Xizr Musoga: “Bas, agar menga ergashsang, to oʻzim senga undan eslatma aytmagunimcha, biror narsa haqida mendan savol soʻramagin”, – dedi.
Siz qidirgan عَنْ masdar-o'zagidan hosil bo'lgan 465 ta oyat mavjud.
u yerdan, -dan(gunohidan), sizni, -dan, ulardan, -, sendan, narsadan, narsalardan, -ndan
Quyida o'sha oyatlar arabcha matni va o'zbekcha tarjimasi bilan keltirilgan.
Xizr Musoga: “Bas, agar menga ergashsang, to oʻzim senga undan eslatma aytmagunimcha, biror narsa haqida mendan savol soʻramagin”, – dedi.
Shunda Muso: “Agar bundan keyin ham sendan biror narsa haqida soʻrasam, meni oʻzingga hamroh qilmagin. Chunki men tomondan uzrda meʼyorga yetgan boʻlasan”, – dedi.
Endi devor esa, shu shahardagi ikki yetim bolaniki boʻlib, uning ostida ular uchun bir xazina koʻmilgan edi. Ularning marhum otasi solih kishi edi. Bas, Robbing ular voyaga yetishgach, Robbingdan rahmat boʻlib xazinalarini chiqarib olishlarini iroda qildi. Men bu ishlarni oʻzimcha qilganim yoʻq. Mana shu unga sabr qilishga toqating yetmagan narsalarning taʼvilidir.
Ey Muhammad, yana sizdan Zulqarnayn haqida soʻraydilar. Ularga: “Endi sizlarga u haqdagi xabarni tilovat qilib beraman”, – deb ayting.
Ularning koʻzlari dunyoda Mening eslatmalarimdan toʻsilgan edi. Ular nasihatlarni eshitishga ham qodir emas edilar.
Ular, u yerda abadiy qoluvchidirlar, undan boshqa joyga koʻchishni istamaydilar.
Vaqtiki, u otasiga: “Ey otajon, nega sen hech narsani eshitmaydigan, koʻrmaydigan va senga biror foyda yetkaza olmaydigan narsaga ibodat qilasan?” – dedi.
Otasi unga: “Ey Ibrohim, sen mening ilohlarimdan yuz oʻgiruvchimisan?! Qasam boʻlsinki, agar sen bu gaplaringdan tiyilmasang, albatta, seni toshboʻron qilaman va yoki boʻlmasa meni butunlay tark et!” – dedi.
Bas, qiyomatga ishonmaydigan va havoyi nafsiga ergashgan kimsalar aslo seni undan toʻsmasinlarki, u holda halok boʻlasan.
Ey Muso, qavmingdan nega ildamlab ketding?
Kim undan yuz oʻgirsa, bas, shubhasiz, u qiyomat kunida og‘ir gunoh yukini koʻtaradi.
Ey Muhammad, sizdan tog‘larning qiyomatdagi vaziyati haqida soʻraydilar. Bas, ularga: “Robbim ularni qum kabi sochib tashlaydi”, – deb ayting.
Kim Mening eslatmamdan yuz oʻgirsa, bas, albatta, uning uchun dunyoda tor hayot boʻladi. Hamda uni qiyomat kunida koʻzlari koʻr holda tiriltiramiz.
Osmonlar va Yerdagi barcha narsa Unikidir. Uning huzuridagi zotlar Unga qullik qilishdan kibrlanmaydilar va ibodatda toliqmaydilar.
Agar Yer va osmonning ikkisida Allohdan oʻzga ilohlar boʻlganida edi, ixtiloflar tufayli ikkalasi ham buzilib ketgan boʻlar edi. Subhanalloh, Arsh Robbisi boʻlgan Alloh ular sifatlayotgan sheriklardan pokdir.
Alloh Oʻzi qiladigan biror narsasidan soʻralmaydi, aksincha, u bandalar qilgan ishlaridan soʻraladilar.
Osmonni qattiq muhofaza qilingan tom qilib qoʻydik. Lekin ular Allohning oyatlaridan yuz oʻgiruvchilardir.
Agar kufr keltirgan kimsalar yuzlari va orqalaridan doʻzax olovini toʻsa olmaydigan va ularga qiyomatda hech qanday yordam berilmaydigan dahshatli onni bilganlarida edi, bu gapni aytmagan boʻlar edilar.
Agar kufr keltirgan kimsalar yuzlari va orqalaridan doʻzax olovini toʻsa olmaydigan va ularga qiyomatda hech qanday yordam berilmaydigan dahshatli onni bilganlarida edi, bu gapni aytmagan boʻlar edilar.
Ey Muhammad ularga: “Kechasi va kunduzi sizlarni Rahmonning azobidan kim saqlay oladi?!” – deb ayting. Yoʻq, ular Robbilarining zikridan yuz oʻgiruvchilardir.