Ramazon roʻzasi sanoqli kunlarda boʻlib oʻtadi. Agar sizlardan biringiz bemor yoki safarda boʻlsa, roʻza tutolmagan kunlarining soni miqdoricha boshqa kunlarda tutsin. Roʻza tutishga madori yetmaydiganlarning zimmasida esa bir miskinning bir kunlik taomi miqdorida fidya bersin. Kimda-kim fidyani koʻngildan chiqarib ortiqroq bersa u oʻzi uchun yaxshidir. Lekin agar bilsangiz edi, sizlar uchun roʻza tutishingiz fidya berib tutmaganingizdan koʻra yaxshiroqdir.

