Bordi-yu ularga osmondan bir darvoza ochib qoʻysak-u, undan osmonga qarab koʻtarila boshlasalar ham, baribir iymon keltirmaydilar.
Siz qidirgan ع ر ج masdar-o'zagidan hosil bo'lgan 9 ta oyat mavjud.
chiqadi, oqsoq, chiqaradi, chiqmoqda, va zinapoyalar, oqsoqqa, chiquvchi, yuksak maqomlarning
Quyida o'sha oyatlar arabcha matni va o'zbekcha tarjimasi bilan keltirilgan.
Bordi-yu ularga osmondan bir darvoza ochib qoʻysak-u, undan osmonga qarab koʻtarila boshlasalar ham, baribir iymon keltirmaydilar.
Jangga chiqmay qolishda koʻzi ojiz kishiga, oyog‘i choʻloqqa va bemorga gunoh yoʻqdir. Ey moʻminlar, oʻz uylaringizdan, yo otalaringizning uylaridan, yo onalaringizning uylaridan, yo aka-ukalaringizning uylaridan, yo opa-singillaringizning uylaridan, yo amakilaringizning uylaridan, yo ammalaringizning uylaridan, yo tog‘alaringizning uylaridan, yo xolalaringizning uylaridan, yo sizlar kalitlariga ega boʻlgan uylardan, yo doʻstingizning uyidan taom yeyishingizda sizlarga gunoh yoʻqdir. Birgalashib yoki alohida ovqatlanishingizda ham sizlarga gunoh yoʻqdir. Bas, qachonki, uylarga kirsangizlar, bir-birlaringizga Alloh huzuridan boʻlgan muborak, pokiza salomni aytinglar. Aql ishlatishingiz uchun Alloh oyatlarni sizlarga mana shunday bayon qiladi.
U osmondan yergacha boʻlgan barcha ishni boshqarib turadi. Soʻngra bu ishlarning barchasi miqdori siz sanayotgan hisobda ming yilga teng boʻlgan kunda Uning Oʻziga koʻtariladi.
U Yer ostiga nimaiki kirsa ham, undan nimalar unib chiqsa barchasini biladi. Shuningdek, osmondan tushadigan barakatlarni ham, unga koʻtariladigan duolarni ham biladi. U marhamati keng boʻlgan – Rahim va gunohlarni kechiruvchi – G‘ofur Zotdir.
Agar iymonsizlarning toʻq yashayotganlarini koʻrib odamlar bir millat boʻlib qolish xavflari boʻlmaganida Rohmanga kufr keltiradiganlarning uylarining tomini va unga chiqadigan zinalarini ham kumushdan qilib qoʻyar edik.
Jangda qatnashmaslikda koʻzi ojiz kishiga tanglik yoʻq. Oyog‘i choʻloq odamga ham tanglik yoʻq. Bemorga ham tanglik yoʻq. Kimki Alloh va uning payg‘ambariga itoat qilsa, uni ostidan anhorlar oqib turadigan jannatlarga kiritadi. Kimki yuz oʻgirib ketsa, Alloh uni alamli azob bilan azoblaydi.
U osmonlar va Yerni olti kunda yaratib, soʻngra Oʻz ilmi va qudrati bilan Arshni egallagan Zotdir. U yerga kiradigan narsalarni ham, undan chiqadigan narsalarni ham, osmondan tushadigan narsalarni ham, unga koʻtariladigan yaxshi amal va duolarni ham biladi. Sizlar qaerda boʻlsangizlar, U sizlar bilan birgadir. Alloh barcha qilayotgan amallaringizni koʻrib turuvchidir.
Albatta, u azob meʼrojlar egasi Alloh tomonidandir.
Farishtalar va Ruh miqdori ellik ming yillik boʻlgan bir kunda Uning huzuriga koʻtariladilar.