Oʻz diyorlari Makkadan kibr va odamlarga riyokorlik bilan chiqqan hamda Allohning haq yoʻlidan toʻsadigan kofir kimsalar kabi boʻlmanglar. Alloh ularning qilayotgan barcha ishlarini qamrab oluvchidir.
Siz qidirgan عَنْ masdar-o'zagidan hosil bo'lgan 465 ta oyat mavjud.
u yerdan, -dan(gunohidan), sizni, -dan, ulardan, -, sendan, narsadan, narsalardan, -ndan
Quyida o'sha oyatlar arabcha matni va o'zbekcha tarjimasi bilan keltirilgan.
Oʻz diyorlari Makkadan kibr va odamlarga riyokorlik bilan chiqqan hamda Allohning haq yoʻlidan toʻsadigan kofir kimsalar kabi boʻlmanglar. Alloh ularning qilayotgan barcha ishlarini qamrab oluvchidir.
Endi esa Alloh sizlardan yukni yengillashtirdi va sizlarda ojizlik borligini bildi. Bas, agar sizlardan yuzta sabrli moʻmin boʻlsa, endi ikki yuzta kofirni yengadi. Bordi-yu sizlardan ming nafar boʻlsa, Allohning izni bilan ikki ming nafarni yengadi. Alloh sabr qiluvchilar bilan birgadir.
Ular Allohning oyatlarini ozgina bahoga sotib, Uning haq yoʻlidan odamlarni toʻsadilar. Darhaqiqat, ularning qilayotgan amallari naqadar yomon boʻlgan ishdir.
Darhaqiqat, Alloh sizlarga oldin ham koʻp joylarda nusrat berdi. Xususan, Makka bilan Toif oʻrtasidagi vodiydagi Hunayn kunida ham. Oʻshanda sizlarni sanoq va kuch jihatdan koʻp ekanligingiz g‘ururlantirib qoʻygan edi, ammo u sizlarni hech narsadan qutqarib behojat qila olmadi. Sizlarga keng boʻlgan yer torlik qilib qoldi, keyin esa yuz oʻgirgan holingizda tarqalib chekindingiz.
Allohga va oxirat kuniga iymon keltirmaydigan, Alloh va Rasuli harom qilgan narsalarni harom deb bilmaydigan, haq din boʻlmish Islomni din deb qabul qilmaydigan ahli kitob berilgan yahudiy va nasroniylar toki boʻysungan hollarida oʻz qoʻllari bilan jizya bermagunlaricha, jang qilinglar.
Ular Allohni qoʻyib oʻzlarining donishmandlari va rohiblarini xudolar qilib oldilar. Maryam oʻg‘li Iso Masihni ham xudo deb bildilar. Vaholanki, faqat yagona Ilohga ibodat qilishga buyurilgan edilar. Allohdan oʻzga iloh yoʻqdir, faqat yolg‘iz Uning Oʻzi bordir. U Zot ularning sherik qilayotganlaridan munazzah va pokdir.
Ey iymon keltirganlar, shubhasiz, oʻsha yahudiy va nasroniylarning donishmand va rohiblaridan aksariyati odamlarning mollarini nohaq yoʻl bilan yeydilar. Hamda Allohning yoʻlidan kishilarni toʻsadilar. Ey Muhammad, oltin va kumushlarni yig‘ib, uni Alloh yoʻlida ehson qilmaydigan kimsalarga alamli azob borligi haqida xushxabar bering.
Ey Rasulim, Alloh sizni afv qilsin. Biroq Tabuk safariga bormaslik uchun sizdan ruxsat soʻraganlarning to rostgoʻylari aniq boʻlmay turib hamda yolg‘onchilarni bilmasdan, ularga nega izn berdingiz?
Uzr aytmanglar, darhaqiqat, sizlar iymon keltirganingizdan keyin yana kufr keltirdingiz. Agar sizlardan bir toifani koʻngildan tavba qilganlari uchun afv qilsak ham, boshqa bir toifani jinoyatchi boʻlganlari uchun azoblaymiz.
Munofiq erkaklar ham, munofiq ayollar ham kufrda hammasi birdirlar. Ular yomonlikka buyurib, yaxshilikdan qaytaradilar. Ehson qilmay, qoʻllarini qattiq tutadilar. Ular Allohni unutdilar, bas, shuning uchun Alloh ham ularni rahmatidan uzoqlashtirib unutdi. Shubhasizki, munofiqlar aniq fosiq kimsalardir.
Moʻmin erkaklar va moʻmina ayollar bir-birlariga doʻstdirlar. Ular insonlarni doimo yaxshilikka buyuradilar va yomonlikdan qaytaradilar, namozlarni toʻla-toʻkis ado etadilar, nisobga yetgan mollaridan zakotni beradilar hamda Alloh va Rasuliga itoat qiladilar. Aynan oʻshalarga Alloh tezda marhamat koʻrsatadi. Shubhasiz, Alloh izzati ulug‘ – Aziz va hikmat egasi boʻlgan – Hakim Zotdir.
Sizlar jangdan g‘olib boʻlib ularning oldiga qaytib, kelganingizda, ularni jazolashdan toʻxtab, qoʻyib yuborishingiz uchun Alloh nomi bilan qasam ichadilar. Mayli, ulardan yuz oʻgiring. Chunki ular niyatlari va xatti-harakatlari jihatidan pokiza emasdirlar. Qilgan yomon ishlarining jazosi sifatida joylari doʻzax boʻladi.

Ulardan rozi boʻlishingiz uchun sizlarga yolg‘ondan qasam ichadilar. Bordi-yu sizlar ulardan rozi boʻlsangiz ham, Alloh fosiq qavmlardan aslo rozi boʻlmaydi.

Muhojirlar va ansorlardan avvalgi peshqadamlari hamda orqalaridan ularga ezgulik bilan ergashganlardan Alloh rozi boʻldi, ular ham Undan rozi boʻldilar. Yana ular uchun tagida anhorlar oqib turuvchi va u yerda abadiy qolinadigan jannatlarni tayyorlab qoʻydi. Ana oʻsha eng katta yutuqdir.

Yoki ular Allohning, albatta, bandalari tomonidan chin koʻngildan qilinadigan tavbani qabul qilishini va sadaqalarni olishini hamda Alloh tavbalarini qabul qiluvchi va marhamatli Zot ekanini bilmasmidilar?!
Ular qilgan gunohlariga tavba qiluvchilar, yolg‘iz Allohga ibodat qiluvchilar, doimo hamdu sano aytuvchilar, roʻza tutuvchilar, ruku va sajda qiluvchilar, odamlarni yaxshilikka buyuruvchilar va yomonlikdan qaytaruvchilar hamda Allohning tayin qilgan hududlari va buyruqlariga rioya qiluvchilardir. Ey Rasulim, moʻmin bandalarga xushxabar bering!