Albatta, taqvo qilgan kimsalarga shaytondan bir vasvasa kelib qolsa, darrov Allohni yodga oladilar. Ana oʻshanda ular vasvasadan qutulib haqni koʻruvchilardan boʻladilar.
От искомого вами масдар-узак إِذًا образовано 446 аятов.
zamon, va zamon, va qachon, taqdir(da), keyin, zamon ham, qachonki, -, qachon, ekan
Ниже приведены эти аяты с арабским текстом и узбекским переводом.
Albatta, taqvo qilgan kimsalarga shaytondan bir vasvasa kelib qolsa, darrov Allohni yodga oladilar. Ana oʻshanda ular vasvasadan qutulib haqni koʻruvchilardan boʻladilar.
Albatta, taqvo qilgan kimsalarga shaytondan bir vasvasa kelib qolsa, darrov Allohni yodga oladilar. Ana oʻshanda ular vasvasadan qutulib haqni koʻruvchilardan boʻladilar.
Ey Muhammad, agarda ularga biror bir oyat keltirmasangiz sizga: “Uni oʻzing tanlab toʻqib bersayding!” – deydilar. Siz ularga: “Men faqat Robbimdan menga vahiy qilingan oyatlargagina ergashaman. Bu Qurʼon iymon keltiradigan qavmlar uchun Robbingizdan koʻrsatmalar, hidoyat va rahmat manbaidir”, – deb ayting.
Ey insonlar, Qurʼon oʻqilganda uni tinglanglar va jim turinglar. Shoyad, shunda Allohning rahmatiga sazovor boʻlsangizlar.
Albatta, haqiqiy moʻminlar Allohning nomi esga olinganda qalblari titraydigan, Uning oyatlari tilovat qilinganda iymonlari yanada ortadigan va yolg‘iz Robbilariga suyanadigan kimsalardir.
Albatta, haqiqiy moʻminlar Allohning nomi esga olinganda qalblari titraydigan, Uning oyatlari tilovat qilinganda iymonlari yanada ortadigan va yolg‘iz Robbilariga suyanadigan kimsalardir.
Ey iymon keltirganlar, jangda toʻda holidagi kufr keltirganlar bilan roʻbaroʻ kelib qolsangiz, ularga orqa oʻgirib qochmanglar.
Ey iymon keltirganlar! Sizlarni huzurli hayotga chorlovchi narsa bilan daʼvat qilsa, darhol Allohga va Rasulga itoat qilib, javob beringlar! Hamda bilib qoʻyinglarki, albatta, Alloh kishi bilan uning qalbi orasini egallab turadi. Shak-shubhasiz, Uning huzurida jam boʻlasizlar.
Qachonki u kofirlarga oyatlarimiz tilovat qilib berilsa, “Bularni eshitganmiz, agar istasak, shunga oʻxshash gapni biz ham toʻqib aytgan boʻlar edik. Bu oyatlar avvalgilardan qolgan afsonalardan boshqa narsa emas”, – der edilar.
Ey iymon keltirganlar! Biror bir dushman toʻdasiga duch kelib qolsangiz, matonat va sabot bilan turinglar. Shuningdek, Allohni koʻp esga olinglar. Shoyad, shunda zafar quchsangizlar.
Urush harom qilingan oylar chiqqach esa mushriklarni uchratgan joylaringizda oʻldiringlar. Ularni asir tutib olinglar va qamal qilinglar. Hamda ularni barcha kuzatuv joylarida poylab oʻtiringlar. Agarda tavba qilsalar, namozni mukammal ado etib, zakot bersalar unda ularni yoʻllariga xoli qoʻyinglar. Chunki albatta, Alloh gunohlarni kechiruvchi – G‘ofur va marhamati keng boʻlgan – Rahim Zotdir.
Ey iymon keltirganlar, sizlarga nima ham boʻldiki, agarda Alloh yoʻlida dushmanga qarshi qoʻzg‘alinglar deyilsa, yerga qattiq yopishib oldingiz. Oxirat hayotidan koʻra dunyo hayotiga rozi boʻldingizmi? Axir, dunyo hayotidagi neʼmatlar oxiratdagidan koʻra juda oz narsa-ku?!
Ey Rasulim, ularning orasidan tarqatiladigan sadaqalar xususida seni ayblaydiganlari ham bor. U sadaqalardan koʻp miqdorda berilsa, rozi boʻladilar. Bordi-yu ulardan xohlaganlaridek berilmasa, birdan achchiqlanadilar.
Agarda “Allohga iymon keltiring hamda Uning Rasuli bilan birga jihod qilinglar”, – degan mazmundagi sura nozil qilinsa, ularning ichidagi qoʻllari uzun badavlatlari sizdan izn istab: “Bizni tek qoʻygin, oʻtiruvchilar bilan birga boʻla qolaylik!” – deydilar.
Keksalik yoki nogironlik kabi sabablarga koʻra tanasi zaif boʻlganlar, urushga bora olmaydigan kasallar va jangovar asbob-uskunalar uchun sarf-xarajat qila olmaydigan kambag‘allarga urushda qatnashmaganliklari uchun javobgarlik yoʻq. Toki ular oʻzlarining boshqa vazifa va masʼuliyatlarini oqsatmay, Alloh va Rasuliga ixlosli boʻlsalar, boʻlgani. Yaxshilik qiluvchilarni ayblashga hech qanday yoʻl yoʻq. Shubhasiz, Alloh gunohlarni kechiruvchi – G‘ofur va marhamati keng boʻlgan – Rahim Zotdir.
Shuningdek, sizning huzuringizga ularni jangda qatnashishda ulovli qilib qoʻyishingiz uchun kelganlarida: “Sizlarni mindirgani hech narsa topa olmayman”, – dedingiz. Ular esa sarf-xarajat qilishga hech narsa topa olmaganlari uchun xafa boʻlib, koʻzlaridan yosh oqib ortga qaytib ketdilar. Ularga ham taʼna-dashnom yoʻqdir.
Safardan ularning yonlariga qaytganingizda sizlarga uzrlarini aytadilar. Ularga: “Uzr soʻramanglar! Biz sizlarga aslo ishonmaymiz. Darhaqiqat, Alloh bizlarga hali yoʻlda ekanimizda siz haqingizdagi xabarlarni bildirdi. Yaqinda Alloh va Uning Rasuli bundan keyin qanday amal qilishingizni koʻradi. Keyin esa, g‘oyib va oshkora ishlarni biluvchi Zot boʻlgan Allohning huzuriga qaytarilasizlar. Ana oʻshanda sizlarga barcha qilgan ishlaringizning xabarini beradi”, – deb ayt.
Sizlar jangdan g‘olib boʻlib ularning oldiga qaytib, kelganingizda, ularni jazolashdan toʻxtab, qoʻyib yuborishingiz uchun Alloh nomi bilan qasam ichadilar. Mayli, ulardan yuz oʻgiring. Chunki ular niyatlari va xatti-harakatlari jihatidan pokiza emasdirlar. Qilgan yomon ishlarining jazosi sifatida joylari doʻzax boʻladi.
Shuningdek, jangga chiqmay ortda qolgan uch kishining ham tavbalarini qabul qildi. Ularga shuncha keng boʻlgan Yer ham torlik qilib qoldi va yuraklari siqilib ketdi. Allohdan qochib, oʻzga joydan panoh yoʻqligini bilishdi. Soʻng butunlay tavba qiluvchilardan boʻlishlari uchun Alloh ularning tavbalarini qabul qildi. Shubhasiz, Alloh koʻplab tavbalarni qabul qiluvchi – Tavvob va marhamati keng boʻlgan – Rahim Zotdir.
Moʻminlarning hammasi yoppasiga jangga chiqishlari shart emas. Koshki, har bir guruhdan bir nafar toifa boʻlsa-yu, safarga chiqmay dinni chuqur oʻrgansalar va qavmlariga jangdan qaytib kelgan vaqtlarida ularga pand-nasihat qilib ogohlantirsalar.