Sizlarga Allohning oyatlari oʻqib turilgan va orangizda Uning Rasuli boʻlgani holda qanday qilib kufr keltirasizlar?! Kimki Allohning dinini mahkam tutsa, darhaqiqat, u toʻg‘ri yoʻlga hidoyat qilinibdi.
Siz qidirgan ع ص م masdar-o'zagidan hosil bo'lgan 13 ta oyat mavjud.
o'ralsa, va yopishing, va yopishganlar, va yopishganlarga, seni saqlaydi, qutqaradi, u meni saqlaydi, qutulajak, u rad etdi, va yopishing
Quyida o'sha oyatlar arabcha matni va o'zbekcha tarjimasi bilan keltirilgan.
Sizlarga Allohning oyatlari oʻqib turilgan va orangizda Uning Rasuli boʻlgani holda qanday qilib kufr keltirasizlar?! Kimki Allohning dinini mahkam tutsa, darhaqiqat, u toʻg‘ri yoʻlga hidoyat qilinibdi.
Hammangiz birgalikda Allohning arqoni Qurʼonni mahkam tutinglar va ajralib ketmanglar. Allohning sizga bergan neʼmatini yodga olinglar. Bir paytlar bir-biringizga dushman edingiz soʻng, qalblaringizni oʻzaro oshno qilib qoʻydi. Uning neʼmati soyasida birodarlarga aylandingiz. Doʻzax chuqurining yoqasida ekaningizda undan sizlarni qutqardi. Hidoyat yoʻlini topishingiz uchun Alloh sizlarga oyatlarini mana shunday bayon qiladi.
Lekin yomonliklardan tavba qilgan, oʻzlarini oʻnglab tuzatgan, Allohga mahkam bog‘lanib, dinlarida xolis boʻlgan ana shunday kimsalar moʻminlar bilan birgadirlar.
Allohga iymon keltirgan va Uning Oʻziga bog‘langan kimsalarni esa, Oʻz tomonidan boʻlgan rahmat va fazilatga sazovor qiladi. Hamda ularni toʻg‘ri yoʻlga boshlaydi.
Ey Rasul, Robbingizdan sizga nozil qilingan oyatlarni odamlarga toʻliq yetkazing. Agar shunday qilmasangiz, unda Allohning risolatini yetkazmagan boʻlasiz. Alloh sizni odamlarning zararidan himoya qiladi. Albatta, Alloh kofir qavmlarni toʻg‘ri yoʻlga boshlamaydi.
Alloh qaytargan yomon ishlarni qilganlarga esa, har bir gunohga uning barobaricha jazo beriladi va ularni xorlik qoplaydi. Ular uchun Alloh tarafidan saqlovchi ham yoʻq. Ularning yuzlari xuddi zulmatli tunning bir boʻlagi bilan qoplangandek timqaro boʻladi. Ana oʻshalar doʻzax egalaridir. Ular u yerda mangu qoluvchidirlar.
Oʻg‘li otasiga: “Meni suvdan saqlab qoladigan biror toqqa chiqib panoh topaman”, – dedi. Shunda Nuh: “Bugun Uning Oʻzi rahm qilganidan boshqa Allohning amridan saqlab qoluvchi hech qanday kuch yoʻqdir”, – dedi. Shu payt ikkisining oʻrtasiga toʻlqin kirib toʻsdi va oʻg‘li g‘arq qilinganlardan boʻldi.
Oʻg‘li otasiga: “Meni suvdan saqlab qoladigan biror toqqa chiqib panoh topaman”, – dedi. Shunda Nuh: “Bugun Uning Oʻzi rahm qilganidan boshqa Allohning amridan saqlab qoluvchi hech qanday kuch yoʻqdir”, – dedi. Shu payt ikkisining oʻrtasiga toʻlqin kirib toʻsdi va oʻg‘li g‘arq qilinganlardan boʻldi.
Shunda Zulayho: “Mana shu yigit haqida sizlar meni malomat qilgan edingiz. Haqiqatan, undan jinsiy yaqinlik uchun nafsini talab qilganimda, u nomusini saqladi. Qasam boʻlsinki, agar u men unga buyurayotgan ishni qilmasa, albatta, u zindonga tashlanadi va xoru zor kimsalardan boʻladi”, – dedi.
Alloh yoʻlida haqqoniy jiddu jahd qilinglar. U sizlarni shu muqaddas din uchun tanlab oldi va dinda sizlarga biror tanglik qilmadi. Otalaringiz Ibrohimning dini boʻlgan Islomni mahkam tutinglar. Toki qiyomat kunida payg‘ambar sizlarga guvoh boʻlishi, sizlar esa qolgan odamlarga guvoh boʻlishingiz uchun Allohning Oʻzi sizlarni oldingi samoviy kitoblarda nomlaganidek, mana bu Qurʼonda ham musulmonlar deb nomladi. Bas, namozni toʻliq ado qilinglar va haqdorlarga zakotni beringlar hamda Allohga bog‘laninglar. U sizning Xojangizdir. Bas, U Zot qanday yaxshi Xoja va qanday ham yaxshi yordam beruvchidir!
Ey Rasulim yana, ularga: “Agar Alloh sizlarga yomonlikni iroda qilsa yoki yaxshilikni xohlasa sizlarni kim undan toʻsa oladi”, – deb ayting. Ular oʻzlariga Allohdan boshqa doʻst ham, yordamchi ham topa olmaydilar.
U kunda sizlar ortga qarab qochasizlar. Biroq sizlar uchun Allohning azobidan saqlab qoluvchi boʻlmaydi. Kimni Alloh zalolatga ketkazsa, bas, unga hidoyat qiluvchi boʻlmaydi.
Ey moʻminlar, qachonki, sizlarga Makka kofirlari tomonidan moʻminalar hijrat qilib kelsalar, sizlar ularni imtihon qilib koʻringlar! Alloh ularning qalblaridagi iymonlarini juda yaxshi biluvchidir. Bas, agar ularning chindan ham moʻmina ekanliklarini bilsangiz, u holda ularni kofirlarga qaytarmanglar! Bular endi kofirlar uchun halol emas va u kofirlar bu ayollar uchun halol emasdir. Sizlarning oldingizda qolgan moʻminalarning Makkada qolgan kofir erlariga mana shu xotinlari uchun sarflagan mahrlarini erlariga qaytarib beringlar. Qachonki, ularga mahrlarini bersangizlar keyin ularni nikohlaringizga olishda sizlarga gunoh yoʻqdir. Shuningdek, sizlar ham xotinlaringiz kofira boʻlgan hollarida kofirlar bilan qolishni istasa, ularning yoʻllarini toʻsib, nikohlaringizda saqlamanglar va kofir ayollarning qoʻllarini tutmanglar. Oʻzlaringiz sarflagan mahrni ulardan talab qilinglar va ular ham sarflagan mahrlarini moʻminlardan talab qilsinlar! Bu Allohning hukmidir. U sizlarning oʻrtangizda hukm qiladi. Alloh hamma narsani bilib turuvchi – Aʼlim va hikmat egasi boʻlgan – Hakim Zotdir.