Ularga Rahmon tomonidan yangi eslatma kelsa, albatta, ular undan yuz oʻgiruvchi boʻldilar.
Siz qidirgan عَنْ masdar-o'zagidan hosil bo'lgan 465 ta oyat mavjud.
u yerdan, -dan(gunohidan), sizni, -dan, ulardan, -, sendan, narsadan, narsalardan, -ndan
Quyida o'sha oyatlar arabcha matni va o'zbekcha tarjimasi bilan keltirilgan.
Ularga Rahmon tomonidan yangi eslatma kelsa, albatta, ular undan yuz oʻgiruvchi boʻldilar.
Ularga dunyoda foydalangan narsalari foyda bermadi-ku!
Chunki ular vahiyni xufyona eshitib olishdan uzoqlashtirilganlar.
Men uning va qavmining Allohni qoʻyib, quyoshga sajda qilayotganlarini ham koʻrdim. Shayton ularga qilayotgan amallarini chiroyli koʻrsatib, ularni haq yoʻldan toʻsib qoʻygan. Shuning uchun ular hidoyat topa olmayaptilar.
Mana bu maktubimni olib borgin keyin ularga saroydan tashla, soʻngra ulardan chetga chiqqinda kuzatib tur, qani, nima javob qaytarar ekanlar.
Malikaga: “Endi, saroyga kir”, – deyildi. Bas, u saroyni koʻrgach, uni suv toʻlqini deb oʻylab, etagini koʻtarib, oyoqlarini ochdi. Sulaymon unga: “Bu billur shishadan yasalgan silliq qasrdir”, – dedi. Shunda malika: “Ey Robbim, darhaqiqat, men quyoshga sig‘inish bilan oʻzimga zulm qilibman, endi Sulaymon bilan birga olamlar egasi Allohga bosh egdim”, – dedi.
Yoki sizlarga quruqlik va dengiz qorong‘iliklarida toʻg‘ri yoʻlni koʻrsatadigan va Oʻz rahmat yomg‘iri oldidan shamollarni xushxabar qilib joʻnatadigan Zot yaxshiroqmi?! Alloh bilan birga yana biror iloh bormi?! Alloh ular shirk keltirayotgan narsalardan munazzah va oliydir.
Shuningdek, siz qalb koʻzi koʻrlarni ham zalolatlaridan chiqarib, haq yoʻlga boshlovchi emassiz. Siz faqat oyatlarimizga iymon keltiradigan va musulmon boʻladigan kishilargagina daʼvatingizni eshittira olasiz.
Ey Rasulim, ularga: “Hamd, faqat Allohgadir. Yaqinda sizlarga Oʻz moʻʼjizalarini koʻrsatadi. Bas, u moʻʼjizalarni eʼtirof qilasizlar. Robbingiz qilayotgan ishlaringizdan bexabar emas”, – deb ayting.
Musoning onasi uning opasiga: “Uning izidan bor”, – dedi. Opasi Musoning ketidan tushdi va ular sezmagan hollarida uni bir chetdan kuzatib turdi.
Agarda behuda soʻzni eshitsalar, undan yuz oʻgiradilar va: “Bizning amallarimiz oʻzimiz uchun, sizning amallaringiz esa, oʻzingiz uchun. Salomat boʻlinglar, biz johillar bilan birga boʻlishni xohlamaymiz”, – deydilar.
Robbingiz xohlagan narsani yaratadi va xohlagan ishni tanlaydi. Ularda ixtiyor yoʻqdir! Alloh ularning shirk keltirayotgan narsalaridan pok va oliydir!
Biz u kunda har bir ummatdan bir payg‘ambarni guvoh qilib chiqaramiz. Keyin ularga: “Keltirgan shirkingiz uchun dalillaringizni olib keling”, – deymiz. Bas, ular haqiqat Alloh uchun ekanini biladilar va toʻqib olgan soxta ilohlari esa ulardan g‘oyib boʻladi.
Qorun oʻz qavmiga: “Men bu boyliklarga faqat oʻzimdagi bilimga koʻra erishdim”, – dedi. Axir, u oʻzidan ilgari Allohning undan koʻra quvvatliroq va toʻplagan boyligi ham koʻproq qanchadan-qancha avlodlarni halok qilganini bilmas edimi?! Jinoyatchilardan gunohlari toʻg‘risida soʻrab oʻtirilmaydi.
Sizga Allohning oyatlari nozil qilinganidan keyin aslo sizni unga amal qilishdan toʻsmasinlar. Siz odamlarni Robbingizga ibodat qilishga chaqiring va hargiz mushriklardan boʻlmang.
Kimki jihod qilsa, faqat oʻzi uchun jihod qilgan boʻladi. Zero, Alloh barcha olamlardan behojatdir.
Iymon keltirgan va solih amallarni qilgan zotlarning oldin qilgan gunohlarini, albatta, oʻchiramiz va ularni dunyoda qilib oʻtgan amallarining eng yaxshisi bilan mukofotlaymiz.
Albatta, ular oʻzlarining gunoh yuklarini ham, oʻz yuklari bilan birga boshqalarning yuklarini ham koʻtaradilar. Albatta, qiyomat kunida oʻzlari toʻqib olgan yolg‘onlari toʻg‘risida soʻraladilar.
Od va Samud qabilalarini ham shunday halok qildik. Bu sizlarga hozirda ham ularning maskanlaridagi xarobalardan koʻrinib turibdi. Shayton ularga qilayotgan xunuk amallarini chiroyli koʻrsatib, ularni haq yoʻldan toʻsib qoʻydi. Holbuki, ular haqiqatni koʻrib turuvchi edilar.
Ey Muhammad, sizga kitobdan nima vahiy qilingan boʻlsa, oʻshani tilovat qilib bering va namozni toʻliq ado qiling! Albatta, namoz fahsh va yomonlikdan qaytaradi. Albatta, Allohni zikr qilmoq barcha narsadan ulug‘dir. Alloh barcha qilayotgan ishlaringizni bilib turadi.