Shunda Muso: “Agar bundan keyin ham sendan biror narsa haqida soʻrasam, meni oʻzingga hamroh qilmagin. Chunki men tomondan uzrda meʼyorga yetgan boʻlasan”, – dedi.
От искомого вами масдар-узак إِنَّ образовано 2380 аятов.
agar, yo'q agar, , va agar, chindan, va albatta, lekin agar, va, agar (bo'lsa), agar (qarzdor)
Ниже приведены эти аяты с арабским текстом и узбекским переводом.
Shunda Muso: “Agar bundan keyin ham sendan biror narsa haqida soʻrasam, meni oʻzingga hamroh qilmagin. Chunki men tomondan uzrda meʼyorga yetgan boʻlasan”, – dedi.
Darhaqiqat, Biz Zulqarnaynga Yerda ulkan imkon berdik. Hamda barcha istagan narsasiga erishish sababini ham ato qildik.
Ular: “Ey Zulqarnayn, albatta, shu tog‘lar ortidagi Yaʼjuj va Maʼjuj qabilalari Yer yuzida buzg‘unchilik qiluvchilardir. Bizlar senga bir miqdor haq toʻlasak, biz bilan ularning oʻrtasiga bir devor qilib berasanmi?” – dedilar.
Yoki kufr keltirganlar Meni qoʻyib, bandalarimni oʻzlariga doʻstlar qilib olishni oʻylaydilarmi?! Haqiqatan, Biz jahannamni kofirlar uchun tushadigan joy qilib tayyorlaganmiz.
Albatta, iymon keltirgan va yaxshi amallarni qilgan zotlar uchun Firdavs jannati manzil boʻladi.
Ey Muhammad, odamlarga: “Albatta, men ham sizlar kabi bir bashardirman. Faqat menga ilohingiz yolg‘iz Iloh ekani haqida vahiy qilinmoqda. Bas, kimki qiyomatda Robbisiga duch kelishidan muloqotda umidvor boʻlsa, u holda solih amal qilsin va Robbisiga ibodat qilishda hech kimni Unga sherik qilmasin!” – deb ayting.
Zakariyo duosida: “Ey Robbim, darhaqiqat, mening suyaklarim moʻrtlashdi, keksalikdan boshga oq tutashdi. Ey Robbim, men senga duo qilib hech qachon baxtsiz boʻlmaganman”, – dedi.
Mening ortimda qoladigan qarindoshlarimning dinga daʼvatni toʻxtatib qoʻyishlaridan qoʻrqaman. Xotinim esa tug‘mas boʻlib qolgan. Endi, Sen Oʻz dargohingdan menga yordamchi boʻlgan bir farzand ber.
Alloh unga: “Ey Zakariyo, Biz senga bir bola xushxabarini beramiz. Uning ismi Yahyo boʻlib, ilgari unga hech kimni ismdosh qilmaganmiz”, – deb vahiy qildi.
Maryam unga: “Men Rahmonga iltijo qilib, sendan panoh berishini soʻrayman. Agar Allohdan qoʻrquvchi boʻlsang, menga yaqinlashma”, – dedi.
Maryam unga: “Men Rahmonga iltijo qilib, sendan panoh berishini soʻrayman. Agar Allohdan qoʻrquvchi boʻlsang, menga yaqinlashma”, – dedi.
Jabroil unga: “Qoʻrqma senga zarar bermayman, men faqat senga bir pokiza oʻg‘il hadya qilish uchun kelgan Robbingdan elchiman, xolos”, – dedi.
Endi, yeb-ichgin va koʻzing quvonsin. Bas, agar odamzotdan birortasini koʻrib qolsang va u sendan savol soʻrasa unga: “Men Rahmon roziligi uchun roʻza tutishni nazr qilganman, bas, bugun biror inson bilan gaplashmayman”, – deb aytgin.
Shunda goʻdak tilga kirib: “Men Allohning bandasidirman. Alloh menga kitob berdi va meni payg‘ambar qildi”, – deb gapirib yubordi.
Allohga hech qanday farzand tutish mumkin emasdir. U bunday nuqsondan pokdir. U biror ishni qilishni istasa, faqat unga “Boʻl!” – deydi, bas, oʻsha ish darhol boʻladi.
Iso oʻz qavmiga: “Albatta, Alloh Robbim va Robbingizdir. Bas, Unga ibodat qilinglar. Mana shu toʻg‘ri yoʻldir”, – dedi.
Albatta, Biz Oʻzimiz bu Yerni va undagi bor jonzotni meros qilib olamiz va barchalari Bizning huzurimizga qaytariladilar.
Ey Muhammad, ushbu kitobda Ibrohim payg‘ambarning qissasini ham yodga oling. Shubhasiz, u juda sadoqatli payg‘ambar edi.
Ey otajon, darhaqiqat, senga kelmagan ilm menga keldi. Bas, menga ergashgin, seni toʻg‘ri yoʻlga hidoyat qilaman.
Ey otajon, aslo shaytonga ibodat qilma! Chunki shayton Rahmonga itoatsiz boʻlgan edi.