Ularga: “Modomiki mushriklardan va Allohdan boshqaga sig‘inayotgan narsalaridan uzoqlashmoqchi ekansizlar, unda g‘orga qochib, panoh izlanglar. Shunda Robbingiz sizlarga Oʻz rahmatini yoyadi va sizga ishingizda osonlik yaratadi”, – deb aytildi.
От искомого вами масдар-узак أ و ي образовано 36 аятов.
va boradigan joylari ham, va yerni, boradigan joy, turari, yetib boradigan joyi, va uning yetib boradigan joyi, va uning joyi, (Alloh) sizni joylashtirdi, joylashtirildilar, va ularning yetib boradigan joyi
Ниже приведены эти аяты с арабским текстом и узбекским переводом.
Ularga: “Modomiki mushriklardan va Allohdan boshqaga sig‘inayotgan narsalaridan uzoqlashmoqchi ekansizlar, unda g‘orga qochib, panoh izlanglar. Shunda Robbingiz sizlarga Oʻz rahmatini yoyadi va sizga ishingizda osonlik yaratadi”, – deb aytildi.
Shunda yigit: “Buni qarang, biz dengiz sohilidagi qoyaga joylashib dam olgan paytimizda, men baliqni unutib qoldiribman. Uni sizga eslatishimni faqat shayton yodimdan chiqardi. Baliq esa dengizga ajoyib tarzda yoʻlini topib suzib ketibdi.
Keyin Maryamning oʻg‘li Isoni va uning onasini odamlarga belgi qildik va har ikkisini bir oqar suvli baland qarorgohga joyladik.
Ey Muhammad, kofir boʻlgan kimsalarni yer yuzida Allohni ojiz qoldiruvchilar deb oʻylamang. Ularning borar joylari doʻzaxdir. U qanchalar yomon borar joydir!
Ibrohim ularga: “Sizlar faqat oʻtkinchi dunyo hayotidagi oʻzaro doʻstligingiz uchun Allohdan boshqa butlarni iloh qilib oldingiz. Soʻngra qiyomat kunida baʼzi yoʻlboshchilaringiz baʼzi ergashuvchilaringizdan tonadi, ayrimlaringiz ayrimlarini laʼnatlaydi. Borar joyingiz doʻzax boʻlib, u joyda sizlarga yordam beruvchilar boʻlmaydi.
Iymon keltirgan va solih amallarni bajargan kimsalar uchun qilgan amallari tufayli ziyofat sifatida jannat maskanlari boʻladi.
Fosiq boʻlgan kimsalarning maskanlari esa doʻzaxdir. Har gal undan chiqmoqchi boʻlsalar, yana unga qaytariladilar va ularga: “Oʻzlaringiz yolg‘onga chiqargan doʻzax azobini totinglar!” – deyiladi.
Siz ulardan oʻzingiz xohlagan ayolni nari qoʻyib, oʻzingiz xohlagan ayolni oʻzingizga yaqin olasiz. Oʻzingiz chetlatgan ayollaringizdan birortasini hamxonalikka istasangiz, sizga hech qanday gunoh boʻlmaydi. Bu ularning koʻzlari quvonishiga, xafa boʻlmasliklariga va siz ularga bergan narsaga hammalari rozi boʻlishlariga yaqinroq yoʻldir. Alloh sizlarning qalblaringizdagi narsani ham biladi. Alloh hamma narsani bilib turuvchi – Aʼlim va hikmat egasi boʻlgan – Hakim Zotdir.
Ularga: “Sizlar mana shu kuningizdagi Bizga duch kelishni unutganingizdek, Biz ham bugun sizlarni unutarmiz. Sizlarning joyingiz doʻzaxdir va sizlar uchun azobdan qutqaruvchi hech qanday yordamchilar boʻlmaydi”, – deyiladi.
Uning yonida Maʼvo jannati bor.
Mana bugun siz munofiqlardan ham, kufr keltirganlardan ham azobdan qutulishlaringiz uchun toʻlov olinmaydi. Joylaringiz doʻzaxdir! U sizlarning munosib joyingizdir! U qanday ham yomon borar joy!
Ey Payg‘ambar, kofir va munofiqlarga qarshi kurashing va ularga qattiq turing. Ularning joylari jahannamdir. U qanday yomon borar joy!
Uni oʻz panohiga oladigan qarindoshini ham.
Bas, u holda, albatta, jahannam unga joy boʻladi!
Bas, albatta, jannat unga joy boʻladi.
Ey Muhammad, Robbingiz sizni yetim holda topib, boshpana bermadimi?!