Kunchiqar tomon boʻlgan sharq ham, kunbotar tomon boʻlgan g‘arb ham Allohnikidir. Demak, qaysi tarafga yuzingizni bursangiz, Allohning yuzi oʻsha yerdadir. Albatta, Alloh fazli karami keng – Vosiʼ va hamma narsani biluvchi – Aʼlim Zotdir.
От искомого вами масдар-узак ش ر ق образовано 17 аятов.
sharq ham, sharq, sharq-, sharqlariga, quyosh chiqayotganda, sharq tomonida, sharqdan, sharqning, quyosh chiqayotganda, sharqlarning
Ниже приведены эти аяты с арабским текстом и узбекским переводом.
Kunchiqar tomon boʻlgan sharq ham, kunbotar tomon boʻlgan g‘arb ham Allohnikidir. Demak, qaysi tarafga yuzingizni bursangiz, Allohning yuzi oʻsha yerdadir. Albatta, Alloh fazli karami keng – Vosiʼ va hamma narsani biluvchi – Aʼlim Zotdir.
Odamlar orasidan baʼzi nodonlari musulmonlarga qarata: “Ularni oldin, unga yuzlanib ibodat qilgan qiblalaridan voz kechishlariga nima sabab boʻldi ekan?” – deydilar. Ey Rasulim, siz ularga: “Yer yuzining sharqi ham g‘arbi ham Alloh taolonikidir. U Oʻzi xohlagan kimsalarni toʻg‘ri yoʻlga yetaklaydi”, – deb ayting.
Yaxshilik ibodatlarda taraf tortishib yuzingizni sharq yoki g‘arb tomonga burishingizdan iborat emas. Balki yaxshilikning belgisi, Allohga, oxirat kuniga, maloikalarga, kitoblarga, payg‘ambarlarga iymon keltirgan hamda oʻzi u molni yaxshi koʻrishiga qaramay, mol-dunyosidan qarindoshlariga, yetim-esirlarga, miskinlarga, musofirlarga, tilanchilarga va qul ozod qilish uchun beradigan, namozni toʻliq ado etib, zakotni berib yuradigan kimsalarda namoyondir. Shuningdek, yana yaxshilikning namunasi ahd qilganda ahdiga vafo qiluvchilar, mashaqqatli va dardli kunlarda hamda jangu jadaldagi qiyinchilik onlarida sabr-toqat qiluvchi kimsalarda bilinadi. Ana shunday kimsalar iymonda sodiq boʻlganlar va aynan oʻshalar Allohdan qoʻrquvchi taqvodorlardir.
Alloh unga saltanat berganidan mag‘rurlanib, Ibrohim payg‘ambar bilan uning Robbisi haqida talashib, tortishgan kimsaning ahvolini koʻrmadingizmi?! Zolim kimsa bilan bahslashgan Ibrohim payg‘ambar: “Robbim istaganiga hayot beradi va istaganini oʻldiradi”, – degan edi. U podshoh esa: “Men ham hayot berib, oʻldira olaman”, – deb aytdi. Keyin Ibrohim esa: “Alloh quyoshni sharqdan chiqaradi, sen uni g‘arbdan chiqarib koʻrchi?!” – deb aytgan. Ana oʻshanda u kufr keltirgan odam esankirab qolgan. Alloh zolim qavmlarni hidoyatga boshlamaydi.
Bechorahol boʻlib yurgan Muso qavmini Biz barakatli qilgan yerning g‘arbu sharqini meros qilib berdik. Shunday qilib, sabr qilganlari tufayli bani Isroil avlodlariga Robbingni bergan chiroyli soʻzi qaror topdi. Firʼavn va uning qavmi yasagan binolarni va baland qilib koʻtargan qasrlarini yer bilan yakson qildik.
Sahar chog‘ida birdan ularni dahshatli qichqiriq tutdi.
Ey Muhammad, bu kitobda Maryamni yodga oling. U oʻz oilasidan chetga, sharq tomonga chekildi.
Alloh osmonlar va Yerning nuridir. Uning borliqda aks etgan nurining misoli xuddi bir tokcha ichidagi chiroq, bu chiroq esa bir shisha ichida, u shisha goʻyo bir durdan boʻlgan yulduzga oʻxshaydi. U chiroq sharqiy ham g‘arbiy ham boʻlmagan koinotning qoq markazidagi muborak zaytun daraxtining yog‘idan yoqiladi. Uning yog‘i musaffo boʻlganidan, garchi unga olov tegmasa ham atrofni yoritib yuborgudek boʻladi. Agar olov tegib ketsa nur ustiga aʼlo nur boʻladi. Alloh xohlagan odamni Oʻz nuriga hidoyat qiladi. Alloh odamlar ibrat olishi uchun mana shunday misollarni keltiradi. Alloh barcha narsani bilib turuvchidir.
Muso ularga: “Agar aql ishlata olsangiz, U mashriq va mag‘rib hamda ularning oʻrtasidagi narsalarning ham Robbisidir”, – dedi.
Bas, firʼavn va askarlari tong paytida ularning ortiga tushdilar.
U osmonlar va Yer hamda ularning oʻrtasidagi narsalarning Robbisidir. U yana kunchiqar tomonlarning Robbisidir.
Biz Dovudga tog‘larni kechasi-yu kunduzi doimo u bilan birga tasbeh aytadigan qilib, boʻysundirib qoʻydik.
Mahshardagi yer Robbisining nuri bilan yorishadi. Nomai aʼmol kitobi hisob uchun hozirlab qoʻyiladi. Payg‘ambarlar va guvohlar keltiriladi va ularning oʻrtalarida zulm qilinmagan holda haq bilan hukm qilinadi.
Ular huzurimizga kelganda: “Qani endi men bilan sening orang g‘arb bilan sharq oʻrtasidagi uzoqlik kabi boʻlsa edi. Bas sen, naqadar yomon hamrohsan”, – deydi.
U Zot kun va oy chiqadigan ikki mashriqning ham, kun va oy botadigan ikki mag‘ribning ham Robbisidir.
Bas, mashriqlar va mag‘riblarning Robbisiga qasam boʻlsinki, albatta, Biz barcha ishga qodirmiz.
U mashriq va mag‘ribning Robbisidir. Undan oʻzga iloh yoʻqdir. Bas, faqat Uni vakil qilib oling!