Yaʼqub ulardan yuz oʻgirib: “Eh, esizgina Yusuf!” – dedi. G‘am-g‘ussadan uning koʻzlari oqarib ojiz boʻlib qoldi bas, u dardini ichiga yutuvchi boʻldi.
Siz qidirgan عَنْ masdar-o'zagidan hosil bo'lgan 465 ta oyat mavjud.
u yerdan, -dan(gunohidan), sizni, -dan, ulardan, -, sendan, narsadan, narsalardan, -ndan
Quyida o'sha oyatlar arabcha matni va o'zbekcha tarjimasi bilan keltirilgan.
Yaʼqub ulardan yuz oʻgirib: “Eh, esizgina Yusuf!” – dedi. G‘am-g‘ussadan uning koʻzlari oqarib ojiz boʻlib qoldi bas, u dardini ichiga yutuvchi boʻldi.
Osmonlar va Yerda Allohning borligi va birligiga dalolat qiluvchi qanchadan-qancha alomatlar bor. Biroq ular bu oyatlardan yuz oʻgirgan hollarida beparvo oʻtib ketaveradilar.
Nihoyat oʻsha payg‘ambarlar umidsiz boʻlib: “Bizlar aniq yolg‘onchi qilindik”, – deb oʻylay boshlaganlarida, ularga yordamimiz yetib keldi. Bas, Biz xohlagan kishilarga najot berildi. Lekin Bizning azobimiz jinoyatchi qavmlardan orqaga qaytarilmaydi.
Har bir jon egasining qilayotgan ishini kuzatib turuvchi Zotni hech narsaga qodir boʻlmagan maxluqlar bilan tenglashtirish mumkinmi? Ular turli narsalarni Allohga sherik qilib oldilar. Ey Rasulim, ularga: “Qani, u butlarning nomlarini va qila oladigan ishlarini aytinglar-chi? Yoki Unga Yer yuzidagi bilmaydigan biron narsasining xabarini berasizlarmi?! Yoki, faqat yuzaki gap bilan soʻzlariga ishonib, sig‘inib ketaverasizlarmi?” – deb ayting. Aksincha, kufr keltirgan kimsalarga oʻzlarining makrlari chiroyli koʻrsatildi va ular haq yoʻldan toʻsildilar. Kimni Alloh yoʻldan adashtirsa, uning uchun biror hidoyat qiluvchi yoʻqdir.
Chunki ular oʻtkinchi dunyo hayotini oxiratdan afzal deb biladilar va odamlarni Allohning yoʻlidan qaytaradilar hamda uni qing‘ir qilishni istaydilar.
Ularga payg‘ambarlari: “Osmonlar va Yerning yaratuvchisi boʻlgan Allohning borligi va birligi xususida shak bormi?! U gunohlaringizni mag‘firat qilish va sizlarni maʼlum muddatgacha halok qilmay kechiktirish uchun iymonga chaqirmoqda-ku?!” – dedi. Qavmlari bunga javoban: “Sizlar ham biz kabi odamsiz, faqat bizni ota-bobolarimiz ibodat qilib oʻtgan narsadan toʻsmoqchisiz, xolos. Bas, agar rostdan ham payg‘ambar boʻlsangiz, unda bizga aniq bir hujjat keltiringlar-chi?!” – dedilar.
Qiyomat kunida barcha odamlar Allohning huzuriga chiqdilar. Takabburlik qilgan kimsalarga bechorahol ergashuvchilar: “Bizlar dunyo hayotida sizlarga tobe edik, endi sizlar bizlarni Allohning biror azobidan qutqaruvchi boʻla olasizlarmi?” – dedilar. Shunda ular: “Agar Alloh bizni haq yoʻlga hidoyat qilganida, biz ham sizlarni hidoyat qilgan boʻlar edik. Endi esa, dod-faryod qilamizmi yoki sabr qilamizmi, biz uchun baribir. Bizga endi qochishga joy yoʻq”, – dedilar.
Mushriklar odamlarni Uning haq yoʻlidan ozdirish uchun Allohga sheriklarni oʻylab topdilar. Ey Rasulim, ularga: “Hozircha bu dunyodan foydalanib qolinglar! Bas, albatta, oxiri qaytib boradigan joyingiz doʻzaxdir”, – deb ayting.
Aslo zolim kimsalarning qilayotgan ishlaridan Allohni bexabar deb oʻylama. Faqat Alloh ularga jazo berishni koʻzlar dahshatdan qotib qoladigan qoʻrqinchli kunga qoldirmoqda, xolos.
Ey Rasulim, yana ularga Ibrohimning mehmonlari haqida ham xabar bering.
Ular Lutga: “Axir biz seni olamlardan odamlarni himoya qilishingni qaytarmagan edikmi?!” – dedilar.
Biz ularga oyatlarimizni keltirgan edik, lekin ulardan yuz oʻgiruvchi boʻldilar.
Kasb qilgan narsalari ularga hech qanday foyda bermadi.
Dunyoda qilib oʻtgan narsalari toʻg‘risida soʻrab olaman.
Ey Rasulim, bas, siz oʻzingizga buyurilgan ishni oshkora qiling va mushriklardan yuz oʻgiring.
Allohning amri boʻlgan qiyomat keldi. Bas, ey mushriklar, uni shoshiltirmay qoʻyaqoling. Alloh ular shirk keltirayotgan narsalardan pok va ulug‘dir.
U Zot osmonlar va Yerni haq hikmat bilan yaratdi. Alloh mushriklar shirk keltirayotgan narsalardan pok va ulug‘dir.
Axir ular Alloh yaratgan narsalarning soyalari Allohga sajda qilib, boʻysungan hollarida oʻng va chap tomonga egilishini koʻrmadilarmi?!
Soʻngra Alloh sizlardan oʻsha musibatni daf etgach, sizlarning orangizdan bir toʻda chiqib yana Robbilariga shirk keltiradilar.
Biz ularga rizq qilib bergan narsalardan johilliklari sababli xudo deb oʻylab, oʻzlari bilmaydigan butlari uchun nasiba ajratadilar. Ey mushriklar, Allohga qasamki, albatta, sizlar oʻzlaringiz toʻqib olgan butlaringiz haqida soʻralasizlar.