Agar menga iymon keltirmasangizlar, u holda mendan uzoq turinglar.
От искомого вами масдар-узак إِنَّ образовано 2380 аятов.
agar, yo'q agar, , va agar, chindan, va albatta, lekin agar, va, agar (bo'lsa), agar (qarzdor)
Ниже приведены эти аяты с арабским текстом и узбекским переводом.
Agar menga iymon keltirmasangizlar, u holda mendan uzoq turinglar.
Bas, Musoga vahiy qilib: Bandalarim bilan tunda yoʻlga chiqqin. Albatta, sizlar firʼavn lashkarlari tomonidan taʼqib qilinuvchisizlar”, – dedik.
Ikkiga ayrilgan dengizni ochiq holda qoʻyaver. Ular g‘arq qilinuvchi qoʻshindir.
Ularni firʼavnning zulmidan xalos qildik. U, haqiqatan, mutakabbir va haddan oshuvchilardan edi.
Albatta, ana ular shunday deb, aytar edilar.
“Oʻlim faqat mana shu dunyodagi birinchi oʻlimimizdir va bizlar qayta tiriluvchi emasmiz.
Bas, agar qayta tirilish haqidagi soʻzingizda rostgoʻylardan boʻlsangizlar, ota-bobolarimizni qayta tiriltirib keltiringlar-chi?” – deydilar.
Ular kuch-quvvatda yaxshiroqmi yoki Tubbaʼ qavmi va ulardan avvalgi kimsalarmi?! Biz ularni halok qildik. Chunki, ular gunohkor qavm edilar.
Haq bilan botilning ajrim kunidagi qiyomat, barchalari uchun belgilangan vaqtdir.
Biroq Alloh rahmat qilgan kishilargagina yordam beriladi. Shubhasiz, U izzati ulug‘ – Aziz va marhamati cheksiz boʻlgan – Rahim Zotdir.
Albatta, doʻzaxning oʻrtasida oʻsadigan Zaqqum daraxti bor.
Ana endi bu azobni totib koʻrgin. Darhaqiqat, sen “izzat va ikrom qilingan”san.
Darvoqe, bu azob sizlar shubha qilib yurgan narsangizdir.
Albatta, taqvoli zotlar u kunda osoyishta joyda boʻladilar.
Bas, ey Muhammad, darhaqiqat, eslatma olishlari uchun Biz bu Qurʼonni sizning tilingiz bilan oson qilib berdik.
Bas, endi siz kofirlarning holi nima boʻlishini kuzatib turing. Shubhasiz, ular ham qilmishlariga koʻz tutuvchidirlar.
Haqiqatan, osmonlar va Yerda moʻminlar uchun Allohga dalolat qiladigan koʻplab alomatlar bordir.
U Oʻz tomonidan sizlarga osmonlardagi va Yerdagi barcha narsalarni boʻysundirib qoʻydi. Albatta, bularda tafakkur qiladigan qavmlar uchun ibratli alomatlar bordir.
Yana ularga din ishi borasida hujjatlar ato qildik. Bas, ular oʻzlariga ilm kelganidan keyin oʻzaro adovat qilib ixtilofga tushdilar. Albatta, Robbingiz qiyomat kuni oʻrtalarida ixtilof qilgan narsalari haqida hukm chiqaradi.
Chunki, ular sizdan Alloh tomonidan boʻladigan biror narsani qaytara olmaydilar. Albatta, zolimlar bir-birlariga doʻstdirlar. Alloh esa taqvodorlarning doʻstidir.