Allohdan buyruq boʻlguncha ularni doʻzaxga tashlamay toʻxtatib turinglar. Chunki ular dunyodagi qilmishlari toʻg‘risida soʻraluvchidirlar.
От искомого вами масдар-узак إِنَّ образовано 2380 аятов.
agar, yo'q agar, , va agar, chindan, va albatta, lekin agar, va, agar (bo'lsa), agar (qarzdor)
Ниже приведены эти аяты с арабским текстом и узбекским переводом.
Allohdan buyruq boʻlguncha ularni doʻzaxga tashlamay toʻxtatib turinglar. Chunki ular dunyodagi qilmishlari toʻg‘risida soʻraluvchidirlar.
Ergashganlar oʻz rahnamolariga: “Haqiqatan, sizlar biz ishonib yaxshilik kutadigan oʻng tomondan kelar edingiz”, – deydilar.
Bas, endi bizlarga Robbimizning azob haqidagi soʻzi muqarrar boʻldi. Endi, bizlar bu azobni totuvchilarmiz.
Chunki bizlar yoʻldan ozuvchi boʻlganimiz uchun sizlarni ham yoʻldan urdik.
Bas, albatta, ular oʻsha kunda azobda sherikdirlar.
Albatta, Biz gunohkorlarni mana shunday azobga duchor qilamiz.
Chunki ularga: “Allohdan oʻzga iloh yoʻq”,deyilganda, takabburlik qilar edilar.
Mushriklar: “Nima, bizlar bir majnun shoirni deb ilohlarimizni tark qilamizmi?” – deb aytardilar.
Ey jinoyatchilar, sizlar, shak-shubhasiz, alamli azobni totuvchidirsizlar!
Ulardan biri: “Mening dunyoda bir doʻstim bor edi”, – deydi.
U menga: “Chindan ham sen oʻlganimizdan keyin yana qayta tirilishimizni tasdiq qiluvchilardanmisan?” – der edi.
Oʻlib, tuproq va suyaklarga aylanib ketgan vaqtimizda haqiqatan, ham qayta tirilib jazolanuvchimizmi?, – deb aytardi.
Shundan keyin: “Allohga qasamki, meni ham halok qilishingga oz qolgan ekan”, – deydi.
Albatta, mana bu jannat neʼmatlari ulkan yutuqdir!
Haqiqatan, Biz bu zaqqum daraxtini zolimlar uchun fitna qilib qoʻydik.
Chindan ham, u doʻzax qaʼridan oʻsib chiqadigan bir daraxtdir.
Bas, doʻzax ahllari, albatta, undan yeyuvchi va qorinlarni u bilan toʻldiruvchidirlar.
Soʻngra, buning ustiga, ularga qaynoq suvdan aralashtirish ham bordir.
Soʻngra ularning qaytar joylari, albatta, doʻzax tomon boʻladi.
Albatta, ular oʻzlarining ota-bobolarini haq yoʻldan adashgan holda topdilar.