Darvoqe, Biz Nuhni oʻz qavmiga payg‘ambar qilib yubordik. Bas, Nuh ularga: “Ey qavmim, Allohga ibodat qilinglar, sizlar uchun Undan boshqa iloh yoʻqdir. Axir, Uning azobidan qoʻrqmaysizlarmi?” – dedi.
Siz qidirgan غ ي ر masdar-o'zagidan hosil bo'lgan 154 ta oyat mavjud.
emas, boshqa, qilmagan holda, boshqasi, -masdan, , boshqa bir, -masdan, boshqasini mi, -siz o'ringa
Quyida o'sha oyatlar arabcha matni va o'zbekcha tarjimasi bilan keltirilgan.
Darvoqe, Biz Nuhni oʻz qavmiga payg‘ambar qilib yubordik. Bas, Nuh ularga: “Ey qavmim, Allohga ibodat qilinglar, sizlar uchun Undan boshqa iloh yoʻqdir. Axir, Uning azobidan qoʻrqmaysizlarmi?” – dedi.
Bas, ularga oralaridan Hudni payg‘ambar qilib yubordik. Hud ularga: “Faqat yolg‘iz Allohga ibodat qilinglar. Sizlar uchun Undan oʻzga iloh yoʻqdir. Axir, balolardan qoʻrqmaysizlarmi?!” – dedi.
Ey iymon keltirganlar, oʻz uylaringizdan boshqa uylarga siz to ruxsat soʻramaguncha va ularning ahliga salom bermagungacha kirmanglar. Mana shu sizlar uchun yaxshidir. Shoyadki, bu gapdan eslatma olsangizlar.
Xususiy maskan boʻlmagan va sizlar foydalanadigan uylarga izn soʻramasdan kirishingizda sizlarga gunoh yoʻqdir. Alloh nimani oshkora qilayotganingizni ham va nimani yashirincha qilayotganingizni ham biladi.
Shuningdek, moʻmina ayollarga ham: “Koʻzlarini nomahram erkaklardan tiysinlar va avratlarini zinodan saqlasinlar. Hamda sirtdan koʻrinib turadigandan boshqa ziynatlarini koʻrsatmasinlar va roʻmollarini koʻkraklari ustiga tashlab olsinlar. Ular zeb-ziynatlarini erlari yo otalari, yo erlarining otalari, yo oʻg‘illari, yo erlarining oʻg‘illari, yo oʻzlarining aka-ukalari, yo aka-ukalarining oʻg‘illari, yo opa-singillarining oʻg‘illari, yo oʻzlari kabi ayollar, yo qoʻl ostilaridagi choʻrilar, yo juda keksayib yoki aqlsiz-devona boʻlib ayollarga hojati boʻlmagan erkak xizmatkor, ayollarning avratlaridan xabardor boʻlmagan bolalardan boshqalarga koʻrsatmasinlar. Hamda yashirgan ziynatlarini bildirib, oyoqlarini yerga urmasinlar”, – deb ayting. Ey moʻminlar, barchalaringiz Allohga tavba qilinglar, Shoyad, shunda zafar topsangiz.
Alloh qilgan amallarining ularga eng goʻzali bilan mukofotlashi va fazlu karamidan savobni orttirib berishi uchun ibodat qiladilar. Alloh Oʻzi xohlagan kishilarga behisob rizq beradi.
Ayollardan yoshi keksayib oʻtirib qolgan va nikohni umid qilmaydiganlari ziynatlarini koʻz-koʻz qilmagan holda ustki kiyimlarini yechib qoʻyishlarida gunoh yoʻqdir. Lekin yopinchiqlarini ustlariga tashlagan holda iffatlarini saqlasalar, oʻzlari uchun yaxshidir. Albatta, Alloh hamma narsani eshitib turuvchi – Samiʼ va barchasini bilib turuvchi – Aʼlim Zotdir.
Firʼavn Musoga: “Qasam boʻlsinki, agar mendan boshqani iloh qilib oladigan boʻlsang, albatta, men seni zindonbandlardan qilaman”, – dedi.
Qoʻlingni yoqangning ichiga sol, va qoramtir boʻlgan rangi hech qanday yomonliksiz oppoq boʻlib chiqadi. Bu moʻʼjizalar firʼavn va uning qavmiga olib boradigan toʻqqiz moʻʼjiza ichidadir. Darhaqiqat, ular itoatsiz qavm boʻldilar.
Soʻng uzoq vaqt oʻtmasdan hudhud kelib: “Men sen bilmagan narsalardan ogoh boʻldim va senga Sabaʼ shahridan ishonchli xabar keltirdim”, – dedi.
Qoʻlingni yoqangning ichiga sol, qoramtir boʻlgan rangi hech qanday yomonliksiz oppoq boʻlib chiqadi. Qoʻl-qanotingni bu moʻʼjizalardan qoʻrqib ketsang, qoʻltig‘ingga qisib ol u yana oʻz holiga qaytadi. Mana bu ikki aso va qoʻl moʻʼjizasi Robbing tomonidan firʼavn va uning zodagonlariga ikki dalildir. Haqiqatan, ular fosiqlar qavmi edi.
Firʼavn: “Ey odamlar, men sizlar uchun oʻzimdan boshqa biror iloh borligini bilmayman. Bas, Ey Homon, men uchun loyni pishirib, g‘isht quy va bir baland qasr bino qil, shoyadki, men qasr ustiga chiqib Musoning ilohini koʻrsam. Men uni aniq yolg‘onchilardan deb oʻylayman”, – dedi.
U va uning lashkarlari yer yuzida iymon keltirmay nohaq takabburlik qildilar va oʻzlarini oxiratda Bizga qaytarilmaydilar, deb oʻyladilar.
Bas, agar sizga javob bera olmasalar, unda bilingki, ular faqatgina havoyi nafslariga ergashmoqdalar. Alloh tomonidan hidoyat topmay havoyi nafsiga ergashgan kimsadan ham adashganroq odam bormi?! Albatta, Alloh zolim qavmlarni hidoyat qilmaydi.
Ey Muhammad, ularga: “Qani, aytingchi, agar Alloh kechani sizlarga qiyomat kunigacha doimiy qilib qoʻysa, Allohdan oʻzga qaysi iloh sizlarga biror yorug‘likni keltira oladi? Axir, ibrat olib eshitmaysizlarmi?!” – deb ayting.
Yana ularga: “Qani, aytingchi, agar Alloh kunduzni sizlarga qiyomat kunigacha doimiy qilib qoʻysa, Allohdan oʻzga qaysi iloh sizlarga orom oladigan kechani keltira oladi? Axir, tafakkur qilib koʻrmaysizlarmi?!” – deb ayting.
Aksincha, zulm qilgan kimsalar hech qanday ilmsiz havoyi nafslariga ergashdilar. Bas, Alloh yoʻldan ozdirgan kimsani kim ham hidoyat qila oladi?! Ular uchun oxiratda yordam beruvchilar ham boʻlmaydi.
Qiyomat soati qoim boʻladigan kunda jinoyatchi kimsalar dunyo hayotida bir soatdan ortiq turmaganlariga doir qasam ichadilar. Ular dunyoda ham mana shunday haqdan yuz oʻgiruvchi edilar.
Odamlar orasida shunday kimsalar ham borki, ular bilimsizlik bilan boshqalarni Alloh yoʻlidan adashtirish uchun va u yoʻlni masxara qilish uchun bekorchi gaplarni sotib oladilar. Ana ular uchun oxiratda xor qiluvchi azob bordir.
Alloh siz uni koʻrib turgan osmonlarni ustunsiz yaratdi. Sizlarni tebratib yubormasligi uchun yerda mustahkam tog‘larni barpo qildi va unda har turli jonzotlarni tarqatib qoʻydi. Hamda Biz osmondan suv yog‘dirib, yerda turli foydali oʻsimliklarni undirib qoʻydik.