Lekin yomonliklardan tavba qilgan, oʻzlarini oʻnglab tuzatgan, Allohga mahkam bog‘lanib, dinlarida xolis boʻlgan ana shunday kimsalar moʻminlar bilan birgadirlar.
Siz qidirgan أ ج ر masdar-o'zagidan hosil bo'lgan 108 ta oyat mavjud.
mukofotlari, mukofoti, sovrinlari, sovrini, mukofotlarini, haqi, ajrini, bir ajr, bir mukofot, ajrlaringiz
Quyida o'sha oyatlar arabcha matni va o'zbekcha tarjimasi bilan keltirilgan.
Lekin yomonliklardan tavba qilgan, oʻzlarini oʻnglab tuzatgan, Allohga mahkam bog‘lanib, dinlarida xolis boʻlgan ana shunday kimsalar moʻminlar bilan birgadirlar.
Allohga va payg‘ambarlariga iymon keltirgan, ulardan birortasining orasini ajratmay ishonadigan ana shunday kimsalarning mukofotlarini yaqinda, albatta, soʻngra bekam-koʻst qilib beradi. Alloh gunohlarni kechiruvchi – G‘ofur va marhamati keng boʻlgan – Rahim Zotdir.
Biroq ularning orasidan ilmda puxta boʻlganlar, sizga nozil qilingan Qurʼonga va sizdan oldingi nozil qilingan kitoblarga iymon keltiradigan moʻminlar hamda namozni toʻla ado etadiganlar, zakotni beradiganlar, Allohga va oxirat kuniga iymon keltiruvchilar ham bordir. Ana oʻsha zotlarga ulkan mukofotni beramiz.
Alloh iymon keltirgan va ezgu amallarni qilgan kimsalarga mukofotlarini toʻliq qilib beradi hamda Oʻz lutfidan neʼmatlarni yanada ziyoda qiladi. Ammo qul boʻlishdan or qilib, takabburlik qilganlarni esa qattiq azob bilan jazolaydi. Oʻzlari uchun Allohdan boshqa doʻst ham va azobdan qutqaruvchi yordamchi ham topa olmaydilar.
Mana bugun sizlarga pokiza narsalar halol qilindi. Shuningdek, kitob berilgan yahudiy va nasroniy dinidagilarning taomi sizlar uchun halol hamda sizlarning taomingiz ham ular uchun haloldir. Zino va yashirincha oʻynash qilib olish maqsadida boʻlmay, aksincha, mahrlarini berib, or-nomusli moʻmina ayollardan va sizlardan oldin kitob berilganlardan iffatli ayollarni topib nikohingizga olishingiz halol qilindi.
Alloh iymon keltirgan va ezgu amallarni qilgan kimsalar uchun mag‘firat va ulkan ajr-mukofotlar vaʼda qildi.
Ana u payg‘ambarlarning barchalari Alloh hidoyatga boshlagan zotlardir, siz ham ularning yoʻllariga ergashing. Ey Muhammad, ularga: “Men sizlardan bu daʼvatim uchun biron bir haq talab qilmayman. Bu Qurʼon butun olamlar uchun faqat bir eslatmadir xolos”, – deb ayting.
Shunday qilib, sehrgarlar firʼavnga yetib keldilar va unga: “Bordi-yu bizlar Musoga qarshi g‘alaba qiluvchilardan boʻlsak u holda bizga biror bir mukofot bormi?” – dedilar.
Kitobni mahkam ushlagan va namozlarini qoim qilgan kimsalar boʻlsa, albatta, Biz isloh qiluvchilarning ajrini behuda ketkazmaymiz.
Hamda bilib qoʻyinglar: mol-dunyongiz va farzandlaringiz faqatgina bir sinovdir. Allohning huzurida esa ulkan ajru mukofot bordir.
Ular u yerda abadiy qoladilar. Albatta, Allohning huzurida ulkan ajr bordir.
Madina aholisi va ularning atrofidagi aʼrobiylar uchun Rasulullohdan ortda qolishlari va undan kechib oʻzlarini undan ustun qoʻyishlari toʻg‘ri ish emas edi. Shunday boʻlish kerakligining boisi ularga Alloh yoʻlida biror bir tashnalik, mashaqqat yoki ochlik yetsa-da hamda kofirlarni achchiqlantiradigan qadam bossalar va dushmanga qarshi biror musibat yetkazib zafar quchsalar, albatta, ularga shu sababli solih amal yoziladi. Albatta, Alloh yaxshilik qiluvchilarning mukofotini zoe qilmaydi.
Bas, agar mening oʻgitlarimdan yuz oʻgirsangiz, sizlardan men xizmatim uchun biror haq soʻraganim yoʻq. Mening ajrim faqat Allohning zimmasida. Men Allohga taslim boʻlgan musulmonlardan boʻlishga amr qilinganman.
Bas, agar mening oʻgitlarimdan yuz oʻgirsangiz, sizlardan men xizmatim uchun biror haq soʻraganim yoʻq. Mening ajrim faqat Allohning zimmasida. Men Allohga taslim boʻlgan musulmonlardan boʻlishga amr qilinganman.
Lekin og‘ir kunlarda sabr qilgan va yaxshi amallarni, qiladigan zotlar borki, ana ular uchun mag‘firat va ulkan mukofot bordir.
Ey qavmim, sizlardan bu payg‘ambarlik daʼvati uchun mol-dunyo soʻramayman. Mening mukofotim faqat Allohning zimmasidadir. Men sizning talabingiz bilan Allohga iymon keltirganlarni yonimdan quvib haydovchi emasman. Shubhasiz, ular Robbilari bilan yuzma-yuz boʻluvchilardir. Lekin sizlarni johillik qilayotgan qavm ekaningizni koʻrib turibman.
Ey qavmim, payg‘ambarlik vazifam uchun unga sizlardan biror-bir haq soʻramayman. Mening ajru mukofotim faqat meni yoʻqdan bor qilib yaratgan Zot zimmasidadir. Axir aql ishlatmaysizmi?!
Ey qavmim, payg‘ambarlik vazifam uchun unga sizlardan biror-bir haq soʻramayman. Mening ajru mukofotim faqat meni yoʻqdan bor qilib yaratgan Zot zimmasidadir. Axir aql ishlatmaysizmi?!
Sabr qiling, bas, albatta, Alloh goʻzal ish qiluvchilarning mukofotini zoe qilmaydi.
Shunday qilib, Yusufni Misr yerida oʻzi xohlagan joyida yashaydigan imkonni berdik. Biz rahmatimizni xohlagan kishilarga yetkazamiz va yaxshi ish qiluvchilarning mukofotini yoʻqqa chiqarmaymiz.