Ularga bu jazolar Alloh va Rasuliga qarshi chiqqanlari uchundir. Kimki Alloh va Rasuliga qarshi ish tutsa, bas, Allohning ularga azobi shiddatlidir.
От искомого вами масдар-узак إِنَّ образовано 2380 аятов.
agar, yo'q agar, , va agar, chindan, va albatta, lekin agar, va, agar (bo'lsa), agar (qarzdor)
Ниже приведены эти аяты с арабским текстом и узбекским переводом.
Ularga bu jazolar Alloh va Rasuliga qarshi chiqqanlari uchundir. Kimki Alloh va Rasuliga qarshi ish tutsa, bas, Allohning ularga azobi shiddatlidir.
Ularni jangda siz oʻldirmadingiz, balki ularni Alloh oʻldirdi. Ey Muhammad, ularga qarata yuziga qoʻlingizdagi bir siqim tuproqni otgan paytingizda, siz otmadingiz, balki uni Alloh otdi hamda Oʻz tarafidan g‘alabani moʻminlarga chiroyli lutf boʻlsin, deb qildi. Albatta, Alloh hamma narsani eshitib turuvchi – Samiʼ va boʻlayotgan ishlarni koʻrib turuvchi – Basir Zotdir.
Ey mushriklar, agar jangdan oldin musulmonlar bilan orani ochishni xohlagan boʻlsangiz, darhaqiqat, mana musulmonlar foydasiga fath qilish keldi. Bordi-yu musulmonlarga qarshi jang qilishdan tiyilsangiz, bu siz uchun yaxshiroqdir. Agarda ibrat olmay yana urushga qaytsangiz, u holda bizlar ham qaytamiz. Guruhingiz sanog‘i garchi koʻpchilik boʻlsa ham, sizlarga hech narsa foyda bermaydi. Chunki Alloh, albatta, moʻminlar bilan birgadir.

Chunki Alloh nazdida Yer yuzidagi jonzotlarning eng yomoni haqdan yiroq boʻlib kar va soqov boʻlib olib, aql yuritmaydigan kimsalardir.
Ey iymon keltirganlar! Agar Allohga itoat qilib taqvo qilsangiz, sizlarga haq bilan nohaqni ajratadigan hidoyat yoʻlini qilib qoʻyadi. Hamda gunohlaringizni kechib, sizlarni mag‘firat qiladi. Alloh buyuk fazlu karam sohibidir.
Qachonki u kofirlarga oyatlarimiz tilovat qilib berilsa, “Bularni eshitganmiz, agar istasak, shunga oʻxshash gapni biz ham toʻqib aytgan boʻlar edik. Bu oyatlar avvalgilardan qolgan afsonalardan boshqa narsa emas”, – der edilar.
Yana ularning: “Yo Alloh, agarda mana shu Qurʼon Sening huzuringdan, haqiqatan, nozil qilingan boʻlsa, u holda mayli, ustimizga samodan tosh yog‘dir yoki bizlarga alamli azobni keltir”, – deganlarini eslang.
Lekin ular moʻminlarni Masjid ul-Haromga borishga toʻsqinlik qilsalar-u Alloh nima uchun ham ularni azoblamasin. Holbuki, u mushriklar Kaʼbaning egalari ham emaslar. Uning egalari faqatgina Allohdan qoʻrqadigan kimsalardir. Lekin ularning koʻplari buni bilmaydilar.
Albatta, kufr keltirganlar mol-dunyolarini Allohning yoʻlidan odamlarni toʻsish uchun sarflaydilar. Ular yana sarflashda davom etaveradilar, biroq bu qilmishlari ularga nadomat boʻlib qoladi keyin esa, mag‘lubiyatga uchraydilar. Kufr keltirganlar jahannam sari toʻplanib keltiriladilar.
Ey Muhammad, kufr keltirganlarga: “Agar kufrdan toʻxtasalar, oldingi qilgan gunohlari kechirilishini, bordi-yu shirkka qaytsalar, u holda avvalgilarning yoʻli ibrat tariqasida qanday boʻlib oʻtganini”, – ayting.

Ular bilan fitna yoʻq boʻlib va dinning barchasi, faqat yolg‘iz Alloh uchun boʻlguncha jang qilinglar. Agar ular kufr va shirkdan tiyilsalar, albatta, Alloh ular nima qilayotganlarini koʻrib turuvchi Zotdir.

Agarda yana iymondan yuz oʻgirsalar, unda bilib qoʻyinglar, Alloh sizning Egangizdir. U Zot naqadar yaxshi doʻst va naqadar yaxshi yordamchidir.
Sizlar agar Allohga va Badr jangida ikki jamoa toʻqnashib haq va botilning orasini ayiruvchi kunda qulimiz Muhammadga nozil qilgan oyatlarimizga iymon keltirgan boʻlsangiz, unda urushda olgan g‘animatlaringizning beshdan biri Allohga, payg‘ambarga, qarindoshlarga yetim-yesirlarga, miskinlarga va musofirlarga tegishli ekanini bilib qoʻyinglar. Albatta, Alloh har narsaga kuchi yetadigan Zotdir.
Ikki jamoa toʻqnashgan paytda sizlar vodiyning Madinaga yaqin tarafida, u mushriklar esa vodiyning chekka tomonida ekanini eslanglar. Sizlar oʻlja qilib olmoqchi boʻlgan karvon esa sizdan pastroqda edi. Bordi-yu mushriklar bilan jang qilish uchun oldindan vaʼdalashgan boʻlsangiz ham, baribir muayyan vaqt va joy haqida kelisha olmay ixtilof qilgan boʻlar edingiz. Lekin Alloh jangda halok boʻlganlar ham dalil bilan halok boʻlishlari, hayotda qolganlar ham dalil bilan tirik qolishlari uchun ishni tamomiga yetkazish maqsadida sizlarni dushman bilan toʻsatdan toʻqnashtirib qoʻydi. Albatta, Alloh eshituvchi va biluvchi Zotdir.
Ey Muhammad! Siz jangdan oldin koʻrgan tushingizda Alloh sizga matonat berishi uchun ularning sonini oz qilib koʻrsatdi. Chunki sizlarga ularning adadini koʻp qilib koʻrsatganida edi, sizlar vahimaga tushib sustlashib qolgan va bu boradagi ishda tortishib qolgan boʻlar edingiz. Lekin Alloh Oʻzining yordami bilan sizlarni undan salomat qildi. Shubhasiz, U koʻngillardagi yashiringan narsalarni ham biluvchi Zotdir.
Allohga va Uning Rasuliga itoat qilinglar va oʻzaro ixtilofga tushib tortishmanglar. Aks holda, sustlashib, kuch-quvvatingiz ketib qoladi. Sabr-toqatli boʻlinglar, Albatta, Alloh sabr qiluvchilar bilan birgadir.