Oldin oʻz qoʻllari bilan qilgan yomonliklari sababidan hech qachon u oʻlimni orzu qilolmaydilar. Alloh zolimlarning qilmishini bilib turuvchi Zotdir.
Siz qidirgan ق د م masdar-o'zagidan hosil bo'lgan 48 ta oyat mavjud.
qilib taqdim etgan ishlaridan, nima yuborsangiz, va tayyorgarlik qiling, oyoqlarimizni, qilib oldinga surgan ishlarining, qilgan (yomonliklari), (qilib) yuborgan, oldinga o'ta olmaydilar, oyoq(laringiz)ni, qilib oldinga surgan ishlari
Quyida o'sha oyatlar arabcha matni va o'zbekcha tarjimasi bilan keltirilgan.
Oldin oʻz qoʻllari bilan qilgan yomonliklari sababidan hech qachon u oʻlimni orzu qilolmaydilar. Alloh zolimlarning qilmishini bilib turuvchi Zotdir.
Namozni toʻliq ado etinglar va zakotni beringlar. Oʻzingiz uchun yaxshi ishlardan nimaiki qilgan boʻlsangizlar, albatta, uning natijasini Allohning huzurida topasizlar. Albatta, Alloh qilayotgan har bir ishingizni koʻrib turuvchi Zotdir.
Ayollaringiz sizlarga farzand yetishtirish uchun bir ekinzordir. Bas, u ekinzorga halol tarafdan qanday xohlasangiz, shunday kelaveringlar. Kelajakka oʻzingiz uchun yaxshi amallarni taqdim qilinglar. Hamda Allohdan qoʻrqinglar va albatta, sizlar oxiratda Unga roʻbaroʻ keluvchi ekaningizni bilib qoʻyinglar. Ey Rasulim, moʻminlarga jannat haqidagi xushxabarni bering.
Ular Jolut va uning askarlariga toʻqnash kelganlarida: “Ey Robbimiz, ustimizga sabr-toqatni yog‘dirgin, qadamlarimizni sobit qil va kofir boʻlgan qavmlar ustidan bizga g‘alaba ato et”, – dedilar.
Ularning aytgan soʻzlari faqat: “Ey Robbimiz, bizning gunohlarimizni va ishimizdagi qilgan isrofgarchiligimizni kechirgin, jang maydonlarida bizlarni sobitqadam qilgin hamda kofir kimsalar ustiga bizlarga nusrat bergin”, – demoqdan iborat edi.
Bu azoblar oʻz qoʻllaringiz bilan qilgan gunohlaringiz sababidandir. Albatta, Alloh bandalari uchun zulm qiluvchi emasdir.
Oʻz qoʻllari bilan qilgan gunoh ishlari tufayli ularga biror musibat yetgandan keyin sizning oldingizga kelib: “Biz, faqat ezgulikni va orani yaxshilashni istagan edik”, – deb, Alloh nomi bilan qasam ichishlari qanday hol boʻldi?
Ulardan aksariyatini kufr keltirgan kimsalar bilan doʻst boʻlganlarini koʻrasiz. Nafslari oʻzlari uchun taqdim qilgan narsa naqadar yomondir. Alloh ularga g‘azab qilgan va ular jahannam azobida mangu qoluvchidirlar.
Har bir ummat uchun belgilangan bir ajal bordir. Qachonki, ularning ajali kelsa, uni bir soat kechga ham oldinga ham sura olmaydilar.
Oʻsha payt sizlarni Oʻz huzuridan omonlik boʻlsin deb, yengil uyquga choʻmdirgan edi. Hamda u bilan sizlarni pokiza qilish, shaytonning nopokliklarini ketkazish, qalb rishtalaringizni oʻzaro bog‘lash va qadamlaringizni mustahkam qilish uchun osmondan suv yog‘dirganini eslanglar.
Bu azoblar oʻz qoʻllaringiz bilan qilgan yomon ishlaringiz uchundir. Zero, Alloh oʻz bandalariga zulm qiluvchi emas edi.
Oʻz oralaridan boʻlmish Muhammad nomli bir kishiga “Odamlarni jahannam azobidan ogohlantiring, iymon keltirganlarga Robbilari huzurida qilgan yaxshiliklari uchun beriladigan ajr boʻlmish sodiqlik qadami borligi haqida xushxabar bering”, – deb vahiy yuborganimiz odamlarga ajablanarli boʻldimi?! Kofirlar esa: “Shubhasiz, bu Muhammad aniq sehrgardir”, – dedilar.
Buni soʻraganlarga: “Alloh xohlamas ekan, men hatto oʻzimga na zarar va na foyda ham yetkazishga qodir boʻlmayman. Har bir ummat uchun belgilangan ajal bor. Agar muddatlari yetsa, uni bir soat ham kechiktira olmaydilar va oldinga ham sura olmaydilar”, – deb ayting.
Firʼavn oʻz qavmini qiyomat kunida yetaklab, ularni doʻzaxga tushiradi. Ular tushadigan joy qanday ham yomon joy!
Undan keyin yetti yil davom etadigan qattiq qahatchilik davri keladi va moʻl-koʻlchilikdan soʻng bu ocharchilik siz toʻplagan barcha hosilingizni yutib yuboradi. Faqat ozgina urug‘lik uchun asrab qoʻygan donlaringizgina qoladi.
Ular: “Allohga qasamki, sen hali ham oʻsha eski adashishingda turibsan”, – dedilar.
Albatta, Biz sizlardan oldin yashab oʻtganlarni bildik. Shubhasiz, orqasida keluvchilarni ham bildik.
Agar Alloh odamlarni qilgan zulmlari tufayli azob bilan ushlaydigan boʻlsa, unda Yer yuzida biror jonivorni tirik qoʻymagan boʻlar edi. Lekin ularni maʼlum muddatgacha kechiktirib qoʻyib beradi. Ana shu muddatlari yetib kelganida esa, uni biror soat orqaga ham oldinga ham sura olmaydilar.
Qasamlaringizni orangizda aldov vositasi qilib olmanglar. Unday boʻlsa, Islom yoʻlida sobit boʻlgan oyoqlaringiz toyib ketadi. Hamda odamlarni dindan sovutib, Alloh yoʻlidan toʻsganingiz uchun yomon balo va musibatlarni totib qolasizlar va oxiratda sizlar uchun ulkan azob beriladi.
Robbisining oyatlari bilan eslatilib nasihat qilingach, ulardan yuz oʻgirgan va oʻzi qilib oʻtgan gunohlarini unutib qoʻygan kimsadan ham zolimroq kishi bormi?! Darhaqiqat, Biz bu Qurʼonni anglamasliklari uchun ularning qalblariga pardalar va quloqlariga og‘irlik qilib qoʻydik. Demak, agar ularni hidoyatga chaqirsangiz ham hech qachon toʻg‘ri yoʻlda yurmaydilar.