Men Undan oʻzgalarni iloh qilib olaymi?! Holbuki, agar Rahmon menga biror zarar yetkazishni istasa, u soxta ilohlarning shafoatlari menga biror foyda bermaydi va ular meni azobdan ham qutqara olmaydilar.
От искомого вами масдар-узак إِنَّ образовано 2380 аятов.
agar, yo'q agar, , va agar, chindan, va albatta, lekin agar, va, agar (bo'lsa), agar (qarzdor)
Ниже приведены эти аяты с арабским текстом и узбекским переводом.
Men Undan oʻzgalarni iloh qilib olaymi?! Holbuki, agar Rahmon menga biror zarar yetkazishni istasa, u soxta ilohlarning shafoatlari menga biror foyda bermaydi va ular meni azobdan ham qutqara olmaydilar.
U holda men, albatta, aniq zalolatda boʻlaman-ku!
Haqiqatan, men Robbingizga iymon keltirganman, bas, meni tinglanglar.
Faqat birgina dahshatli qichqiriq boʻldi-yu, birdaniga ular oʻchib qoldilar.
Albatta, barchalari qiyomatda toʻplangan hollarida huzurimizga hozir qilinuvchidirlar.
Agar xohlasak, ularni suvga g‘arq qilamiz-da, soʻng ular uchun biror yordamchi ham boʻlmaydi va ular halokatdan qutqarilmaydilar.
Agar ularga: “Alloh sizlarga rizq qilib bergan narsalardan muhtojlarga ehson qilinglar”, – deyilsa, kufr keltirgan kimsalar iymon keltirganlarga istehzo bilan: “Agar Alloh xohlasa, uni Oʻzi yediradigan kimsani biz taomlantiramizmi?! Sizlar, aniq zalolatdasizlar”, – deydilar.
Yana ular: “Agar rostgoʻy boʻlsangizlar, aytinglar-chi, mana shu vaʼda qilinayotgan azob qachon boʻladi?” – deydilar.
Faqatgina bir qichqiriq boʻldi va darhol ularning barchalari Bizning huzurimizda hozir qilinuvchidirlar.
Albatta, jannat ahli bu kunda rohat va farog‘at ishlari bilan xursanddirlar.
Men sizlarga: “Ey Odam bolalari, shaytonga ibodat qilmanglar, albatta, u sizlarga aniq dushmandir”, – deb amr qilmaganmidim?!
Biz Muhammadga sheʼrni oʻrgatmadik va unga shoirlik toʻg‘ri kelmaydi. Bu vahiy faqat zikr va aniq Qurʼondir.
Bas, ey Muhammad, sizni ularning soʻzlari xafa qilmasin! Zotan, Biz ularning berkitib yurgan narsalarini ham, oshkora qilayotgan ishlarini ham bilamiz.
Biror narsa yaratishni iroda qilganda, Uning amri faqatgina unga “Boʻl!” deb aytishdir. Bas, U amr qilgan narsa darhol paydo boʻladi.
Albatta, Ilohingiz yagonadir!
Darhaqiqat, Biz dunyo osmonini yulduzlar bilan ziynatlab qoʻydik.
Bas, ey Muhammad, Makka kofirlaridan soʻrang, ularni yaratish qiyinroqmi yoki Biz yaratgan narsalarnimi?! Zotan, Biz ularni avval yopishqoq loydan yaratganmiz.
Bu oyatlar faqat aniq bir sehrdir, deydilar.
Bizlar oʻlib, tuproq va suyaklarga aylanib ketganimizda chindan ham, yana qayta tiriluvchi boʻlamizmi?!
Vaʼda qilingan bu qayta tirilish faqatgina Isrofilning suri bilan chalinuvchi bir qichqiriqdir, xolos. Bas, ular qayta tirilib, Allohning hukmiga qarab turadilar.