Keyin Ibrohimdan qoʻrquv ketib, unga xushxabar kelgach, Biz bilan Lut qavmining halokati haqida bahslasha boshladi.
Siz qidirgan عَنْ masdar-o'zagidan hosil bo'lgan 465 ta oyat mavjud.
u yerdan, -dan(gunohidan), sizni, -dan, ulardan, -, sendan, narsadan, narsalardan, -ndan
Quyida o'sha oyatlar arabcha matni va o'zbekcha tarjimasi bilan keltirilgan.
Keyin Ibrohimdan qoʻrquv ketib, unga xushxabar kelgach, Biz bilan Lut qavmining halokati haqida bahslasha boshladi.
Farishtalar: “Ey Ibrohim, bunday bahsdan qayt. Zero, Robbingning Lut qavmiga atalgan azob amri kelib boʻlgan. Ularga qaytarib boʻlmaydigan azob, albatta, keluvchidir”, – dedilar.
Shunda Shuʼayb: “Ey qavmim, qani, aytinglar-chi, agar men Robbim tomonidan hujjatga ega boʻlsam va U meni yaxshi rizq bilan rizqlantirgan boʻlsa, nega sizlarni gunoh ishlardan qaytarmas ekanman. Men sizlarga qarshi chiqib, undan sizlarni qaytarayotgan narsani oʻzim qilishni xohlamayman. Kuchim yetganicha isloh qilishdan boshqa hech narsani istamayman. Muvaffaqiyatim faqat yolg‘iz Allohning yordami bilandir. Allohga suyandim va Oʻziga iltijo qilaman”, – dedi.
Ularga Biz zulm qilmadik, aksincha, ular oʻzlariga oʻzlari zulm qildilar. Robbingizning azob farmoni kelganda esa, Allohni qoʻyib sig‘ingan soxta ilohlari hech qanday foyda bermadi va ularga zarardan boshqa narsani orttirmadi.
Koshki, sizlardan oldingi asrlarda yashab oʻtgan fazilat egalari Yer yuzidagi buzg‘unchi ishlardan qaytarganlarida edi! Lekin ular ichidan Biz najot berganlardan ozchiligi bu ishni qildilar. Zulm qilganlar esa oʻz maishatlariga berilib ketdilar va gunohkorlardan boʻlib qoldilar.
Osmonlar va Yerning maxfiy g‘ayblari, faqat Allohga xosdir. Barcha ishlar Unga qaytariladi. Shunday ekan, Unga ibodat qiling va Unga suyaning. Hamda Robbing qilayotgan ishlaringizdan bexabar emasdir.
Shunda otalari Yaʼqub: “Uni oʻzingiz bilan olib ketishingiz meni juda tashvishlantiradi, sizlar undan bexabar qolgan paytingizda uni boʻri yeb ketishidan qoʻrqaman”, – dedi.
Yusuf yashaydigan uyida boʻlgan ayol undan jinsiy yaqinlik qilishni nafsi xohlab qoldi va eshiklarni berkitib: “Qani, kelaqol”, – dedi. Yusuf Zulayhoga: “Alloh saqlasin, axir, u ering menga turar joyimni yaxshilab bergan xojam-ku?! Zinokor boʻlgan zolimlar, hech qachon najot topmaydilar”, – dedi.
Haqiqatan, Zulayho unga moyil boʻldi, Agar Robbisining ogohlantirishi va xiyonatning gunohligi toʻg‘risidagi alomatini eʼtiborsiz qoldirib, koʻrmaganida, Yusufning koʻngli ham bunga moyil boʻlar edi. Shunday qilib, undan yomonlik va fahshni burib yubordik va bundan saqladik. Albatta, u xolis bandalarimizdandir.
Yusuf Qitfirga: “Yoʻq, U mening nafsimdan jinsiy yaqinlik qilishimni talab qildi”, – dedi. U Zulayhoning qarindoshlaridan biri guvohlik berib: “Agar uning koʻylagi old tomonidan yirtilgan boʻlsa, Zulayho rost aytgan boʻladi, u Yusuf esa yolg‘onchilardan boʻladi”, – dedi.
Zulayhoning eri: “Ey Yusuf, bu ishni qoʻygin va hech kimga aytma, sen esa ey Zulayho gunohing uchun istig‘for ayt. Chunki albatta, sen xato qilganlardan boʻlding”, – dedi.
Bu voqeadan xabar topgan shahardagi baʼzi ayollar: “Hokimning xotini oʻz xizmatkori bilan oʻynashmoqchi boʻlibdi. Unga qattiq oshiq boʻlib qolgan ekan-da! Albatta, biz u ayolni aniq adashishda deb bilamiz”, – dedilar.
Shunda Zulayho: “Mana shu yigit haqida sizlar meni malomat qilgan edingiz. Haqiqatan, undan jinsiy yaqinlik uchun nafsini talab qilganimda, u nomusini saqladi. Qasam boʻlsinki, agar u men unga buyurayotgan ishni qilmasa, albatta, u zindonga tashlanadi va xoru zor kimsalardan boʻladi”, – dedi.
Buni eshitgan Yusuf: “Ey Robbim, ular taklif qilishayotgan narsadan koʻra menga zindon yaxshiroqdir. Agar ularning makrlarini mendan daf qilmasang, ularga moyil boʻlib, johillardan boʻlib qolaman”, – dedi.
Bas, Robbisi Yusufning duosini ijobat qildi va ularning makrlarini undan bartaraf qildi. Albatta, U hamma narsani eshitib turuvchi – Samiʼ va barchasini bilib turuvchi – Aʼlim Zotdir.
Shunda podshoh u ayollarni toʻplab: “Yusufning nafsidan shahvoniy istak talab qilganingizda nima boʻlgan, u ham sizlarga mayl koʻrsatganmidi”, – dedi. Ayollar: “Alloh saqlasin! Bizlar undan biron yomonlikni sezmadik”, – dedilar. Hokimning xotini Zulayho: “Mana endi haqiqat roʻyobga chiqdi. Men uning nafsidan jinsiy mayllik talab qilgan edim. U chindan ham rostgoʻylardan edi”, – dedi.
Shunda podshoh u ayollarni toʻplab: “Yusufning nafsidan shahvoniy istak talab qilganingizda nima boʻlgan, u ham sizlarga mayl koʻrsatganmidi”, – dedi. Ayollar: “Alloh saqlasin! Bizlar undan biron yomonlikni sezmadik”, – dedilar. Hokimning xotini Zulayho: “Mana endi haqiqat roʻyobga chiqdi. Men uning nafsidan jinsiy mayllik talab qilgan edim. U chindan ham rostgoʻylardan edi”, – dedi.
Yusufning akalari: “Uni bizga qoʻshib yuborishni otasidan qattiq soʻraymiz. Albatta, bizlar buni qiluvchimiz”, – dedilar.
Yaʼqub payg‘ambar ularni safarga kuzatayotib: “Ey oʻg‘illarim, Misrga bir darvozadan kirmanglar, balki boshqa-boshqa darvozalardan kiringlar. Men sizlarga Allohdan boʻladigan biror-bir hukmni qaytara olmayman. Hukm faqat Allohning izmidadir. Men, faqat Ungagina suyandim bas, barcha tavakkul qiluvchilar ham Uning Oʻzigagina suyansinlar”, – dedi
Ular otalari buyurgan turli darvozalardan Misrga kirdilar. Biroq ularning bu tarzda kirishlari ularga Allohdan keladigan biror narsani qaytaruvchi boʻlmadi. Bu faqat Yaʼqubning koʻnglidagi farzandlariga nisbatan mehridan paydo boʻlgan bir ehtiyoj boʻlib, uni qondirgan edi, xolos. Zotan, u Biz vahiy orqali bergan taʼlimimiz sababli chuqur ilm egasi edi. Lekin odamlarning koʻpchiligi buni bilmas edilar.