Zulm qilganlar qiyomatda azobni koʻrganlarida ulardan bu azob yengillatilmaydi va ularga muhlat ham berilmaydi.
Siz qidirgan عَنْ masdar-o'zagidan hosil bo'lgan 465 ta oyat mavjud.
u yerdan, -dan(gunohidan), sizni, -dan, ulardan, -, sendan, narsadan, narsalardan, -ndan
Quyida o'sha oyatlar arabcha matni va o'zbekcha tarjimasi bilan keltirilgan.
Zulm qilganlar qiyomatda azobni koʻrganlarida ulardan bu azob yengillatilmaydi va ularga muhlat ham berilmaydi.
Mushriklar u kunda oʻzlarini Allohga taslim qiladilar va toʻqib olgan ilohlari esa ulardan g‘oyib boʻladi.
Kufr keltirgan va odamlarni Allohning yoʻlidan toʻsgan kimsalarga buzg‘unchilik qilganlari uchun azob ustiga azobni koʻpaytiramiz.
Albatta, Alloh adolatga, yaxshi ishlarga va qarindoshga haqini berishga buyuradi. Shuningdek, buzuqchilik, yomon ishlar va zulmdan qaytaradi. Alloh shoyad, eslatma olarsizlar, deb sizlarga vaʼz-nasihat qiladi.
Agar Alloh xohlaganida, albatta, sizlarni bir ummat qilib qoʻyar edi. Lekin U Oʻzi xohlagan kimsalarni yoʻldan adashtiradi va Oʻzi xohlagan kishilarni toʻg‘ri yoʻlga hidoyat qiladi. Albatta, sizlar dunyoda qilib oʻtgan amallaringizdan soʻralasizlar.
Qasamlaringizni orangizda aldov vositasi qilib olmanglar. Unday boʻlsa, Islom yoʻlida sobit boʻlgan oyoqlaringiz toyib ketadi. Hamda odamlarni dindan sovutib, Alloh yoʻlidan toʻsganingiz uchun yomon balo va musibatlarni totib qolasizlar va oxiratda sizlar uchun ulkan azob beriladi.
Oʻsha qiyomat kunida har bir jon egasi azobdan qutulishi uchun, faqat oʻz nafsi ilinjida kurashadi. Hamda har bir jon egasiga qilgan amalining mukofoti toʻliq qilib beriladi va ular zarracha ham zulm qilinmaydilar.
Ey Rasulim, Robbingizning yoʻliga hikmat va chiroyli nasihat bilan daʼvat qiling. Ular bilan eng goʻzal uslubda munozara qiling. Shubhasiz, Robbingizning Oʻzi Uning yoʻlidan adashgan kimsalarni juda yaxshi biluvchi va U toʻg‘ri yoʻlda hidoyat topganlarni ham biluvchiroqdir.
Ey Rasulim, agar oʻzingiz muhtoj boʻlgan holda Robbingizdan yordam yoki marhamat umid qilayotganingiz uchun ulardan vaqtinchalik yuz oʻgirib turgan boʻlsangiz, u holda ularga yumshoq soʻz ayting.
Ey inson, u haqida aniq bilimga ega boʻlmagan narsalarga ergashma. Chunki quloq, koʻz, koʻngil – bularning barchasi u qilingan ishlar toʻg‘risida javobgardir.
Mushriklar aytayotgan narsalardan U pok va nihoyat darajada yuksakdir.
Ey Muhammad, mushriklardan: “Undan oʻzgani iloh deb oʻylagan maʼbudalaringizga iltijo qilib koʻringlarchi, ular sizlardan biror zararni ketkaza olarmikinlar yoki uni boshqa tomonga burib yubora olarmikinlar?!” – deb soʻrang.
Ey Rasulim, mushriklar sizga Bizning shaʼnimizga vahiydan boshqa narsani toʻqib chiqarishingiz uchun aldab, burib yuborishlariga oz qoldi. Agar ularning xohishlariga yursangiz, u holda sizni doʻst qilib olar edilar.
Ey Muhammad, sizdan ruh haqida soʻraydilar. Ularga: “Ruh faqatgina Robbimning ishidandir. Sizlarga esa u haqida oz ilm berilgandir”, – deb ayting.
Yigitlar uxlab yotganlarida quyosh chiqishda ularning uyqulariga aziyat bermaslik uchun g‘orlarining oʻng tarafidan oʻtib ketganini, botishda esa ularning chap tomoni boʻylab yiroqlashib ketganini va ular esa hamon uning keng joyida yotganlarini koʻrasiz. Bu ham Allohning moʻʼjizalaridan biridir. Alloh kimni hidoyat qilsa, bas, u hidoyat topuvchidir. Kimni adashtirsa, bas, unga toʻg‘ri yoʻl koʻrsatuvchi va na bir doʻst topa olmaysiz.
Siz oʻzingizni ertayu kech Uning yuzini iroda qilib, Robbilariga iltijo qiladigan zotlar bilan birga tuting. Oʻtkinchi dunyo hayotining ziynatini xohlab, ulardan ikki koʻzingizni burmang. Qalbini Oʻz zikrimizdan g‘ofil qilib qoʻyganlarimizga va havoyi nafsiga ergashib, ishi izdan chiqqanlarga itoat qilmang.
Siz oʻzingizni ertayu kech Uning yuzini iroda qilib, Robbilariga iltijo qiladigan zotlar bilan birga tuting. Oʻtkinchi dunyo hayotining ziynatini xohlab, ulardan ikki koʻzingizni burmang. Qalbini Oʻz zikrimizdan g‘ofil qilib qoʻyganlarimizga va havoyi nafsiga ergashib, ishi izdan chiqqanlarga itoat qilmang.
Vaqtiki, farishtalarga Odamga sajda qiling, – deyishimiz bilan barchalari sajda qildilar. Faqat iblis sajda qilmadi. U jinlardan edi. Bas, iblis Robbisining amridan tashqariga chiqdi. Ey Odam bolalari, Meni qoʻyib, u iblisni va zurriyotlarini doʻst qilib olasizlarmi?! Axir ular sizlarga dushman-ku! Allohni qoʻyib va shaytonni doʻst tutish zolimlar uchun qanday yomon almashishdir.
Gunohkorlar doʻzaxni koʻrib, oʻzlarining unga tushuvchi ekanliklarini biladilar va undan qochishga joy topmaydilar.
Robbisining oyatlari bilan eslatilib nasihat qilingach, ulardan yuz oʻgirgan va oʻzi qilib oʻtgan gunohlarini unutib qoʻygan kimsadan ham zolimroq kishi bormi?! Darhaqiqat, Biz bu Qurʼonni anglamasliklari uchun ularning qalblariga pardalar va quloqlariga og‘irlik qilib qoʻydik. Demak, agar ularni hidoyatga chaqirsangiz ham hech qachon toʻg‘ri yoʻlda yurmaydilar.