Agar sizlardan bir toifa menga yuborilgan dinga iymon keltirib va boshqa bir toifa iymon keltirmagan boʻlsa, unda Alloh oramizda hukm chiqarguncha sabr qilib turinglar. U hukm qiluvchilarning yaxshirog‘idir.
От искомого вами масдар-узак إِنَّ образовано 2380 аятов.
agar, yo'q agar, , va agar, chindan, va albatta, lekin agar, va, agar (bo'lsa), agar (qarzdor)
Ниже приведены эти аяты с арабским текстом и узбекским переводом.
Agar sizlardan bir toifa menga yuborilgan dinga iymon keltirib va boshqa bir toifa iymon keltirmagan boʻlsa, unda Alloh oramizda hukm chiqarguncha sabr qilib turinglar. U hukm qiluvchilarning yaxshirog‘idir.
Alloh bizni undan qutultirgandan keyin ham agar diningizga qaytadigan boʻlsak, unda, albatta, Allohga yolg‘on toʻqigan boʻlamiz. Robbimiz Alloh xohlamaguncha bizlar uchun aslo qaytish boʻlmaydi. Robbimiz hamma narsani ilmi bilan keng qamrab olgandir. Biz faqat Allohga suyanganmiz. Ey Robbimiz, bizni va qavmimiz orasini haq bilan ochib hukm qilgin. Zero, Sen hukm qiluvchilarning eng yaxshisisan.
Uning qavmidagi zodagonlardan kufr keltirgan kimsalar: “Qasam boʻlsinki, agar Shuʼaybga ergashsangizlar, unda, albatta, sizlar ziyon koʻruvchi boʻlasizlar”, – dedi.
Uning qavmidagi zodagonlardan kufr keltirgan kimsalar: “Qasam boʻlsinki, agar Shuʼaybga ergashsangizlar, unda, albatta, sizlar ziyon koʻruvchi boʻlasizlar”, – dedi.
Ularning koʻpchiligida qilingan ahddan hech qanday vafoni topmadik. Aksincha, ularning aksariyatini fosiq kimsalar qatorida topdik.
Muso unga qarata: “Ey firʼavn, shubhasiz, men olamlarning Robbisidan yuborilgan Rasuldirman”, – dedi.
Shunda firʼavn: “Agarda biror bir moʻʼjiza keltirgan boʻlsang, agar chindan ham rostgoʻylardan ekansan, uni bizlarga koʻrsat”, – dedi.
Shunda firʼavn: “Agarda biror bir moʻʼjiza keltirgan boʻlsang, agar chindan ham rostgoʻylardan ekansan, uni bizlarga koʻrsat”, – dedi.
Moʻʼjizani koʻrgan firʼavn qavmidan boʻlgan aʼyonlar: “Bu oʻta bilimdon bir sehrgardir”, – dedilar.
Shunday qilib, sehrgarlar firʼavnga yetib keldilar va unga: “Bordi-yu bizlar Musoga qarshi g‘alaba qiluvchilardan boʻlsak u holda bizga biror bir mukofot bormi?” – dedilar.
Shunday qilib, sehrgarlar firʼavnga yetib keldilar va unga: “Bordi-yu bizlar Musoga qarshi g‘alaba qiluvchilardan boʻlsak u holda bizga biror bir mukofot bormi?” – dedilar.
Firʼavn esa: “Ha, agar g‘olib boʻlsangizlar, unda sizlar, albatta, menga yaqin odamlardan boʻlasizlar”, – dedi.
Bu holni koʻrgan firʼavn: “Hali men sizlarga ruxsat bermasimdan oldin unga iymon keltirdinglarmi?! Aniqki, bu qilmishingiz shaharda Muso bilan til biriktirib, uning aholisini bu yerdan chiqarib yuborish uchun menga qilgan makringizdir. Sizlarga qanday jazo berishimni yaqinda bilib olasizlar”, – dedi.
Shunda ular: “Biz hammamiz baribir Robbimiz huzuriga qaytib boruvchidirmiz”, – dedilar.
Shunda firʼavn qavmidan boʻlgan zodagonlar: “Ey firʼavn, Muso va uning qavmini Yer yuzida buzg‘unchilik qilib yurishlariga hamda seni va ilohlaringni tark qilishlariga yoʻl qoʻyib berasanmi?” – dedilar. Firʼavn: “Yaqinda ularning oʻg‘illarini qatl qilib tashlaymiz, ayollarini esa, buzuq niyatda foydalanish uchun oʻldirmay tirik qoldiramiz. Bizlar, albatta, ular ustiga qahr oʻtkazuvchilarmiz”, – dedi.
Muso oʻz qavmiga: “Allohdan yordam soʻranglar va sabr qilinglar. Yer yuzi barchasi Allohnikidir. Uni Oʻz bandalaridan xohlagan kishiga meros qilib beradi. Oqibat esa Allohdan qoʻrqqanlar uchundir”, – dedi.
Qachonki ularga hayotlarida yaxshilik kelib qolsa: “Bu bizning haqimizdir”, – derdilar. Mabodo biror bir yomonlik yetib qolsa, Muso va uning yonidagi iymonli kishilardan badgumon boʻlar edilar. Ogoh boʻlinglar, ularning boshiga tushganlar faqat Alloh tarafidandir. Lekin ularning koʻpchiligi buni bilmaydilar.

Ularning ustiga shiddatli azob tushgach: “Ey Muso, senga bergan ahdi haqi bizlar uchun Robbingga duo qil, bizlardan bu baloni olib tashlasin! Agarda bizlardan bu baloni koʻtarsang, albatta, biz senga ishonamiz. Hamda sen bilan birga bani Isroil avlodlarini oʻlkalariga chiqarib yuboramiz”, – dedilar.
Bani Isroil avlodlarini dengizdan sog‘-omon oʻtkazib qoʻyganimizda ular oʻzlari uchun yasab olgan but-sanamlarga sig‘inayotgan qavmga duch kelib qoldilar. Shunda qavm Musoga qarata: “Ey Muso, ularning ilohlari kabi bizga ham sig‘inish uchun iloh yasab ber”, – dedilar. Muso ularga: “Sizlar chindan ham johillik qiluvchi qavm ekansiz”, – dedi.