Bu Robbingiz tomonidan boʻlgan fazldir. Mana shu katta yutuqdir.
Siz qidirgan ف و ز masdar-o'zagidan hosil bo'lgan 29 ta oyat mavjud.
najotga erishdi, qutulishlarini, muvaffaqiyat, qozonsa edim, bir muvaffaqiyat, najotga erishganlar, najot, muvaffaqiyatdir, najotdir, qutulub murodga yetganlar
Quyida o'sha oyatlar arabcha matni va o'zbekcha tarjimasi bilan keltirilgan.
Bu Robbingiz tomonidan boʻlgan fazldir. Mana shu katta yutuqdir.
Bas, iymon keltirgan va solih amallarni qilgan kimsalar esa, ularni Robbilari rahmati boʻlgan jannatga kiritadi. Ana shuning oʻzi ochiq-oydin yutuqdir.
Alloh moʻmin va moʻminalarni ostidan anhorlar oqib turadigan, u yerda mangu qoladigan jannatlarga kiritish uchun va ulardan gunohlarini oʻchirish uchun shunday qildi. Mana bu Alloh nazdida ulkan yutuqdir.
Moʻmin va moʻminalarning oldilarida va oʻng tomonlarida qilgan yaxshi amal nurlari yoʻllarini yoritib ketayotganini koʻradigan kunni eslang! Oʻsha kunda ularga: “Sizlar uchun bugungi xushxabar – ostidan anhorlar oqib turadigan, mangu qolinadigan jannatlardir. Ana shu katta yutuqdir!” – deyiladi.
Doʻzax ahli bilan jannat ahli hech qachon barobar boʻlmaydi. Jannat ahli yutuqqa erishgan zotlardir.
Agar shunday qilsangizlar, Alloh sizlarning gunohlaringizni kechiradi hamda sizlarni ostidan anhorlar oqib turadigan jannatlarga va Adn jannatlardagi pokiza maskanlarga kiritadi. Ana oʻsha ulkan yutuqdir.
Alloh sizlarni toʻplaydigan “jamlanish kuni”ni eslanglar! Bu odamlar oʻzaro aldanib qoladigan kundir. Kimki Allohga iymon keltirgan va yaxshi amal qilgan boʻlsa, Alloh uning yomonliklarini oʻchiradi va uni ostidan anhorlar oqib turadigan, abadiy qolinadigan jannatlarga kiritadi. Bu esa ulkan mukofotdir.
Albatta, taqvodor zotlar uchun jannatda yutuq bordir.
Albatta, iymon keltirgan va solih amallarni qilgan kimsalarga tagidan anhorlar oqib turadigan jannatlar bordir. Bu esa katta yutuqdir.