Jangda g‘animat qilib olganlaringizdan halol va pok holda tanovul qilaveringlar va yolg‘iz Allohdan qoʻrqinglar. Shubhasiz, Alloh gunohlarni kechiruvchi – G‘ofur va marhamati keng boʻlgan – Rahim Zotdir.
От искомого вами масдар-узак إِنَّ образовано 2380 аятов.
agar, yo'q agar, , va agar, chindan, va albatta, lekin agar, va, agar (bo'lsa), agar (qarzdor)
Ниже приведены эти аяты с арабским текстом и узбекским переводом.
Jangda g‘animat qilib olganlaringizdan halol va pok holda tanovul qilaveringlar va yolg‘iz Allohdan qoʻrqinglar. Shubhasiz, Alloh gunohlarni kechiruvchi – G‘ofur va marhamati keng boʻlgan – Rahim Zotdir.
Ey Payg‘ambar, qoʻlingizdagi asir olingan kimsalarga: “Agar Alloh qalblaringizda yaxshilikka moyillik koʻrganda edi, sizlardan olingan oʻljadan koʻra yaxshiroq neʼmatni sizlarga ham berar va sizlarni kechirar edi. Zero, Alloh gunohlarni kechiruvchi – G‘ofur va marhamati keng boʻlgan – Rahim Zotdir”, – deb ayting.
Ey Rasulim! Agar asirlar oʻz soʻzida turmay sizga xiyonat qilmoqchi boʻlishsa, tashvishlanmang, darhaqiqat, ular avval ham Allohga xiyonat qilgan edilar. Shuning uchun ham, Alloh sizga ularning ustidan g‘alaba imkonini berdi. Alloh hamma narsani bilib turuvchi – Aʼlim va hikmat egasi – Hakim Zotdir.
Albatta, iymon keltirgan, Makkadan Madinaga koʻchib oʻtgan, Allohning yoʻlida mollari va jonlari bilan jiddu jahd qilganlar hamda joy berib, yordam koʻrsatganlar, ana oʻshalar bir-birlariga haqiqiy doʻstdirlar. Ammo iymon keltirgan, lekin hali hijrat qilmaganlarga esa, to hijrat qilmagunlaricha, ular bilan doʻstlik qilish sizlar uchun joiz emasdir. Agar ular sizlardan din ishlarida yordam soʻrasalar, siz bilan oʻrtalarida urishmaslik haqida ahdnoma bor qavm ziddiga boʻlmagani holda ularga yordam berishingiz kerak. Alloh nima qilayotganingizni koʻrib turuvchi – Basir Zotdir.

Kufr keltirgan kimsalar esa bir-birlariga doʻstdirlar. Agar moʻminga doʻst, kofirga dushman muomalasini qilmasangizlar, u holda Yer yuzida fitna va katta fasod boʻlib ketadi.
Keyinchalik iymon keltirib, Makkadan Madinaga koʻchib oʻtgan va sizlar bilan birga dushmanga qarshi jang qilganlar ham sizlardandir. Qon-qarindoshlar esa, Allohning kitobidagi hukmiga koʻra meros olishda bir-birlariga haqliroqdirlar. Alloh, shubhasiz, hamma narsani bilib turuvchi Zotdir.
Hamda bu odamlarga Alloh va Uning Rasuli tomonidan “Hajjul Akbar” boʻlgan Qurbon hayiti kunidagi bildirgisidir. Albatta, Alloh va Rasulining mushriklar bilan orasi ochiqdir. Bordi-yu tavba qilsangiz, u oʻzingiz uchun yaxshi ishdir. Agar iymondan yuz oʻgirsangiz, u holda Allohni ojiz qiluvchi emasligingizni bilib qoʻyinglar. Ey Rasulim, kufr keltirgan kimsalarga alamli azob haqida “xushxabar” bering.

Lekin mushriklar ichidan sizlar ahdlashganingizdan keyin hech narsani buzmagan boʻlsalar va sizlarning ziddingizga hech kimga yordam bermaganlarning ahdlarini belgilangan muddatlarigacha toʻliq yetkazinglar. Albatta, Alloh taqvodor kimsalarni yaxshi koʻradi.
Urush harom qilingan oylar chiqqach esa mushriklarni uchratgan joylaringizda oʻldiringlar. Ularni asir tutib olinglar va qamal qilinglar. Hamda ularni barcha kuzatuv joylarida poylab oʻtiringlar. Agarda tavba qilsalar, namozni mukammal ado etib, zakot bersalar unda ularni yoʻllariga xoli qoʻyinglar. Chunki albatta, Alloh gunohlarni kechiruvchi – G‘ofur va marhamati keng boʻlgan – Rahim Zotdir.

Ey Rasulim, agar mushriklardan birortasi sizdan omonlik soʻrasa, uni himoyangizga oling. Toki ular Allohning kalomini eshitsinlar, balki, ibrat olarlar. Undan keyin uni tinch joyiga yetkazib qoʻying. Mana bu ularning haqiqatni bilmaydigan qavm ekanliklaridir.
Axir qanday qilib Alloh nazdida va Uning Rasuli huzurida mushriklar uchun ahdu paymon boʻladi?! Lekin Masjid ul-Harom oldida sizlar bilan ahdlashgan kimsalar agar sizlarga nisbatan soʻzlarida tursalar, unda sizlar ham ular uchun ahdingizda toʻg‘ri turinglar. Albatta, Alloh taqvodor kimsalarni yaxshi koʻradi.
Darvoqe, qanday qilib ahd boʻlsinki, agar ular sizning ustingizga g‘alaba qilsalar, na yaqinlik jihatdan va na majburiyat jihatdan sizlarga rioya qiladilar. Ular faqat sizlarni og‘izlari bilan rozi qiladilar-u, lekin koʻngillari xush koʻrmaydi. Ularning koʻpchiligi fosiq kimsalardir.
Ular Allohning oyatlarini ozgina bahoga sotib, Uning haq yoʻlidan odamlarni toʻsadilar. Darhaqiqat, ularning qilayotgan amallari naqadar yomon boʻlgan ishdir.
Agar tavba qilib iymonga kelsalar, namozni toʻliq ado qilsalar va zakot bersalar, u holda ular sizlarning dindagi birodarlaringizdir. Biz haqni biladigan qavm uchun oyatlarni batafsil bayon qilib beramiz.
Agar ahdlashganlaridan keyin ham qasamlarini buzsalar va sizlarning diningizga taʼna toshini otsalar, u holda bu qilmishlaridan voz kechishlari uchun kufr yetakchilariga qarshi jang qilinglar. Zero, ular uchun qasamlarda vafo yoʻqdir. Shoyad, shundan ibrat olib yomonliklardan tiyilsalar.

Ey moʻminlar, ahdlarini buzgan, payg‘ambarni yurtidan chiqarib yuborishga qasd qilgan va sizlarga qarshi birinchi boʻlib urush boshlagan qavm bilan jang qilmaysizlarmi?! Yoki ulardan qoʻrqasizlarmi?! Agar chinakam moʻmin boʻlsangiz, qoʻrqishingizga haqli boʻlgan Zot, faqat Allohdir!