Shayton sizlarni mast qiluvchi ichkilik va qimor oʻynash tufayli oralaringizga adovat va nafrat solishni, Allohning zikrini qilishdan hamda namozdan qaytarishni xohlaydi. Boʻldi endi undan tiyilasizlarmi?
От искомого вами масдар-узак ش ط ن образовано 88 аятов.
shaytonlarni, shayton, shaytonlarning, shaytonlar, shaytonning, shayton(ning sharri), Shayton ham, shaytonga, shaytonni, shaytonlarini
Ниже приведены эти аяты с арабским текстом и узбекским переводом.
Shayton sizlarni mast qiluvchi ichkilik va qimor oʻynash tufayli oralaringizga adovat va nafrat solishni, Allohning zikrini qilishdan hamda namozdan qaytarishni xohlaydi. Boʻldi endi undan tiyilasizlarmi?
Koshki, ularga musibatlarimiz kelganida tazarru qilsalar edi. Lekin ularning qalblari qattiq boʻldi va shayton ularga qilayotgan amallarini chiroyli qilib koʻrsatib qoʻydi.
Ey Rasulim, oyatlarimizga masxara qilib shoʻng‘iyotgan kimsalarni koʻrsangiz, to bundan tiyilib boshqa suhbatga shoʻng‘imagunlaricha, ulardan yuz oʻgiring. Agar shayton sizni yuz oʻgirishdan unuttirib qoʻysa, eslagandan keyin zolim qavmlar bilan birga oʻtirmang.
Ey Rasulim, ularga: “Allohni qoʻyib, bizga foyda ham bermaydigan, zarar ham yetkaza olmaydigan butlarga iltijo qilamizmi? Alloh bizlarga hidoyat berganidan keyin ham ortimizga qaytarilamizmi?! Unda goʻyo shaytonlar uni chalib ketib, yerda dovdirab yurganida, doʻstlari unga “Hey, bizning yonimizga kel”, – deb, adashgan yoʻlidan toʻg‘ri yoʻlga chaqirgan kimsaga oʻxshab qolamiz-ku?!” – deb ayting. Hamda ularga: “Eng toʻg‘ri yoʻl bu – Allohning hidoyatidir va bizlar olamlar Robbisiga boʻyin egishga buyurilganmiz”, – deb ayting.
Ana shunday qilib, har bir payg‘ambarga inson va jinlardan boʻlgan shaytonlarni dushman qilib qoʻydik. Baʼzilari baʼzilarini aldash uchun usti yaltiroq soʻzlar bilan pichirlab vasvasa qiladilar. Agar Robbingiz xohlasa, ular bunday qilolmas edilar. Ularni toʻqiyotgan yolg‘onlari bilan oʻz hollariga tashlab qoʻying.
Allohning nomi aytilmay soʻyilgan narsalardan yemanglar, chunki u fosiqlikdir. Shaytonlar oʻz doʻstlarini sizlar bilan janjallashish uchun vasvasa qiladi. Agar ularga itoat qiladigan boʻlsangizlar, u holda, shubhasiz, sizlar ham mushriklardan boʻlasizlar.
Hayvonlardan esa, yuk tashiydigan va yotqizib soʻyiladiganlarini yaratdi. Alloh sizlarga rizq qilib bergan narsalardan yenglar. Shaytonning izlaridan ergashmanglar, albatta, u sizlarga aniq dushmandir.
Soʻngra shayton ularning berkitilgan avratlarini ochib yuborish uchun ikkoviga vasvasa qilib: “Robbingiz sizlarni farishtalarga aylanib qolmasligingiz yoki jannatda abadiy qolib ketmasligingiz uchun sizlarga bu daraxtdan yeyishni man qilgan”, – dedi.
Shunday qilib, shayton ularni aldov bilan chuv tushirdi. Mazkur daraxtning mevasidan totib koʻrishgach, ularning avrat yerlari koʻrinib ochilib qoldi va uyalganlaridan oʻzlarini jannatning barglari bilan toʻsa boshladilar. Shunda Robbilari ularga: “Sizlarga bu daraxt mevasidan yeyishni taqiqlamaganmidim? Hamda shayton, albatta, ikkovingizga aniq dushmandir demaganmidim?” – deb nido qildi.
Ey Odam bolalari, shayton ota-onangizning avratlarini oʻzlariga koʻrsatib sharmanda qilish uchun ularning liboslarini yechib, jannatdan chiqarganidek, sizlarni ham aldab, fitna qilmasin. Chunki u va uning tarafdorlari sizlar ularni koʻrmaydigan jihatdan koʻrib turadi. Biz shaytonlarni iymon keltirmagan kimsalar uchun doʻst qilib qoʻydik.
Ey Odam bolalari, shayton ota-onangizning avratlarini oʻzlariga koʻrsatib sharmanda qilish uchun ularning liboslarini yechib, jannatdan chiqarganidek, sizlarni ham aldab, fitna qilmasin. Chunki u va uning tarafdorlari sizlar ularni koʻrmaydigan jihatdan koʻrib turadi. Biz shaytonlarni iymon keltirmagan kimsalar uchun doʻst qilib qoʻydik.
U bir toifani toʻg‘ri yoʻlga boshladi va yana bir boshqa toifaga esa yoʻldan adashish hukmi haq boʻlib chiqdi. Chunki ular Allohni qoʻyib shaytonlarni oʻzlariga doʻst deb olgan edilar. Hamda oʻzlarini goʻyo toʻg‘ri yoʻlni topgan kimsalar deb hisoblar edilar.
Ey Muhammad, unga dalillarimizni ato etgan, lekin amal qilmay undan ayrilib ketgan hamda shayton uni oʻziga ergashtirib, natijada, yoʻldan ozganlardan boʻlib qolgan kishining xabarini yahudiylarga oʻqib bering.
Agarda koʻnglingizga shaytondan bir vasvasa kelib qadalsa, darhol Allohdan panoh tilang! Albatta, U hamma narsani eshitib turuvchi – Samiʼ va bilib turuvchi – Aʼlim Zotdir.
Albatta, taqvo qilgan kimsalarga shaytondan bir vasvasa kelib qolsa, darrov Allohni yodga oladilar. Ana oʻshanda ular vasvasadan qutulib haqni koʻruvchilardan boʻladilar.
Oʻsha payt sizlarni Oʻz huzuridan omonlik boʻlsin deb, yengil uyquga choʻmdirgan edi. Hamda u bilan sizlarni pokiza qilish, shaytonning nopokliklarini ketkazish, qalb rishtalaringizni oʻzaro bog‘lash va qadamlaringizni mustahkam qilish uchun osmondan suv yog‘dirganini eslanglar.
Badr jangi avvalida shayton turli bahonalar bilan ularga qilayotgan ishlarini chiroyli qilib koʻrsatib: “Bu kunda odamlar ichida sizlarga g‘olib keladigani yoʻq. Albatta, men sizning yoningizda madadkorman”, – deganini eslang. Vaqtiki, ikki qoʻshin bir-biri bilan uchrashganda, u orqasiga qarab qochgan edi. Shunda shayton ularga: “Men sizlar qilayotgan ishlardan uzoqman. Shubhasiz, men sizlar koʻrmayotgan narsani koʻryapman. Men, albatta, Allohdan qoʻrqaman, shuningdek, Allohning azobi qattiqdir”, – degan edi.
Oʻshanda Yaʼqub payg‘ambar oʻg‘liga: “Ey oʻg‘ilcham, tushingni akalaringga aytib berma. Aks holda, senga qattiq makr qilishadi. Zero, shayton insonga aniq dushmandir”, – dedi.
Yusuf ulardan birining qamoqdan qutulib ketuvchi deb hisoblagan kishiga: “Xojang huzurida meni eslagin”, – dedi. Lekin shayton xojasiga Yusufni eslatishni yodidan chiqartirdi. Natijada, Yusuf yana bir necha yil zindonda qolib ketdi.
Yusufning saroyiga kelganlaridan keyin u ota-onasini oʻz taxtiga chiqardi va hammasi unga sajda qilgan hollarida yiqildi. Yusuf otasiga: “Ey otajon, mana shu qirq yil avval koʻrgan tushimning taʼbiridir. Robbim uni haqiqatga chiqardi. Darhaqiqat, U zindondan chiqargan payt menga yaxshilik qildi. Shayton men bilan akalarim orasini buzib ig‘vo qilganidan keyin mana sizlarni sahrodan Misrga eson-omon holingizda keltirdi. Albatta, Robbim xohlagan narsani lutf qiluvchidir. Shubhasiz, U hamma narsani bilib turuvchi – Aʼlim va hikmat egasi – Hakim Zotdir”, – dedi.