Ey iymon keltirganlar, Allohdan qoʻrqinglar va har bir jon egasi ertangi qiyomat kuni uchun nima amalni taqdim etganiga qarasin! Allohdan qoʻrqinglar! Albatta, Alloh barcha qilayotgan ishlaringizdan xabardordir.
Siz qidirgan ق د م masdar-o'zagidan hosil bo'lgan 48 ta oyat mavjud.
qilib taqdim etgan ishlaridan, nima yuborsangiz, va tayyorgarlik qiling, oyoqlarimizni, qilib oldinga surgan ishlarining, qilgan (yomonliklari), (qilib) yuborgan, oldinga o'ta olmaydilar, oyoq(laringiz)ni, qilib oldinga surgan ishlari
Quyida o'sha oyatlar arabcha matni va o'zbekcha tarjimasi bilan keltirilgan.
Ey iymon keltirganlar, Allohdan qoʻrqinglar va har bir jon egasi ertangi qiyomat kuni uchun nima amalni taqdim etganiga qarasin! Allohdan qoʻrqinglar! Albatta, Alloh barcha qilayotgan ishlaringizdan xabardordir.
Oʻz qoʻllari bilan qilib qoʻygan yomon ishlari sababli hech qachon oʻlimni orzu qila olmaydilar. Alloh zolimlarni biluvchidir.
Ey Muhammad, albatta, Robbingiz siz va siz bilan birga bir toifa sahobalaringiz kechaning uchdan ikkisidan ozrog‘ida, baʼzida uning yarmida va goho uchdan birida bedor boʻlib, namozga turishingizni biladi. Kecha va kunduz miqdorini Alloh belgilaydi. Alloh fasllar oʻzgarishi bilan tunning uzun va qisqa boʻlib turishi sababli sizlar u kechalarda bedor boʻlishlaringiz lozim boʻlgan soatlarning sanog‘iga yeta olmaslaringizni bilib, tavbalaringizni qabul qildi. Endi kechalari namozlaringizda Qurʼondan oson boʻlgan miqdorda oʻqiyveringlar. U sizlarning orangizda bemorlar boʻlishini, boshqalar Allohning fazlini istab, Yer yuzida safar qilishlarini va yana boshqalar esa Alloh yoʻlida jangga chiqib ketishlarini ham bildi. Bas, qiynalmay Qurʼondan oson boʻlgan miqdorda oʻqiyveringlar. Namozni toʻliq ado qilinglar, zakotni muhtojlarga beringlar va miskinlarga ehson qilish bilan Allohga “qarzi hasana” beringlar! Oʻzlaringiz uchun taqdim qiladigan yaxshilikni qiyomat kuni Allohning huzurida yanada yaxshiroq va ulug‘roq mukofot holida topasizlar. Allohdan mag‘firat soʻranglar! Shubhasiz, Alloh gunohlarni kechiruvchi – G‘ofur va marhamati keng boʻlgan – Rahim Zotdir.
Albatta, sizlardan yaxshilik sari ilgarilayotgan yoki kufr tomon chekinayotgan kishilar uchundir.
U kunda insonga dunyoda ekanligida qilib oʻtgan va oʻzidan keyin qoldirgan barcha narsalarning xabari beriladi.
Darhaqiqat, Biz sizlarni yaqin kelajakda boʻladigan azobdan ogohlantirdik. U kunda har bir kishi oʻzi qilib oʻtgan narsani koʻradi. Kofir kimsa esa: “Eh, koshki edi, tuproq boʻlib ketsam”, – deydi.
Har bir jon oʻzi dunyoda qilib oʻtgan va qoldirgan barcha narsalarni biladi!
U: “Eh, koshki, men hayot vaqtimda yaxshi amallarni taqdim qilganimda!”, – deydi.