Ular maʼnaviy jihatdan kardirlar haqni eshitmaydilar, soqovdirlar haqiqatni gapira olmaydilar va koʻrdirlar ochiq dalillarni koʻrmaydilar. Endi ular hidoyat yoʻliga qaytmaydilar.
Siz qidirgan فَهُمْ masdar-o'zagidan hosil bo'lgan 41 ta oyat mavjud.
ular, uning uchun ular, o'shanda hammasi, endi ular, o'zlari, shuning uchun ular, lekin ular, (shuning uchun) ular, mana ular, ular endi
Quyida o'sha oyatlar arabcha matni va o'zbekcha tarjimasi bilan keltirilgan.
Ular maʼnaviy jihatdan kardirlar haqni eshitmaydilar, soqovdirlar haqiqatni gapira olmaydilar va koʻrdirlar ochiq dalillarni koʻrmaydilar. Endi ular hidoyat yoʻliga qaytmaydilar.
Allohga kufr keltirganlarning misoli, xuddi baqiriq-chaqiriqdan boshqa hech narsani eshitmaydigan hayvonlarga hayqirayotgan choʻponning holatiga oʻxshaydi. Ular maʼnan kardirlar – nasihat eshitmaydilar, soqovdirlar – haqni gapira olmaydilar, koʻrdirlar – oyatlarni koʻrolmaydilar. Demak, ular aql ishlata olmaydilar.
Agar xotinlaringizning farzandi boʻlmasa ular qoldirgan merosdan yarmi sizlarga tegadi. Bordi-yu ularning farzandlari boʻlsa, sizlarga ular qoldirgan merosdan toʻrtdan bir ulush tegadi. Bu taqsimotlar u marhumalarning qilgan vasiyati yoki qarzi adosidan keyin ijro etiladi. Agar farzandlaringiz boʻlmasa u xotinlarga sizlar qoldirgan merosning toʻrtdan bir ulushi tegadi. Bordi-yu farzandingiz boʻlsa, ularga siz qoldirgan merosning sakkizdan bir ulushi tegadi. Bu taqsimotlar sizlar qilgan vasiyat yoki qarz adosidan keyin ijro etiladi. Agar marhum erkak yoki ayol kimsasiz, yaʼni ota-onasi ham, farzandlari ham boʻlmay, bitta aka yoki uka yoxud opa yoki singlisi qolgan boʻlsa, ularning ikkovidan har biriga oltidan bir hissa tegadi. Agar ular bundan koʻp boʻlsalar, ular merosning uchdan biriga sherik boʻladilar. Bu taqsimotlar merosxoʻrlarga zarar bermaydigan holda, qilingan vasiyat va qarzlar ado etilgandan keyin Allohning amriga binoan ijro qilinadi. Albatta, Alloh hamma narsani bilib turuvchi – Aʼlim va bandalariga marhamatli boʻlgan – Halim Zotdir.
Ey Rasulim, ularga: “Osmonlar va Yer yuzidagi barcha narsa kimning mulkidir?” – deb ayting. Keyin esa: “Barchasi Allohnikidir”, – deng. Alloh Oʻziga maxluqotlari uchun marhamat qilishni yozdi. U sizlarni shak-shubhasiz boʻladigan qiyomat kunida toʻplaydi. Faqat oʻzlariga ziyon qilgan kimsalar iymon keltirmaydilar.
Biz kitob bergan yahudiy va nasroniylar u Muhammadning payg‘ambar ekanligini xuddi oʻz oʻg‘illarini tanigandek bilardilar. Faqat oʻzlariga ziyon qilgan kimsalar iymon keltirmaydilar.
Mushriklar yana: “Bu hayvonlarning qornidagilar tirik tug‘ilsa, faqat erkaklarimizga xos boʻlib, xotinlarimizga esa haromdir. Agar oʻlik boʻlib tug‘ilsa, u holda ular unga sherikdirlar”, – deydilar. Alloh ularning bunday xulosalari uchun yaqinda jazo beradi. Albatta, U hikmat egasi – Hakim va hamma narsani bilib turuvchi – Aʼlim Zotdir.
Oldingi aholisidan keyin Yerni meros qilib olgan nasllar toʻg‘ri yoʻlni topishlari kerak emasmi? Agar xohlasak ularni ham gunohlari tufayli azobga duchor qilar edik. Hamda ularning qalblariga muhr bosardik va ular haqiqatni eshitmay qolardilar.
Allohning nazdida maxluqlarning eng yomoni, bu kufr keltirganlardir. Bas, ular iymon keltirmaydilar.
Faqatgina Allohga va oxirat kuniga ishonmaydigan va koʻngillari gumonda boʻlganlargina sizdan jangga bormaslik uchun izn soʻraydilar. Chunki ular oʻz gumonlarida doimo ikkilanib yuradilar.
Ular jangga chiqishdan qoʻrqib ortda qoluvchi ayol va bolalar bilan birga boʻlishga rozi boʻldilar. Qalblariga esa tamg‘a urib qoʻyildi. Bas, ular jihodning haqiqatini anglamaydilar.
Taʼna uchun yoʻl faqat jangga kirish uchun kuchi yetsa ham, urushdan qochish uchun sizdan ruxsat soʻragan boylargagina tegishlidir. Chunki ular Alloh yoʻlida jang qilish va Uning roziligini qozonishdan koʻra, orqada qolgan ayollar bilan birga boʻlishga rozi boʻldilar. Shuning uchun Alloh ularning qalblarini muhrlab qoʻydi. Ular endi oʻzlarini qanday ofat kutayotganini bilmaydilar.
Alloh rizq xususida ayrimlaringizni ayrimlaringizdan ustun qilib qoʻydi. Bas, bu rizqda ustun qilingan kishilar oʻz rizqlarini qoʻl ostidagi qullariga qaytarib boy va kambag‘allikda unda barchalari barobar boʻlib olmaydilar-ku! Nega unda, Allohning neʼmatini inkor qiladilar.
Yoki mushriklar Undan boshqa soxta ilohlarni qilib oldilarmi?! Ey Rasulim ularga: “Unday boʻlsa, dalilingizni keltiringiz! Mana bu men bilan birga boʻlgan moʻminlarning eslatmasi Qurʼondir va mendan oldingilarning eslatmalari esa Tavrot va Injildir”, – deb ayting. Yoʻq, ularning koʻpchiligi haqiqatni bilmay turib, undan yuz oʻgiruvchilardir.
Ey Muhammad, Biz sizdan avval biror odamzotga hayotida abadiylik bermaganmiz. Nima, siz oʻlsangiz, ular abadiy qoluvchimilar?!
Yoki oʻz payg‘ambarlarini tanimay uni inkor qiluvchilardan boʻldilarmi?!
Agar haqiqat ularning havoyi nafslariga ergashganda edi, shubhasiz, osmonlar, Yer va ulardagi bor jonzot buzilib, halok boʻlib ketgan boʻlar edi. Yoʻq, Biz ular uchun eslatmalarini keltirdik, ular esa, oʻzlariga kelgan eslatmalaridan yuz oʻgiruvchidirlar.
Albatta, oxiratga iymon keltirmaydigan kimsalarning qilayotgan amallarini oʻzlariga chiroyli koʻrsatib qoʻyganmiz. Bas, ular tug‘yonlarida tentirab yuraveradilar.
Sulaymon uchun jin, ins va qushlardan iborat lashkarlari toʻplanib, uning qarshisida tizilgan hollarida turdilar.
Men uning va qavmining Allohni qoʻyib, quyoshga sajda qilayotganlarini ham koʻrdim. Shayton ularga qilayotgan amallarini chiroyli koʻrsatib, ularni haq yoʻldan toʻsib qoʻygan. Shuning uchun ular hidoyat topa olmayaptilar.
Shuningdek, siz qalb koʻzi koʻrlarni ham zalolatlaridan chiqarib, haq yoʻlga boshlovchi emassiz. Siz faqat oyatlarimizga iymon keltiradigan va musulmon boʻladigan kishilargagina daʼvatingizni eshittira olasiz.