Ular maʼnaviy jihatdan kardirlar haqni eshitmaydilar, soqovdirlar haqiqatni gapira olmaydilar va koʻrdirlar ochiq dalillarni koʻrmaydilar. Endi ular hidoyat yoʻliga qaytmaydilar.
От искомого вами масдар-узак ص م م образовано 15 аятов.
kardilar, va kar bo'ldilar, karlar, karlarga, va karning, va kar, kar(lar), kar, karga, kar qilgani
Ниже приведены эти аяты с арабским текстом и узбекским переводом.
Ular maʼnaviy jihatdan kardirlar haqni eshitmaydilar, soqovdirlar haqiqatni gapira olmaydilar va koʻrdirlar ochiq dalillarni koʻrmaydilar. Endi ular hidoyat yoʻliga qaytmaydilar.
Allohga kufr keltirganlarning misoli, xuddi baqiriq-chaqiriqdan boshqa hech narsani eshitmaydigan hayvonlarga hayqirayotgan choʻponning holatiga oʻxshaydi. Ular maʼnan kardirlar – nasihat eshitmaydilar, soqovdirlar – haqni gapira olmaydilar, koʻrdirlar – oyatlarni koʻrolmaydilar. Demak, ular aql ishlata olmaydilar.
Qilmishlari tufayli boshlariga balo boʻlmaydi deb oʻylab, koʻr va kar boʻlib oldilar. Shundan keyin ham Alloh ularning tavbasini qabul qildi. Soʻngra ularning koʻpchiligi yana haqni koʻrmaydigan va eshitmaydigan boʻlib qoldilar. Alloh ularning barcha qilayotgan ishlarini koʻrib turuvchi Zotdir.
Qilmishlari tufayli boshlariga balo boʻlmaydi deb oʻylab, koʻr va kar boʻlib oldilar. Shundan keyin ham Alloh ularning tavbasini qabul qildi. Soʻngra ularning koʻpchiligi yana haqni koʻrmaydigan va eshitmaydigan boʻlib qoldilar. Alloh ularning barcha qilayotgan ishlarini koʻrib turuvchi Zotdir.
Oyatlarimizni yolg‘onga chiqargan kimsalar zulmatlar tubida maʼnan kardirlar – eshitmaydilar, soqovdirlar – gapira olmaydilar. Alloh xohlagan kishini adashtiradi va xohlagan kishini toʻg‘ri yoʻlda barqaror qilib qoʻyadi.
Chunki Alloh nazdida Yer yuzidagi jonzotlarning eng yomoni haqdan yiroq boʻlib kar va soqov boʻlib olib, aql yuritmaydigan kimsalardir.
Shuningdek, ular ichida Sizga beparvolik bilan quloq soladigan kimsalar ham bor. Agar ularning oʻzlari aql ishlatmaganlaridan keyin siz maʼnan kar quloqlarga haq gapni eshittira olarmidingiz.
Bu ikki kofir va moʻmin guruhlarning misoli xuddi koʻr va kar hamda koʻruvchi va eshituvchilar kabidir. Axir bu ikki misolda ular teng boʻladimi?! Bas, hali ham ibrat olmaysizlarmi?!
Alloh kimni hidoyat qilsa, bas, oʻsha hidoyat topuvchidir. Kimni yoʻldan adashtirsa, bas, ular uchun Undan oʻzga doʻstlarni topa olmaysiz. Ularni qiyomat kunida yuztuban hollarida koʻr, soqov va kar qilib tiriltiramiz. Ularning borar joylari jahannamdir. Agar qachon uning olovi soʻnadigan boʻlsa, yana ularga lovullagan olovni koʻpaytiraveramiz.
Ey Rasulim, ularga: “Men sizlarni faqat vahiy bilan ogohlantiraman. Lekin qulog‘i maʼnan karlar ogohlantirilayotgan vaqtlarida daʼvatni eshitmaydilar”, – deb ayting.
Robbilarining oyatlari zikr qilingan paytda ular oyatlarga kar va koʻr boʻlib, beeʼtibor harakat qilmaydilar.
Albatta, siz oʻz daʼvatingizni qalbi oʻliklarga eshittira olmaysiz. Hamda haqdan yuz oʻgirib ketayotgan karlarga ham chaqiriqni uqtira olmaysiz.
Ey Rasulim, aniqki, siz oʻliklarga soʻzingizni anglata olmaysiz, ortlariga burilib ketayotgan karlarga ham daʼvatni eshittira olmaysiz.
Bas, ey Muhammad, siz karlarga eshittira olarmidingiz, yoki koʻrlar va aniq zalolatdagi kimsalarni toʻg‘ri yoʻlga boshlay olarmidingiz?!
Unday kimsalarni Alloh laʼnatlagan. Bas, ularning quloqlarini haqni eshitishdan kar, koʻzlarini esa soʻqir qilib qoʻygan.