Alloh shayton tashlaydigan narsani qalblarida illat boʻlgan munofiqlar va toshbag‘ir kofirlarni sinash uchun qildi. Albatta, zolimlar haqdan uzoq ayriliqdalar.
От искомого вами масдар-узак ش ط ن образовано 88 аятов.
shaytonlarni, shayton, shaytonlarning, shaytonlar, shaytonning, shayton(ning sharri), Shayton ham, shaytonga, shaytonni, shaytonlarini
Ниже приведены эти аяты с арабским текстом и узбекским переводом.
Alloh shayton tashlaydigan narsani qalblarida illat boʻlgan munofiqlar va toshbag‘ir kofirlarni sinash uchun qildi. Albatta, zolimlar haqdan uzoq ayriliqdalar.
Ey Rasulum: “Ey Robbim, men Sendan shaytonlarning vasvasalaridan panoh berishingni soʻrayman”, – deb ayting.
Ey iymon keltirganlar, shaytonning izidan ergashmanglar. Kim shaytonning izidan ergashsa, bas, albatta, shayton buzuqlik va yomonlikka buyuradi. Agar sizlarga Allohning fazli va rahmati boʻlmaganida edi, sizlardan biror kishi gunohdan poklanmas edi. Lekin Alloh Oʻzi xohlagan kishisining gunohlarini poklaydi. Alloh hamma narsani eshitib turuvchi – Samiʼ va barchasini bilib turuvchi – Aʼlim Zotdir.
Ey iymon keltirganlar, shaytonning izidan ergashmanglar. Kim shaytonning izidan ergashsa, bas, albatta, shayton buzuqlik va yomonlikka buyuradi. Agar sizlarga Allohning fazli va rahmati boʻlmaganida edi, sizlardan biror kishi gunohdan poklanmas edi. Lekin Alloh Oʻzi xohlagan kishisining gunohlarini poklaydi. Alloh hamma narsani eshitib turuvchi – Samiʼ va barchasini bilib turuvchi – Aʼlim Zotdir.
Aniqki, menga eslatma kelganidan keyin oʻsha falonchi meni yoʻldan ozdirdi. U kunda shayton oʻziga ergashgan barcha insonni yordamsiz tashlab ketuvchidir.
Qurʼonni osmondan shaytonlar olib tushgan emas.
Ey Muhammad, ularga: “Men sizlarga shaytonlar kimlarga tushishi haqida xabar beraymi?” – deb ayting.
Men uning va qavmining Allohni qoʻyib, quyoshga sajda qilayotganlarini ham koʻrdim. Shayton ularga qilayotgan amallarini chiroyli koʻrsatib, ularni haq yoʻldan toʻsib qoʻygan. Shuning uchun ular hidoyat topa olmayaptilar.
Kunlarning birida Muso peshin vaqtida aholisi g‘aflatda boʻlgan paytda shaharga kirgan edi. U yerda ikki kishini oʻzaro urushayotganini koʻrdi. Ulardan biri Musoning oʻz guruhidan va unisi esa dushman tomonidan boʻlgan qibtiy kimsa edi. Shunda Musoning guruhidan boʻlgan kishi undan dushmaniga qarshi yordam soʻradi. Shunda Muso uni bir musht urib, oʻldirib qoʻydi. Soʻng qilib qoʻygan ishidan afsus qilib: “Bu shaytonning ishidandir. Albatta, u aniq yoʻldan adashtiruvchi dushmandir”, – dedi.
Od va Samud qabilalarini ham shunday halok qildik. Bu sizlarga hozirda ham ularning maskanlaridagi xarobalardan koʻrinib turibdi. Shayton ularga qilayotgan xunuk amallarini chiroyli koʻrsatib, ularni haq yoʻldan toʻsib qoʻydi. Holbuki, ular haqiqatni koʻrib turuvchi edilar.
Agarda ularga: “Alloh nozil qilgan narsaga ergashinglar”, – deyilsa, ular: “Yoʻq, bizlar ota-bobolarimizni nimani ustida ibodat qilganlarini topgan boʻlsak, ana oʻshanga ergashamiz», – deydilar. Bordi-yu shayton ularni lovullagan olov azobiga chaqirib turgan boʻlsa hammi?!
Shayton sizlarga aniq dushmandir, bas, uni dushman tutinglar! U oʻziga ergashgan firqasini doʻzax ahli boʻlishga chaqiradi.
Men sizlarga: “Ey Odam bolalari, shaytonga ibodat qilmanglar, albatta, u sizlarga aniq dushmandir”, – deb amr qilmaganmidim?!
Osmonni har bir itoatsiz shaytondan saqladik.
Uning butoqlaridagi mevalari xuddi shaytonlarning boshlariga oʻxshab xunukdir.
Shuningdek, barcha qasrlarni bino qiluvchi va dengizlar qaʼriga shoʻng‘ib gavharlarni olib chiquvchi g‘avvos shaytonlarni ham unga xizmatkor qilib qoʻydik.
Ey Muhammad, bandamiz Ayyub Robbisiga nido qilib: “Chindan ham, shayton meni mashaqqat va azobga tutdi”, – degan paytini eslang!
Agar sizni shayton tomonidan vasvasa tutsa, u holda darhol Allohdan panoh soʻrang. Albatta, U hamma narsani eshitib turuvchi – Samiʼ va barchasini bilib turuvchi – Aʼlim Zotdir.
Kimki Rahmonning zikri boʻlgan Qurʼon nasihatlaridan koʻr boʻlib, yuz oʻgirsa, unga shaytonni biriktirib qoʻyarmiz, bas, u unga yaqin hamrohdir.
Shayton sizlarni Allohning dinidan aslo toʻsmasin! Albatta, u sizlarga ochiq dushmandir.