Albatta, Biz tomondan ular uchun goʻzallik tayyorlab qoʻyilgan kimsalarga kelsak, ular doʻzaxdan uzoq qilinganlardir.
Siz qidirgan عَنْ masdar-o'zagidan hosil bo'lgan 465 ta oyat mavjud.
u yerdan, -dan(gunohidan), sizni, -dan, ulardan, -, sendan, narsadan, narsalardan, -ndan
Quyida o'sha oyatlar arabcha matni va o'zbekcha tarjimasi bilan keltirilgan.
Albatta, Biz tomondan ular uchun goʻzallik tayyorlab qoʻyilgan kimsalarga kelsak, ular doʻzaxdan uzoq qilinganlardir.
Uni koʻradigan kuningizda har bir emizuvchi ona emizib turgan bolasini unutib qochadi va qoʻrquvdan har bir homilador homilasini tushirib yuboradi. Odamlarni mast boʻlmagani holda ularni mast ahvolda koʻrasiz. Lekin Allohning azobi shiddatlidir.
Haq yoʻldan boʻyin tovlab, boshqalarni ham Allohning yoʻlidan adashtirish uchun yuradiganlari ham bor. Undaylar uchun bu dunyoda sharmandalik bor, qiyomat kunida esa unga yonish azobini tottiramiz.
Albatta, kufr keltirgan kimsalarga, Allohning yoʻlidan hamda Biz Makka ahli uchun ham, tashqaridan keluvchilar uchun ham ziyorat qilishni barobar qilib qoʻygan Masjid ul-Haromdan toʻsadigan kimsalarga va u joyda zulm bilan yoʻldan chiqmoqchi boʻlgan kimsalarga alamli azobdan tottirib qoʻyamiz.
Albatta, Alloh iymon keltirganlarni mushriklardan mudofaa qiladi. Shubhasiz, Alloh barcha xoin va haqni inkor qiluvchilarni sevmaydi.
Ularga yer yuzida imkon bersak, namozni toʻliq ado qiladilar, haqdorlarga zakotni beradilar, odamlarni yaxshilikka buyurib, yomonlikdan qaytaradilar. Barcha ishlarning oqibati Allohga oiddir.
Hamda ular behuda soʻz va ishlardan yuz oʻgiruvchidirlar.
Darvoqe, Biz ustingizda yetti qavat yoʻldan iborat osmonni yaratdik. Biz yaratishda g‘ofil boʻlmadik.
Alloh unga: “Bir oz vaqtdan keyin ular, albatta, pushaymon qiluvchilarga aylanib qoladilar”, – dedi.
Agar haqiqat ularning havoyi nafslariga ergashganda edi, shubhasiz, osmonlar, Yer va ulardagi bor jonzot buzilib, halok boʻlib ketgan boʻlar edi. Yoʻq, Biz ular uchun eslatmalarini keltirdik, ular esa, oʻzlariga kelgan eslatmalaridan yuz oʻgiruvchidirlar.
Oxiratga iymon keltirmaydigan kimsalar bu yoʻldan ozuvchilardir.
Alloh hech qanday farzand tutmagan va U bilan birga biror bir iloh boʻlmagan. Aks holda, albatta, har bir iloh oʻzi yaratgan narsa bilan ketib, baʼzilari baʼzisida ustun boʻlib olar edilar. Natijada, Yeru osmon buzilib ketgan boʻlar edi. Alloh ular aytayotgan sifatlardan pokdir.
Alloh pinhona va oshkora barcha narsani biluvchidir. Bas, Alloh ular keltirayotgan shirklaridan oliy va pokdir.
Shundan keyin u ayoldan azobni qaytaradigan narsa Allohning nomi bilan “Albatta, u erim yolg‘onchilardan”, deb toʻrt marta guvohlik berishidir.
Shunday kishilar borki, ularni tijorat ham savdo-sotiq ishlari ham Allohning zikridan, namozni toʻliq ado qilishdan va zakot berishdan chalg‘ita olmaydi. Ular yuraklar va koʻzlar u yerda iztirobga tushib qoladigan qiyomat kunidan qoʻrqadilar.
Allohning bulutlarni haydashini, soʻngra ularning orasini birlashtirishini, soʻngra uni ustma-ust qilib qoʻyishini koʻrmadingizmi? Soʻngra bulut orasidan yomg‘ir chiqayotganini koʻrasiz. Alloh osmondan va undagi bulutlar tog‘idan doʻl yog‘dirib, uni Oʻzi xohlagan kishilarga yetkazadi va Oʻzi xohlagan kishilardan nari ketkazadi. Chaqmog‘ining yorug‘ligi esa koʻzlarni ketkazib yuborgudek boʻladi.
Ey moʻminlar, payg‘ambarni chaqirishni oʻrtalaringizda bir-birlaringizni chaqirish kabi qilmanglar. Alloh orangizdan berkingan holda payg‘ambar huzuridan sug‘urilib chiqib ketadigan kimsalarni yaxshi biladi. Payg‘ambarning amriga xilof ish tutadigan kimsalar oʻzlariga biror fitna yetib qolishidan yoki ularga alamli azob yetib qolishidan ehtiyot boʻlsinlar.
Aniqki, menga eslatma kelganidan keyin oʻsha falonchi meni yoʻldan ozdirdi. U kunda shayton oʻziga ergashgan barcha insonni yordamsiz tashlab ketuvchidir.
Yana ular: “Agar chidab qattiq turmaganimizda, chindan ham u bizlarni ilohlarimizdan ozdirishiga oz qoldi”, – deydilar. Yaqinda, alamli azobni koʻrgan paytlarida kim yoʻldan adashganroq ekanini bilib oladilar.
Ular: “Ey Robbimiz, bizlardan jahannam azobini uzoqlashtirgin. Albatta, uning azobi doimiydir.