Ularga bu dunyoda vaqtinchalik muhlat berib qoʻyaman. Albatta, mening ularga qarshi chora-tadbirim juda qattiqdir.
От искомого вами масдар-узак إِنَّ образовано 2380 аятов.
agar, yo'q agar, , va agar, chindan, va albatta, lekin agar, va, agar (bo'lsa), agar (qarzdor)
Ниже приведены эти аяты с арабским текстом и узбекским переводом.
Ularga bu dunyoda vaqtinchalik muhlat berib qoʻyaman. Albatta, mening ularga qarshi chora-tadbirim juda qattiqdir.
Ularning hamsuhbatlari Muhammadda jinnilikdan hech qanday asar yoʻqligini oʻylab koʻrmaydilarmi?! U faqatgina Allohning azobidan ochiq-oydin ogohlantiruvchidir.
Ey Muhammad, sizdan qiyomatning qachon qoim boʻlishi haqida soʻraydilar. Ularga: “Uning ilmi, faqat Robbimning huzuridadir. Qiyomat vaqti kelganda faqat Uning Oʻzi oshkor qiladi. Qiyomatning dahshati osmonlaru Yerga og‘ir keladi. Sizlarga u toʻsatdan kelib qoladi”, – deb ayting. Sizdan u haqida goʻyo xabardordek soʻrashadi. Ularga qarata: “Shubhasiz, qiyomatning ilmi yolg‘iz Alloh huzuridadir. Lekin odamlarning koʻpchiligi buni bilmaydilar”, – deb javob bering.

Ey Rasulim, ularga: “Alloh iroda qilganidan tashqari oʻz nafsimga na bir foyda keltirishga, na bir zararni daf qilishga qodir emasman. Agarda g‘aybni bilganimda edi, xayrli ishlardan koʻp qilgan boʻlar edim. Shuningdek, menga yomonlik ham yetmagan boʻlardi. Men faqat iymon keltiradigan qavmlarga jahannamdan ogohlantiruvchi va jannatdan xushxabar beruvchi elchidirman xolos”, – deb ayting.
U sizlarni bir jondan yaratgan hamda unga uylanib orom topishi uchun undan jufti Havvoni vujudga keltirgan Zotdir. Vaqtiki, Odam unga qoʻshilgach, jufti Havvo yengil homilador boʻldi va shu holda u bilan bir muddat yurdi. Soʻngra homila og‘irlashib tug‘ish vaqti kelganda ikkovi Robbilariga duo qilib: “Agarda bizlarga solih bir farzand ato etsang, albatta, shukr qiluvchilardan boʻlamiz”, – dedilar.
Axir u but-sanamlarni hidoyatga chaqirsangiz, sizlarga ergashmaydilar-ku! Ularga chorlasangiz ham, jim tursangiz ham sizlarga baribir, chunki ular jonsizdirlar.
Allohdan oʻzga iltijo qilayotganlaringiz, shubhasiz, oʻzingizga oʻxshash bandalardir. Agar iddaongizda rostgoʻy boʻlsangizlar, ularga iltijo qilib koʻringlar-chi, qani, sizlarning duolaringizga ijobat qilsinlar!

Shubhasiz, mening yolg‘iz Egam bu kitobni nozil qilgan Allohdir. U solih kishilarni oʻziga doʻst tutadi.
Agarda u but-sanamlarni hidoyatga chaqirsangiz ham baribir eshitmaydilar. Ularning goʻyo sizga qarab turganlarini koʻrasiz, vaholanki, ular koʻrmayaptilar.
Agarda koʻnglingizga shaytondan bir vasvasa kelib qadalsa, darhol Allohdan panoh tilang! Albatta, U hamma narsani eshitib turuvchi – Samiʼ va bilib turuvchi – Aʼlim Zotdir.
Agarda koʻnglingizga shaytondan bir vasvasa kelib qadalsa, darhol Allohdan panoh tilang! Albatta, U hamma narsani eshitib turuvchi – Samiʼ va bilib turuvchi – Aʼlim Zotdir.
Albatta, taqvo qilgan kimsalarga shaytondan bir vasvasa kelib qolsa, darrov Allohni yodga oladilar. Ana oʻshanda ular vasvasadan qutulib haqni koʻruvchilardan boʻladilar.
Ey Muhammad, agarda ularga biror bir oyat keltirmasangiz sizga: “Uni oʻzing tanlab toʻqib bersayding!” – deydilar. Siz ularga: “Men faqat Robbimdan menga vahiy qilingan oyatlargagina ergashaman. Bu Qurʼon iymon keltiradigan qavmlar uchun Robbingizdan koʻrsatmalar, hidoyat va rahmat manbaidir”, – deb ayting.
Albatta, Robbingiz huzuridagi farishtalar Unga qullik qilishda takabburlik qilmaydilar. Hamda Unga tasbeh aytib, yolg‘iz Unga sajda qiladilar.
Ey Rasulim, sizdan janglarda olingan oʻljalarning taqsimoti haqida soʻraydilar. Ularga: “Oʻljalar Alloh va Rasulga oiddir. Agarda chinakam moʻminlardan boʻlsangiz, u holda Allohdan qoʻrqinglar va oʻzaro orangizni yaxshilab olinglar. Hamda Allohga va Rasuliga itoat qilinglar”, – deb ayting.
Albatta, haqiqiy moʻminlar Allohning nomi esga olinganda qalblari titraydigan, Uning oyatlari tilovat qilinganda iymonlari yanada ortadigan va yolg‘iz Robbilariga suyanadigan kimsalardir.
Bu holat xuddi moʻminlardan bir qismi urushga chiqishni yoqtirmagan boʻlsalar ham, Robbingiz sizni haq yoʻlda Badr jangi uchun uyingizdan chiqarganiga oʻxshaydi.
Alloh sizlarga bu madadni xushxabar boʻlishi va qalblaringiz taskin topishi uchun qildi. Zero, g‘alaba faqat Alloh tarafidan boʻladi. Shubhasiz, Alloh izzati ulug‘ – Aziz va hikmat egasi boʻlgan – Hakim Zotdir.