Ana oʻshalarga qilgan solih ishlari sababidan ikki dunyoda ham nasiba bordir. Alloh tez hisob-kitob qiluvchidir.
От искомого вами масдар-узак س ر ع образовано 23 аятов.
tez ko'ruvchidir, va yugurishadi, va yuguring, yuguruvchi(lar), musobaqa qiluvchi(lar), yugurishganlarini, (bir-biri bilan) musobaqalashganlarini, eng tezdir, tez bo'lgandir, tez
Ниже приведены эти аяты с арабским текстом и узбекским переводом.
Ana oʻshalarga qilgan solih ishlari sababidan ikki dunyoda ham nasiba bordir. Alloh tez hisob-kitob qiluvchidir.
Albatta, Alloh nazdida maqbul boʻlgan din bu, faqat Islom dinidir. Oʻzlariga kitob berilgan yahudiy va nasroniylar ularga Islomning haq ekanligiga ochiq dalil kelganidan keyingina adovat va hasad qilgan holda oʻzaro ixtilofga tushdilar. Kimki Allohning oyatlarini inkor qilsa, bas, albatta, Alloh barchaning qilmishini tez hisob-kitob qiluvchi Zotdir.
Ular Allohga va oxirat kuniga iymon keltiradilar. Yaxshilikka buyurib, yomonlikdan qaytaradilar hamda ezgu ishlar qilishda shoshiladilar. Ana oʻshalar solih kimsalardandir.
Robbingiz tarafidan boʻlgan mag‘firatga va taqvodorlar uchun tayyorlab qoʻyilgan, kengligi osmonlaru Yercha boʻlgan jannat sari shoshilinglar.
Ey Rasulim, kufr yoʻlida ildamlab oshiqayotganlar sizni xafa qilmasin. Ular aslo Allohga hech qanday zarar yetkaza olmaydilar. Alloh ularga oxiratda hech bir nasiba bermaslikni istaydi. Ular uchun ulkan azob bordir.
Shuningdek, albatta, ahli kitob boʻlgan yahudiy va nasroniylardan ham Allohga, sizlarga nozil qilingan kitobga va oʻzlariga nozil qilinganlarga Allohga bosh ekkan hollarida iymon keltiruvchi, Allohning oyatlarini oʻtkinchi dunyo manfaati uchun arzimas bahoga sotib yubormaydigan zotlar ham bor. Ana oʻshalar uchun ham Robbilari huzurida ajrlari bordir. Albatta, Alloh juda tez hisob-kitob qiluvchi Zotdir.
Ey Rasulim, sizdan oʻzlariga nimalar halol qilinganini soʻraydilar. Siz ularga: “Sizlarga pokiza narsalar halol qilindi. Allohning sizlarga taʼlim bergan ilmidan foydalanib, qoʻlga oʻrgatgan va ularni ovchi qilib parvarishlaganingiz yirtqich hayvonlarning sizlar uchun tutib kelganlarini ham yeyaveringlar. Ularni ovga qoʻyib yuborayotganingizda Allohning nomini zikr qilib, “Bismilloh” denglar”, – deb ayting. Allohdan qoʻrqinglar, shubhasiz, Alloh hisob kitobni tez qiluvchi Zotdir.
Ey Rasul, og‘izlarida “Iymon keltirdik”, – deydigan, lekin qalblari iymon keltirmagan munofiqlar va yahudiy boʻlgan kimsalardan kufr sari harakat qilayotganlari sizni xafa qilmasin. Ular doimo yolg‘onga quloq osuvchilardir, sizning oldingizga kelmagan boshqa bir yahudiy qavm nomidan josuslik qilib quloq tutib turuvchidirlar. Ular kalimalarni Alloh tarafidan qoʻyilganidan keyin joylarini oʻzgartiradilar. Yahudiylar: “Agar Muhammad tomonidan sizlarga mana bu oʻzgartirilgan hukm berilsa, uni olinglar. Bordi-yu unday hukm berilmasa, uni tark qilinglar”, – deydilar. Alloh kimni fitnaga mubtalo boʻlishini xohlasa, Allohning irodasiga qarshi siz u uchun hech narsa qilishga qodir emassiz. Alloh ana shunday kimsalarning qalblarini tozalashni istamagan. Ular uchun bu dunyoda sharmisorlik, oxiratda esa alamli azob bordir.
Ey Rasulim, qalblarida munofiqlik kasali bor kimsalarning ular tomonga oshiqayotganlarini koʻrasiz. Munofiqlar: “Davr kelib bizlarga ulardan bir balo yetib qolishidan qoʻrqamiz”, – deydilar. Shoyad, Alloh musulmonlarga g‘alaba yoki Oʻz huzuridan xayrli bir ish berib qolsa, ana oʻshanda ichlarida saqlab yurganlari uchun pushaymon qiluvchi boʻlib qoladilar.
Ulardan koʻpchiligini gunoh ishlarda, dushmanlik qilishda va harom yeyishga oshiqayotganlarni koʻrasiz. Qilayotgan bu ishlari naqadar yomon ishdir.
Keyin bandalar haqiqiy egalari boʻlgan Allohning huzuriga qaytariladilar. Ogoh boʻlinglar, hukm qilish, faqat Uning Oʻzigagina xosdir va U eng tez hisob-kitob qiluvchidir.
U sizlarni Yer yuzining xalifalari qilib, bergan neʼmatlarida sizlarni sinash uchun baʼzingizni baʼzingizdan yuqori darajalarga koʻtargan Zotdir. Albatta, Robbing jazosi tez boʻlgan Zotdir. Hamda U gunohlarni kechiruvchi – G‘ofur va marhamati keng boʻlgan – Rahim Zotdir.
Ana oʻshanda Robbingiz ularning ustiga to qiyomat kunigacha ularni yomon azob bilan jazolaydigan kimsalarni, albatta, yuborib turishini bildirgan edi. Shubhasiz, Robbingizning azobi kofirlar uchun shitob bilan keluvchidir. Shubhasiz, U moʻminlar uchun gunohlarni kechiruvchi – G‘ofur va marhamati keng boʻlgan – Rahim Zotdir.
Agarda odamlarga yetgan zarar ortidan rahmat zavqini tottirsak, birdan ularda oyatlarimiz haqida makr paydo boʻladi. Ey Rasulim: ularga: “Alloh makrlarni yoʻq qilishda tezroqdir”, – deb ayting. Albatta, elchi farishtalarimiz sizlar qilayotgan makrlaringizni yozib bormoqdalar.
Makka mushriklari Biz yerlariga kelib, musulmonlarning asta-sekin fath qilib kelayotganlari sababli uni atroflaridan qisqartirib borayotganimizni koʻrmadilarmi?! Alloh Oʻzi xohlaganicha hukm qiladi. Uning hukmini kuzatib, taʼqib qilib boruvchi yoʻq. U tez hisob-kitob qiluvchidir.
Bular Alloh har bir jonga qilgan kasbiga munosib jazo berishi uchundir. Albatta, Alloh tez hisob-kitob qiluvchidir.
Bas, uning duosini ham mustajob qildik va unga Yahyoni hadya qildik. Hamda juftini tug‘adigan qilib oʻnglab qoʻydik. Darhaqiqat, bu payg‘ambarlar yaxshi ishlarni qilishda shoshilar, umid va qoʻrquv bilan Bizga duo qilar va Bizga itoat qiluvchi zotlar edi.
Berilgan neʼmatlarni oʻzlari uchun yaxshiliklarni tezlatishimiz belgisi deb hisoblaydilarmi?! Yoʻq, ular buning sababini sezmaydilar.
Aynan mana shular yaxshiliklarni qilishga shoshadilar va uni qilishda oʻzib ketuvchilardir.
Kufr keltirgan kimsalarning qilgan amallari esa sahrodagi sarobga oʻxshaydi. Chanqoq odam uni suv deb oʻylaydi va uning oldiga kelgach esa, hech narsa topa olmaydi. Yonida har yerda hoziru nozir boʻlgan Allohni topadi. Alloh qiyomatda uning hisob-kitobini toʻliq qilib beradi. Alloh oʻta tez hisob qiluvchidir.