты с арабским текстом и узбекским переводом.
Biz sizdan oldingi har bir payg‘ambar uchun ham jinoyatchi kimsalardan mana shunday dushmanlar qilganmiz. Hidoyat qiluvchi va yordamchilikka Robbingizning Oʻzi kifoyadir.
Robbingiz soyaning qanday yoyib qoʻyganini koʻrmadingizmi?! Agar xohlasa, uni qimirlatmay qoʻygan boʻlar edi. Soʻngra soyaning mavjudligini nurga bog‘ladik va quyoshni unga dalil qildik.
U bir tomchi suvdan insonni yaratdi, keyin uni ota-ona tarafidan nasab, qudachilik tomondan esa qarindosh qilib qoʻydi. Darhaqiqat, Robbingiz har ishga qodirdir.
Mushriklar Allohni qoʻyib, oʻzlariga foyda ham, zarar ham bera olmaydigan narsalarga ibodat qiladilar. Kofir Robbisiga qarshi shaytonga yordamchidir.
Ey Rasulum ularga: “Men daʼvatim uchun sizlardan unga hech qanday haq soʻramayman, faqat kim xohlasa, Robbisi tomon yoʻl olishini soʻrayman”, – deb ayting.
Ular tunlarini Robbilari uchun sajda qilgan va tik turgan hollarida bedor oʻtkazadigan kimsalardir.
Ular: “Ey Robbimiz, bizlardan jahannam azobini uzoqlashtirgin. Albatta, uning azobi doimiydir.
Robbilarining oyatlari zikr qilingan paytda ular oyatlarga kar va koʻr boʻlib, beeʼtibor harakat qilmaydilar.
Ular: “Ey Robbimiz, juftu halollarimizdan va zurriyotlarimizdan bizlarga koʻz quvonchini hadya qil va bizlarni taqvodorlarga yetakchi qil”, – deydilar.
Ey Muhammad, mushriklarga: “Agar duolaringiz boʻlmaganida, Robbim sizlarga qiymat bermas edi. Bas, sizlar yuborilgan payg‘ambarni inkor qildingiz bas, yaqinda sizlarga azob shart boʻladi”, – deb ayting.
Shubhasiz, U Robbingiz izzati ulug‘ – Aziz va marhamati keng boʻlgan – Rahim Zotdir.
Ey Muhammad, Robbingiz Musoga nido qilib: “Zolim qavmlarga daʼvat uchun borgin”, – deganini eslang.
Muso: “Ey Robbim boraman, faqat ular meni yolg‘onchi qilishlaridan qoʻrqaman”, – dedi.
Bas, ikkovingiz firʼavnga borib: “Haqiqatan, biz olamlar Robbisining elchisimiz”, – deb aytinglar.
Keyin qilgan ishimdan qoʻrqib sizlardan qochib ketdim. Bas, Robbim menga hikmat berdi va meni payg‘ambarlardan qildi.
Firʼavn Musoga: “Olamlar Robbisi deganing nima u?” – dedi.
Muso unga: “Agar ishonadigan boʻlsangiz, U osmonlar va Yerning hamda ularning orasidagi barcha narsalarning Robbisidir”, – dedi.
Muso ularga: “U sizlarning ham, avvalgi oʻtgan ota-bobolaringizning ham Robbisidir”, – dedi.
Muso ularga: “U sizlarning ham, avvalgi oʻtgan ota-bobolaringizning ham Robbisidir”, – dedi.
Muso ularga: “Agar aql ishlata olsangiz, U mashriq va mag‘rib hamda ularning oʻrtasidagi narsalarning ham Robbisidir”, – dedi.