Shubhasiz, oxirat mukofoti, iymon keltirgan va Allohdan qoʻrqadigan kimsalar uchun yaxshiroqdir.
Siz qidirgan أ ج ر masdar-o'zagidan hosil bo'lgan 108 ta oyat mavjud.
mukofotlari, mukofoti, sovrinlari, sovrini, mukofotlarini, haqi, ajrini, bir ajr, bir mukofot, ajrlaringiz
Quyida o'sha oyatlar arabcha matni va o'zbekcha tarjimasi bilan keltirilgan.
Shubhasiz, oxirat mukofoti, iymon keltirgan va Allohdan qoʻrqadigan kimsalar uchun yaxshiroqdir.
Ular dahshatga tushib: “Sen oʻsha Yusufmisan?” – deb soʻradilar. Yusuf ularga qarab: “Ha, men Yusufman, bu esa ukamdir. Darhaqiqat, Alloh bizni yana birlashtirib marhamat qildi. Albatta, kimda-kim Allohdan qoʻrqsa va sabr qilsa, shubhasiz, Alloh xayrli ish qiluvchilarning ajrini yoʻqqa chiqarmaydi”, – dedi.
Siz ulardan bu daʼvatingiz uchun biror ajr soʻramayapsiz. Bu Qurʼon faqatgina butun olamlar uchun bir eslatmadir, xolos.
Kofirlar tomonidan zulm qilinganlaridan keyin Alloh yoʻlida hijrat qilganlarni, albatta, bu dunyoda ham goʻzal maskanlarga joylashtiramiz. Oxirat mukofoti esa, yanada kattaroqdir. Koshki, buni odamlar bilsalar edi!
Sizlarning oldingizdagi narsalar tugab ketadi. Biroq Alloh huzuridagi narsalar esa boqiy qoluvchidir. Biz, albatta, musibatlarga sabr qilganlarga dunyoda qilib oʻtgan amallarining ajrlarini eng goʻzali bilan mukofotlarmiz.
Xoh erkak boʻlsin, xoh ayol boʻlsin, kimda-kim moʻmin boʻlgan holda biror solih amal qilsa, bas, Biz unga chiroyli hayot beramiz. Hamda ularga dunyoda qilib oʻtgan amallarining ajrlarini eng goʻzali bilan mukofotlarmiz.
Shubhasiz, mana bu Qurʼon eng toʻg‘ri yoʻlga hidoyat qiladi va yaxshi amallarni qiladigan moʻminlarga ulkan mukofot borligi haqida xushxabar beradi.
Qurʼon haq va toʻg‘ridir. Oʻz huzuridan keladigan qattiq azob bilan ogohlantirish va yaxshi ishlarni qiladigan moʻminlarga chiroyli mukofot xushxabarini berish uchun nozil boʻlgan.
Iymon keltirgan va solih amallarni qilgan kimsalar haqida esa, albatta, Biz yaxshi amallarni qilgan kishilarning mukofotini yoʻqqa chiqarmaymiz.
Keyin ular yana yoʻlga tushdilar. Bir shahar ahlining oldiga kelib, ulardan yegulik soʻragan edilar, aholi ularni mehmon qilishdan bosh tortdi. Soʻng oʻsha joyda yiqilay deb turgan bir devorni koʻrib qolishdi Xizr uni qayta tiklab qoʻydi. Muso Xizrga: “Agar xohlasang, bu ishing uchun xizmat haqi olishing mumkin edi”, – dedi.
Ey Rasulum ularga: “Men daʼvatim uchun sizlardan unga hech qanday haq soʻramayman, faqat kim xohlasa, Robbisi tomon yoʻl olishini soʻrayman”, – deb ayting.
Sehrgarlar belgilangan joyga kelganlarida firʼavnga: “Agar albatta, biz g‘olib chiqsak, bizlar uchun bir mukofot bormi?” – dedilar.
Men bu daʼvatim uchun sizlardan haq soʻramayman. Mening mukofotim faqat olamlarning Robbisi zimmasidadir.

Men bu daʼvatim uchun sizlardan hech qanday haq soʻramayman. Mening mukofotim faqat olamlarning Robbisi zimmasidadir.
Men bu daʼvatim uchun sizlardan hech qanday haq soʻramayman. Mening mukofotim faqat olamlarning Robbisi zimmasidadir.
Men bu daʼvatim uchun sizlardan biror bir haq soʻramayman. Mening mukofotim faqat olamlarning Robbisi zimmasidadir.
Men bu daʼvatim uchun sizlardan biror bir haq soʻramayman. Mening mukofotim faqat olamlarning Robbisi zimmasidadir.