U iymonli kimsalar “Ey Robbimiz, albatta, biz iymon keltirdik, gunohlarimizni kechirgin va bizlarni jahannam azobidan asra”, – deydilar.
Siz qidirgan ع ذ ب masdar-o'zagidan hosil bo'lgan 373 ta oyat mavjud.
bir azob, azobning, azob, bir azob bor, azob-, azob, azobiga, azobi, va azob, azobidan
Quyida o'sha oyatlar arabcha matni va o'zbekcha tarjimasi bilan keltirilgan.
U iymonli kimsalar “Ey Robbimiz, albatta, biz iymon keltirdik, gunohlarimizni kechirgin va bizlarni jahannam azobidan asra”, – deydilar.
Allohning oyatlarini inkor qilib kufr keltiradigan, payg‘ambarlarni nohaq qatl qiladigan va insonlar orasidagi haq va adolatga buyuruvchi solih kimsalarni oʻldiradigan zolimlarga oxiratdagi alamli azob bashoratini bering.
Kufr keltirgan kimsalarni esa dunyoda ham oxiratda ham qattiq azob bilan azoblayman. Ular uchun azobdan qutqaruvchi biror bir yordamchilari boʻlmaydi.
Kufr keltirgan kimsalarni esa dunyoda ham oxiratda ham qattiq azob bilan azoblayman. Ular uchun azobdan qutqaruvchi biror bir yordamchilari boʻlmaydi.
Allohga bergan ahdu paymon va qasamlarini oʻtkinchi dunyo manfaati uchun arzimas bahoga sotadiganlar uchun oxiratda hech qanday nasiba yoʻqdir. Qiyomat kunida Alloh ularga gapirmaydi va rahmat nazari bilan boqmaydi. Ularni gunohlaridan tozalamaydi hamda ular uchun alamli azob tayyorlab qoʻyilgandir.
Ular u yerda mangu qoluvchilardir. Ulardan azob yengillatilmaydi va ularga muhlat ham berilmaydi.
Allohga kufr keltirgan va kofir holda oʻlib ketgan kimsalar oʻzlarini qutqarish uchun Yer yuzi toʻla oltinni fidya qilib toʻlab bersalar ham, aslo qabul qilinmaydi. Ana oʻshalarga alamli azob bordir. Hamda ular uchun azobdan qutqaruvchi yordamchilar boʻlmaydi.
Oʻzlariga ochiq-oydin dalillar kelganidan keyin ham boʻlinib, ixtilofga tushgan kimsalar kabi boʻlmanglar. Ana shundaylarga ulkan azob bordir.
Qiyomat kunida baʼzi yuzlar sevinchdan oqarib, baʼzi yuzlar g‘amdan qorayadi. Shunda yuzlari qorayganlar uchun: “Iymon keltirganingizdan keyin kufr keltirdingizmi? Endi kufringiz tufayli mana shu azoblarni totib koʻringlar”, – deyiladi.
Ey Rasulim, Alloh ularning tavbalarini qabul qilishi yoxud zolim kimsalar boʻlganliklari uchun jazo olishlari borasida sizning zimmangizda hech qanday ish yoʻqdir.
Osmonlar va Yer yuzidagi barcha narsalar Allohnikidir. U Oʻzi istaganini mag‘firat qiladi va istaganini azoblaydi. Shubhasiz, Alloh gunohlarni kechiruvchi – G‘ofur va marhamati keng boʻlgan – Rahim Zotdir.
Ey Rasulim, kufr yoʻlida ildamlab oshiqayotganlar sizni xafa qilmasin. Ular aslo Allohga hech qanday zarar yetkaza olmaydilar. Alloh ularga oxiratda hech bir nasiba bermaslikni istaydi. Ular uchun ulkan azob bordir.
Shubhasiz, kufrni iymonga almashtirib sotib olganlar Allohga hech bir narsada aslo zarar yetkaza olmaydilar. Ular uchun alamli azob bordir.
Kufr keltirgan kimsalar ularga muhlat berib, tek qoʻyganimizni oʻzlari uchun yaxshi deb oʻylamasinlar. Darhaqiqat, Biz ularga gunohlari koʻpayishi uchungina muhlat berib turamiz. Oxiratda ular uchun xor qiluvchi azob bordir.
Qasam boʻlsinki, Alloh ularning “Albatta, Alloh faqir, biz esa boymiz”, – degan gaplarini eshitdi. Ularning bu aytgan gaplarini va payg‘ambarlarni nohaq oʻldirganlarini tezda yozib qoʻyamiz. Qiyomat kunida esa ularga: “Kuyduruvchi jahannamning azobini totib koʻringlar”, – deb aytamiz.
Ey Rasulim, qilgan yomon ishlariga suyunib, qilmagan yaxshi ishlariga maqtalishni xush koʻradigan kimsalarni azobdan najotda deb hisoblamang.
Ey Rasulim, qilgan yomon ishlariga suyunib, qilmagan yaxshi ishlariga maqtalishni xush koʻradigan kimsalarni azobdan najotda deb hisoblamang.
Ular Allohni tik turganlarida ham, oʻtirgan hollarida ham, yotganlarida ham zikr qiladilar va osmonlaru Yerning yaratilishi haqida tafakkur qilib: “Ey Robbimiz, Sen bu koinotni bekorga yaratmagansan. Sen nuqsonlardan xolisan va bizlarni doʻzax azobidan saqlagin”, – deydilar.
Kim Alloh va Uning Rasuliga osiylik qilsa va Uning belgilab qoʻygan hadlaridan oshsa, uni u yerda mangu qoladigan doʻzaxga kiritadi. Hamda uning uchun u yerda xor qiluvchi azob bordir.
Gunoh ishlarni doimiy qilib yurgan va birontasiga oʻlim oni kelgach, “endi tavba qildim”, – deydigan hamda kofir holida oʻlib ketadigan kimsalarning tavbalari qabul qilinmaydi. Ana oʻshalarga oxiratda alamli azob tayyorlab qoʻyganmiz.