Ey Muhammad, ularga: “Sizlar uchun shunday bir kunning vaʼdasi borki, Undan bir soat ortga ham qolmaysiz, oldinga ham keta olmaysiz”, – deb ayting.
Siz qidirgan عَنْ masdar-o'zagidan hosil bo'lgan 465 ta oyat mavjud.
u yerdan, -dan(gunohidan), sizni, -dan, ulardan, -, sendan, narsadan, narsalardan, -ndan
Quyida o'sha oyatlar arabcha matni va o'zbekcha tarjimasi bilan keltirilgan.
Ey Muhammad, ularga: “Sizlar uchun shunday bir kunning vaʼdasi borki, Undan bir soat ortga ham qolmaysiz, oldinga ham keta olmaysiz”, – deb ayting.
Mutakabbir kimsalar zaif sanalganlarga: “Sizlarga hidoyat kelganidan keyin sizlarni undan biz toʻsdikmi? Aksincha, oʻzingiz gunoh qiluvchilardan boʻlgan edingiz”, – deydilar.
Qachonki, ularga oyatlarimiz ravshan holda tilovat qilinsa, ular: “Bu Muhammad faqat sizlarni ota-bobolaringiz ibodat qilib oʻtgan narsalardan toʻsishni xohlaydigan kimsadir”, – deydilar. Buning ustiga yana: “Bu Qurʼon faqat toʻqilgan bir uydirmadir”, – deydilar. Kufr keltirgan kimsalar oʻzlariga haq boʻlgan Qurʼon kelgan paytda: “Bu kitob aniq bir sehrdan iboratdir”, – deydilar.
Jannatga kirgan paytlarida: “Bizlardan g‘am-qayg‘uni ketkazgan Zot – Allohga hamd boʻlsin! Darhaqiqat, Robbimiz mag‘firatli va koʻp savob beruvchidir”, – deydilar.
Kufr keltirgan kimsalarga esa jahannam otashi bordir. Ularga yana bir bor oʻlishlari uchun hukm qilinmaydiki oʻlsalar. Shu bilan birga, ulardan doʻzax azobi ham yengillatilmaydi. Biz har bir kofirni mana shunday jazolaymiz.
Men Undan oʻzgalarni iloh qilib olaymi?! Holbuki, agar Rahmon menga biror zarar yetkazishni istasa, u soxta ilohlarning shafoatlari menga biror foyda bermaydi va ular meni azobdan ham qutqara olmaydilar.
Agar ularga Robbilarining oyatlaridan biror oyat kelsa, faqat undan yuz oʻgiruvchi boʻladilar.
Ergashganlar oʻz rahnamolariga: “Haqiqatan, sizlar biz ishonib yaxshilik kutadigan oʻng tomondan kelar edingiz”, – deydilar.
U sharobda aqldan ozdiruvchi narsa boʻlmaydi va ular undan mast boʻlmaydilar.
Odamlar darhol undan yuz oʻgirib, ortga qarab ketdilar
Alloh mushriklarning sifat berayotgan narsalaridan pokdir.
Bas, ey Muhammad, siz ulardan maʼlum bir vaqtgacha yuz oʻgirib turing.
Bas, ey Muhammad, siz ulardan maʼlum bir vaqtgacha yuz oʻgirib turing.
Izzat egasi boʻlgan Robbingiz ular sifatlayotgan nuqsonlardan pokdir.
Ey Dovud! Darhaqiqat Biz seni yerda xalifa qildik. Bas, odamlar orasida haq bilan hukm yurit. Hamda havoyi nafsga ergashib ketma. Aks holda, u seni Allohning yoʻlidan adashtiradi. Albatta, Allohning yoʻlidan adashadigan kimsalar uchun hisob kunini unutib qoʻyganlari tufayli qattiq azob bordir.
Ey Dovud! Darhaqiqat Biz seni yerda xalifa qildik. Bas, odamlar orasida haq bilan hukm yurit. Hamda havoyi nafsga ergashib ketma. Aks holda, u seni Allohning yoʻlidan adashtiradi. Albatta, Allohning yoʻlidan adashadigan kimsalar uchun hisob kunini unutib qoʻyganlari tufayli qattiq azob bordir.
Shunda Sulaymon payg‘ambar: “Darhaqiqat, men Robbimning zikridan qolib bu yaxshi otlarni suyushga berilib ketibman. Hatto quyosh ham parda bilan berkinib, botib ketibdi.
Bizlar ularni masxara qilib olgan edikmi?! Yoki ular ham bizlar bilan jahannamda-yu, ammo koʻzlarimiz ulardan og‘ib, ilg‘amay qoldimi?!
Sizlar esa undan yuz oʻgiruvchisizlar!
Agar sizlar kufr keltirsangizlar, bas, albatta, Alloh sizlardan behojatdir. U bandalarining kofir boʻlishiga rozi boʻlmaydi. Agar iymon keltirib shukr qilsangizlar U sizlardan rozi boʻladi. Hech bir gunoh yukini koʻtaruvchi boshqa gunoh yukini koʻtaruvchining yukini koʻtarmaydi. Soʻngra qaytishlaringiz Robbingiz huzurigadir. Bas, U sizlarga dunyoda qilib oʻtgan amallaringizning xabarini beradi. Shubhasiz, U koʻngillardagi yashiringan narsalarni ham biluvchi Zotdir.