Ey Muhammad, darhaqiqat, Alloh moʻminlardan daraxt ostida sizga bayʼat qilayotgan vaqtlarida rozi boʻldi. Bas, Alloh ularning dillaridagi sadoqatni bilib, ularga xotirjamlik tushirdi va ularni Xaybar jangidagi yaqin g‘alaba bilan mukofotladi.
Siz qidirgan عَنْ masdar-o'zagidan hosil bo'lgan 465 ta oyat mavjud.
u yerdan, -dan(gunohidan), sizni, -dan, ulardan, -, sendan, narsadan, narsalardan, -ndan
Quyida o'sha oyatlar arabcha matni va o'zbekcha tarjimasi bilan keltirilgan.
Ey Muhammad, darhaqiqat, Alloh moʻminlardan daraxt ostida sizga bayʼat qilayotgan vaqtlarida rozi boʻldi. Bas, Alloh ularning dillaridagi sadoqatni bilib, ularga xotirjamlik tushirdi va ularni Xaybar jangidagi yaqin g‘alaba bilan mukofotladi.
Ey moʻminlar, Alloh sizlarga oʻzingiz oladigan koʻpgina oʻljalarni vaʼda qildi. Mana bu Xaybar jangidagi oʻljalarni esa tezlatib berdi va dushman odamlarning qoʻllarini sizlarga ziyon berishdan toʻsib qoʻydi. Boʻlib oʻtgan voqealar moʻminlarga ibrat boʻlishi va Alloh sizlarni toʻg‘ri yoʻlga hidoyat qilishi uchundur.
U Zot Makkaning ichida sizlarni u mushriklarining ustiga g‘olib qilganidan keyin ularning qoʻllarini sizlardan, sizlarning qoʻllaringizni ulardan toʻsib, sulh qildirgandir. Alloh qilayotgan barcha ishlaringizni koʻrib turuvchidir.

Ular, kufr keltirgan va sizlarni Masjid ul-Haromdan qurbonliq qilish uchun olgan hadyani ushlanib, oʻz joyiga yetishidan toʻsgan kimsalardir. Agar Makkada siz bilmagan moʻmin erkaklar va moʻmina ayollar boʻlmasa edi, ularni bilmay mushriklardan deb oʻylab bostirib halok qilganingiz tufayli ziyon yetishi boʻlmaganida, Alloh sizlarni Makkaga yurish qilishdan toʻsmagan boʻlar edi. Alloh xohlaganini Oʻz rahmatiga kiritishi uchun ularni mushriklar qatorida halok boʻlib ketishlaridan asrab sizlarni jang qilishdan toʻsdi. Agar moʻminlar ajralib olganlarida, albatta ulardan kufr keltirgan kimsalarni alamli azob bilan azoblagan boʻlar edik.
Zotan, oʻng va chap tomonda oʻtirgan ikki yozib turuvchi farishta boʻlayotgan barcha ishlarni qabul qilib turadilar.
Zotan, oʻng va chap tomonda oʻtirgan ikki yozib turuvchi farishta boʻlayotgan barcha ishlarni qabul qilib turadilar.
Ey inson, sen bu dahshatli kunda g‘aflatda eding. Bas, Biz sendan koʻzingdagi pardangni ochib yubordik. Endi, bugun koʻzing juda oʻtkirdir.
U kunda ularning ustidagi yer yorilib, shoshgan hollarida qabrlaridan chiqib keladilar. Bu Bizga oson boʻlgan toʻplashdir.
Bu Qurʼondan haqdan burilgan, baxtsiz kimsagina og‘ib ketadi.
Bas, ular Robbilarining amridan bosh tortishgach, qarab turgan hollarida ularni dahshatli chaqmoq urdi.
Bas, ey Muhammad, ulardan yuz oʻgiring. Endi, siz zimmangizdagi payg‘ambarlikni yetkazganingizdan keyin kofirlardan yuz oʻgirsangiz malomatga qoluvchi emassiz.
Yoxud ular uchun Allohdan boshqa iloh bormi?! Subhanalloh, Alloh ularning keltirayotgan shirklaridan pokdir!
U kunda ularning hiylalari aslo foyda bermaydi va ularga azobdan qutulish uchun yordam ham berilmaydi.
Qurʼonni u oʻz xohishi bilan soʻzlamaydi.
Bas, ey Muhammad, Bizning eslatmamizdan yuz oʻgirib ketgan va faqatgina oʻtkinchi dunyo hayotini istagan kimsalardan voz keching.
Bas, ey Muhammad, Bizning eslatmamizdan yuz oʻgirib ketgan va faqatgina oʻtkinchi dunyo hayotini istagan kimsalardan voz keching.
Ularning ilmdan yetgan joylari mana shu dunyo manfaatini istashdir. Albatta, Robbingizning Oʻzi yoʻlidan ozgan kimsalarni yaxshi biluvchidir va U hidoyat topganni ham yaxshi biluvchidir.
Ey Muhammad, endi siz ulardan yuz oʻgiring! Chaqiruvchi farishta notanish bir narsaga chaqiradigan kunda…
Ular Lutning mehmonlarini yoʻldan urmoqchi boʻldilar. Bas, Biz ularning koʻzlarini koʻr qilib qoʻydik. Bas, azobimni va ogohlantirishlarimni totib koʻringlar.