Ey bani Isroil avlodlari, sizlarga inʼom etgan neʼmatlarimni va bir paytlar sizlarni boshqa qavmlarga koʻra olamlarga ustun qilib qoʻyganimni yodga olinglar!
Siz qidirgan ف ض ل masdar-o'zagidan hosil bo'lgan 104 ta oyat mavjud.
sizni ustun qildim, yaxshilikni, lutfidan, lutf, sizni ustun qilganimni, lutfini, yaxshilik qilishni, ikrom, ustun qildik, va lutf
Quyida o'sha oyatlar arabcha matni va o'zbekcha tarjimasi bilan keltirilgan.
Ey bani Isroil avlodlari, sizlarga inʼom etgan neʼmatlarimni va bir paytlar sizlarni boshqa qavmlarga koʻra olamlarga ustun qilib qoʻyganimni yodga olinglar!
Sizlar esa shundan keyin ham ahdingizdan yuz oʻgirib ketdingiz. Agarda sizlarga Allohning fazli va marhamati boʻlmaganda edi, shubhasiz, ziyon koʻruvchilardan boʻlib qolar edingiz.
Alloh fazlu karami bilan oʻz qullaridan istaganiga vahiyni nozil qilganiga hasad qilib va Alloh tushirgan kitobni inkor etishlari bilan oʻzlarini eng yomon narsa evaziga sotdilar. Shunday qilib, ular g‘azab ustiga g‘azabga duchor boʻldilar. Kofirlar uchun esa xor qiluvchi azob bordir.
Ahli kitoblardan boʻlgan yahudiy yoki nasroniylarning kofirlari ham, mushriklari ham Robbingiz tarafidan siz musulmonlarga biror bir yaxshilik tushishini xush koʻrmaydilar. Alloh esa rahmatini oʻzi xohlagan bandasiga xos qilib beradi. Alloh buyuk fazlu karam egasidir.
Ey bani Isroil avlodlari, bir paytlar sizlarga bergan neʼmatlarimni va sizlarni olamdagi ummatlar uzra afzal qilib qoʻyganimni yodga olinglar.
Haj mavsumida Robbingizdan fazlu barakat tilab, tijorat qilishingizda sizlarga hech qanday gunoh boʻlmaydi. Arofatdan toʻp-toʻp boʻlib Muzdalifaga tushganingizda Mashʼar ul-Harom degan joyda Allohni zikr qilinglar. Sizlarni toʻg‘ri yoʻlga hidoyat qilgani uchun Uni eslanglar. Garchi Islomdan avval toʻg‘ri yoʻldan adashib yurgan edingizlar.
Bordi-yu ularning mahrini belgilab qoʻygan boʻlsangiz, lekin hali qoʻl tekkizmay turib taloq qilsangiz, u holda belgilangan mahrning yarmini berishingiz kerak boʻladi. Agarda ayol tomon uni kechib yuborsa yoki nikoh aqdi qoʻlida boʻlgan er qolgan yarmidan kechib yuborib, hammasini toʻlab bersa ham, boʻlaveradi. Lekin er tomoni kechib yuborib, hammasini toʻlab berishingiz taqvo jihatiga eng yaqinidir. Orangizdagi insoniy fazilatni unutmanglar. Shubhasiz, Alloh qilayotgan hamma ishlaringizni koʻrib turuvchi Zotdir.
Ey Rasulum, ularning sanoqlari minglab boʻlishiga qaramay, oʻlim qoʻrquvidan yurtlarini tashlab chiqqanlarning ahvolini koʻrmadingizmi? Alloh ularga “oʻlinglar”, – dedi, keyin esa ularni yana tiriltirdi. Albatta, Alloh odamlarga fazl va marhamat Egasidir. Lekin odamlarning koʻplari shukr qilmaydilar.
Shunday qilib, Allohning izni bilan ularning qoʻshinlarini tor-mor qildilar, Dovud esa Jolutni oʻldirdi. Soʻngra Alloh Dovudga podshohlik va hikmat berdi hamda Oʻzi xohlagan ilmlardan taʼlim berdi. Agar Alloh odamlarning baʼzilarini baʼzilari bilan daf qilib turishi boʻlmasa edi, shubhasiz, Yer yuzi fitna-fasodga toʻlib ketardi. Lekin Alloh barcha olamlar ustida fazlu karam Egasidir.
Bashariyatga yuborilgan ana shu payg‘ambarlarning baʼzilarini baʼzilaridan afzal qildik. Ular orasidan Alloh bevosita gaplashgani va ayrimlarining darajasini yuqori koʻtargani ham bor. Maryam oʻg‘li Iso payg‘ambarga moʻʼjizalar berdik va uni Ruh ul-Qudus boʻlgan Jabroil bilan qoʻllab-quvvatladik. Agar Alloh xohlasa edi, ularga ochiq-oydin dalillar kelgandan keyin ularning orqasidan kelgan ummatlar bir-birlari bilan jang qilmas edilar. Lekin ular turli ixtiloflarga tushdilar, ulardan iymon keltirgan ham, inkor qilgan ham boʻldi. Agar Alloh istamasa edi, ular bir-birlarini oʻldirmas edilar. Lekin Alloh Oʻzi istaganini qiladi.
Shayton sizlarni agar xayru ehson qilsangizlar, kambag‘al boʻlib qolishdan qoʻrqitadi va buzuq ishlarga buyuradi. Alloh esa qilgan ehsonlar tufayli Oʻz tarafidan mag‘firat va fazlu karam vaʼda qiladi. Alloh fazlu karami keng boʻlgan – Vosiʼ va barcha narsani bilib turuvchi – Aʼlim Zotdir.
Yana u ahli kitoblar: “Diningizga ergashganlardan boshqa hech kimga ishonmanglar”, – deydilar. Ey Rasulim, siz esa ularga: “Ergashish kerak boʻlgan toʻg‘ri yoʻl, albatta, bu Allohning yoʻlidir”, – deb ayting. Ahli kitoblar yana: “Ularga ishonmanglarki, toki sizdan boshqa hech kimga sizga berilganga oʻxshash narsa berilmasin yoki Robbingiz huzurida keyin u haqda sizga qarshi hujjat talashib yurmasinlar”, – deydilar. Ey Muhammad, siz ularga: “Albatta, fazlu karam, faqat Allohning qoʻlidadir. Uni xohlagan kishisiga beradi. Alloh fazlu karami keng – Vosiʼ va barcha narsani bilib turuvchi – Aʼlim Zotdir”. – deb ayting.
Alloh Oʻz rahmatini xohlagan kishiga xos qilib beradi. Alloh buyuk fazlu karam sohibidir.
Albatta, Alloh sizga bergan vaʼdasiga sodiq qoldi. Chunki sizlar Uhud jangida u kofirlarni Allohning izni bilan birin ketin qira boshlagan edingiz. Vaqtiki, Alloh sizga oʻzingiz sevgan zafarni koʻrsatgach, boʻshasha boshladingiz, itoat amri haqida bir-biringiz bilan tortishdingiz va buyruqqa qarshi harakat qildingiz. Oralaringizda dunyoni sevadiganlar ham, oxiratni sevadiganlar ham bor edi. Soʻngra sizlarni imtihon qilish uchun g‘alabani mag‘lubiyatga burib yubordi. Ammo keyin sizlarni afv qildi. Alloh moʻminlarga fazlu karam sohibi boʻlgan Zotdir.
Ular Alloh Oʻz fazlidan bergan neʼmatlardan xushnuddirlar. Hamda hali ortlaridan yetib kelmagan hayotdagi birodarlariga oxiratda hech qanday xavfu xatar yoʻq va g‘am-tashvish ham chekmasliklari haqida xushxabar bermoqdalar.
Shuningdek, ular Allohdan keladigan neʼmat va fazlni hamda, albatta, Alloh moʻminlarning ajrini zoe qilmasligi haqida ham xushxabar bermoqdalar.
Keyin ular Allohdan buyuk neʼmat va inʼom bilan hech qanday yomonlikka duch kelmay qaytib keldilar. Alloh buyuk fazlu karam sohibidir.
Keyin ular Allohdan buyuk neʼmat va inʼom bilan hech qanday yomonlikka duch kelmay qaytib keldilar. Alloh buyuk fazlu karam sohibidir.
Alloh Oʻz fazlidan bergan narsalarni ehson qilmay ziqnalik qiladigan kimsalar buni oʻzlariga yaxshilik deb oʻylamasinlar. Aksincha, bu ular uchun yomonlikdir. Ziqnalik qilib bermagan narsalari qiyomat kunida boʻyinlariga oʻraladi. Osmonlaru Yerning merosi Allohga oiddir. Alloh barcha qilayotgan ishlaringizdan xabardor Zotdir.
Agar Alloh baʼzi birovingizni biringizdan biror bir neʼmat bilan ustun qilib qoʻygan boʻlsa, sizlar unga koʻz tikib, hasadgoʻylik bilan orzu qilmanglar. Erkaklar uchun oʻzlari qilgan kasbu korlaridan bir nasiba bordir. Ayollar uchun ham oʻzlari qilgan kasbu korlaridan bir nasiba bordir. Shunday ekan, Allohning fazlu karamidan umidvor boʻlib soʻranglar. Shubhasiz, Alloh har bir narsani bilib turuvchi Zotdir.