Ey otajon, rostdan ham, men senga Rahmon tomonidan azob yetib, doʻzaxda shaytonga yaqin boʻlib qolishingdan qoʻrqaman”, – dedi.
От искомого вами масдар-узак إِنَّ образовано 2380 аятов.
agar, yo'q agar, , va agar, chindan, va albatta, lekin agar, va, agar (bo'lsa), agar (qarzdor)
Ниже приведены эти аяты с арабским текстом и узбекским переводом.
Ey otajon, rostdan ham, men senga Rahmon tomonidan azob yetib, doʻzaxda shaytonga yaqin boʻlib qolishingdan qoʻrqaman”, – dedi.
Otasi unga: “Ey Ibrohim, sen mening ilohlarimdan yuz oʻgiruvchimisan?! Qasam boʻlsinki, agar sen bu gaplaringdan tiyilmasang, albatta, seni toshboʻron qilaman va yoki boʻlmasa meni butunlay tark et!” – dedi.
Ibrohim otasiga: “Omon boʻl, endi Robbimdan sen uchun mag‘firat soʻrayman. Albatta, U menga mehribon Zotdir.
Ey Muhammad, ushbu kitobda Muso payg‘ambar qissasini ham yodga oling. Haqiqatan, u tanlab olingan rasul va payg‘ambar edi.
Ey Muhammad, bu kitobda Ismoil payg‘ambar qissasini ham yodga oling. Darhaqiqat, u vaʼdasida sodiq turuvchi hamda rasul va payg‘ambar edi.
Yana bu kitobda Idris payg‘ambar qissasini ham yodga oling. Darhaqiqat, u rostgoʻy payg‘ambar edi.
Ular Rahmonning bandalariga g‘aybdan vaʼda qilgan Adn nomli abadiy qolinadigan jannatlarga kiradilar. Albatta, Uning vaʼdasi oʻz vaqtida keluvchidir.
Ey odamlar, sizlarning ichingizdan doʻzaxning dahshatli manzarasini koʻrish va Sirot koʻprigidan oʻtish uchun unga yaqin kelmaydigan bironta odam yoʻq. Bu Robbingiz nazdida, albatta, bajariladigan farmondir.
Bas, siz ularga qarshi chiqishga shoshilmang. Albatta, Biz ularning qilgan ishlarini aniq hisoblab boryapmiz.
Osmonlar va Yerdagi barcha jonzot qiyomat kunida Rahmon huzuriga qul boʻlgan holda keladi.
Albatta, iymon keltirgan va solih amallarni qilgan zotlar uchun yaqinda Rahmon muhabbat paydo qiladi.
Ey Muhammad, albatta, Biz bu Qurʼonni taqvodorlarga jannat bilan xushxabar berishingiz va qaysar qavmni jahannam bilan ogohlantirishingiz uchun uni sizning tilingizga oson qilib qoʻydik.
Agar siz soʻzni oshkora qilsangiz ham yoki pinhona gapirsangiz ham, U Zotga bari birdir. Bas, albatta, U sirni ham, eng maxfiy narsalarni ham biladi.
Agar siz soʻzni oshkora qilsangiz ham yoki pinhona gapirsangiz ham, U Zotga bari birdir. Bas, albatta, U sirni ham, eng maxfiy narsalarni ham biladi.
Oʻshanda u uzoqdan bir olovni koʻrib oilasiga: “Shu yerda kutib turinglar, men bir olovni koʻrib qoldim, balki sizlarga undan bir choʻg‘ olib kelarman yoki shu oʻt atrofida biror yoʻl koʻrsatuvchi toparman”, – dedi.
Ey Muso, albatta, Men sening Robbingman. Bas, kavushlaringni yechgin. Chunki sen muqaddas Tuvo vodiysidasan.
Ey Muso, albatta, Men sening Robbingman. Bas, kavushlaringni yechgin. Chunki sen muqaddas Tuvo vodiysidasan.
Haqiqatan, Men Allohman! Mendan oʻzga iloh yoʻq! Bas, Mengagina ibodat qil va Meni zikr qilish uchun namozni toʻkis ado qil!
Albatta, qiyomat soati keluvchidir. Lekin har bir jon qilgan harakatiga yarasha jazo olishi uchun uni maxfiy tutaman.
Endi, sen firʼavnning oldiga bor. Haqiqatan, u “xudoman” deb haddan oshdi.