Baʼzi odamlar ularga: “Olomon sizga qarshi lashkar toʻpladilar, endi ulardan qoʻrqinglar”, – deyishganda, ularning bu gapi iymonni yanada orttirdi. Ularga qarata: “Bizga Allohning Oʻzi kifoya va U eng yaxshi vakil!” – deb aytganlar.
Siz qidirgan قَدْ masdar-o'zagidan hosil bo'lgan 406 ta oyat mavjud.
albatta, va albatta, holbuki, va qasamki, Qasamki, qasamki, shubhasiz (u), Qasamki, -ki, muhaqqaq
Quyida o'sha oyatlar arabcha matni va o'zbekcha tarjimasi bilan keltirilgan.
Baʼzi odamlar ularga: “Olomon sizga qarshi lashkar toʻpladilar, endi ulardan qoʻrqinglar”, – deyishganda, ularning bu gapi iymonni yanada orttirdi. Ularga qarata: “Bizga Allohning Oʻzi kifoya va U eng yaxshi vakil!” – deb aytganlar.
Qasam boʻlsinki, Alloh ularning “Albatta, Alloh faqir, biz esa boymiz”, – degan gaplarini eshitdi. Ularning bu aytgan gaplarini va payg‘ambarlarni nohaq oʻldirganlarini tezda yozib qoʻyamiz. Qiyomat kunida esa ularga: “Kuyduruvchi jahannamning azobini totib koʻringlar”, – deb aytamiz.
Ular: “Bizga keltirgan bir qurbonlikni osmondan tushgan bir olov uni yeb qoʻymaguncha hech bir Rasulga iymon keltirmasligimiz haqida Alloh Tavrotda bizlardan ahd olgan”, – deb aytadilar. Ey Rasulim, ularga: “Mendan oldin ham sizning ajdodlaringizga dalillar va sizlar aytgan qurbonlik kabi moʻʼjizalar bilan koʻplab payg‘ambarlar kelgan edilar. Xoʻsh, agar gaplaringizda rostgoʻy boʻlsangizlar, nima uchun ularni qatl etdingiz?!” – deb ayting.
Ey Rasulim, agarda sizni yolg‘onchiga chiqarayotgan boʻlsalar, g‘amgin boʻlmang, darhaqiqat, sizdan oldin ochiq dalillar, sahifalar va nur tarqatuvchi kitob keltirgan Rasullar ham yolg‘onchiga chiqarilgan edilar.
Har bir jon oʻlimni totib koʻruvchidir. Qiyomat kunida, albatta, mukofotlaringizni toʻlig‘icha olasiz. Kimki doʻzaxdan uzoqlashtirilib, jannatga kiritilsa, shubhasiz, yutuqqa erishibdi. Dunyo hayoti esa yolg‘onchi bir zavqdan iboratdir.
Ey Robbimiz, Sen kimni doʻzaxga kiritsang, albatta, uni xor qilgan boʻlasan. Zolimlarga esa azobdan qutulishlari uchun yordamchilar boʻlmaydi.
Axir, bir-biringiz bilan qovushgan boʻlsangiz va u xotinlar sizlardan qatʼiy soʻz olgan boʻlsalar, qaysi yuz bilan uni qaytarib olasizlar?!
Otalaringiz avval nikohlariga olgan ayollarni nikohingizga olmanglar. Magaram, oldin boʻlib oʻtgan boʻlsa, u kechiriladi. Albatta, u buzuq, jirkanch va juda ham yomon yoʻldir.
Sizlarga onalaringiz, qizlaringiz, opa-singillaringiz, ammalaringiz, xolalaringiz, aka-ukalaringizning qizlari, opa-singillaringizning qizlari, emizgan onalaringiz, emishgan opa-singillaringiz, qaynonalaringiz, oʻzlari bilan jinsiy aloqada boʻlgan xotinlaringizning avvalgi erlaridan boʻlgan va hozirda sizning tarbiyangizda boʻlgan oʻgay qizlaringizga uylanish harom qilindi. Biroq ularning onalari bilan hali jinsiy aloqada boʻlmay turib taloq qilgan boʻlsangiz, avvalgi erlaridan tug‘ilgan qizlariga uylanishingizda sizlarga gunoh yoʻqdir. Shuningdek, yana pushtingizdan boʻlgan oʻg‘illaringizning xotinlari va opa-singilni birga qoʻshib nikohga olishingiz harom qilindi. Magaram, oldin boʻlib oʻtgan boʻlsa, u kechiriladi. Shubhasiz, Alloh gunohlarni kechiruvchi – G‘ofur va marhamati keng boʻlgan – Rahim Zotdir.
Albatta, Alloh Oʻziga biron narsaning sherik qilinib shirk keltirilganni kechirmaydi. Ammo bundan boshqa gunohni qilgan kimsani agar Oʻzi istasa, mag‘firat qilishi mumkin. Kimda-kim Allohga shirk keltirsa, shubhasiz, u katta gunoh toʻqib chiqargandir.
Yoki ular Alloh Oʻz fazlidan bergan neʼmatlarni koʻrolmay odamlarga hasad qilyaptilarmi? Darhaqiqat, Biz oldin ham Ibrohimning sulolasiga kitob, hikmat bergan va ulkan hukmronlikni ham ato etgan edik-ku!
Ey Muhammad, oʻzlarini sizga nozil qilingan Qurʼonga hamda sizdan avvalgi tushirilgan kitoblarga iymon keltirgan deb iddao qilayotgan kimsalarni koʻrmaysizmi? Ular shaytoniy fitnalar bilan muhokama qilishni istaydilar. Vaholanki, ular unga itoat qilmaslikka buyurilgan edilar. Shayton esa ularni tamoman uzoq zalolatga yetaklashni istaydi.
Albatta, sizning oralaringizda sustkashlik qilib jangdan qoladigan munofiq kimsalar ham bor. Bordi-yu sizlarga urushda biror bir musibat yetsa: “Alloh menga yaxshilik qilgan ekan, yaxshiyamki ular bilan jangda boʻlmadim. Aks holda, oʻlib ketardim”, – deydi.
Kimki payg‘ambarga itoat etsa, darhaqiqat, u Allohga itoat etibdi. Kimda-kim itoatdan yuz oʻgirsa, Rasulim, sizni ular ustidan qoʻriqchi qilib yubormaganmiz.
Kim Alloh yoʻlida hijrat qilsa, qaerga borsa ham, Yer yuzida koʻplab boshpana va moʻl-koʻlchilik topadi. Kimki uyidan Alloh va Uning Rasuli yoʻliga niyat qilib muhojir boʻlib chiqsa-yu, keyin bu yoʻlda unga ajali yetsa, albatta, uning mukofoti Allohning zimmasiga tushgandir. Alloh gunohlarni kechiruvchi – G‘ofur va marhamati keng boʻlgan – Rahim Zotdir.
Agarda kimda-kim bir xato yoki og‘ir gunoh ishga qoʻl urib, uni begunoh odam ustiga otsa chindan ham boʻhton va aniq bir gunohni gardaniga olgan boʻladi.
Albatta, Alloh Oʻziga biron narsaning sherik qilinib shirk keltirilganni kechirmaydi. Ammo bundan boshqa gunohni qilgan kimsani agar Oʻzi istasa mag‘firat qilishi mumkin. Kimda-kim Allohga shirk keltirsa, shubhasiz, u hidoyatdan uzoq boʻlgan zalolat yoʻlida adashibdi.
Hamda shayton: “Albatta, ularni toʻg‘ri yoʻldan ozdiraman, oʻtkinchi dunyoning xomxayollariga g‘arq qilaman. Ularga buyurganimda menga ergashganlar botil eʼtiqodlariga ishonib, hayvonlarning quloqlarini kesadilar hamda ularga amr qilsam Allohning yaratganlarini asl qiyofasidan boshqasiga oʻzgartiradilar”, – deb aytgan. Kimki Allohni qoʻyib shaytonni oʻziga doʻst deb tutsa, shubhasiz, u ochiq-oydin zararga duchor boʻlgandir.
Osmonlar va Yer yuzidagi barcha mulk Allohnikidir. Sizlardan avvalgi kitob berilgan kimsalarga ham, sizlarga ham, Allohdan qoʻrqinglar, deb buyurganmiz. Agarda iymon keltirmay, kufr yoʻlida ketsangizlar, bilib qoʻyinki, osmonu Yerdagi barcha narsa Allohnikidir. Shubhasiz, Alloh hech kimga muhtoj boʻlmagan – G‘ani va maqtovga sazovor – Hamid Zotdir.
Ey iymon keltirganlar, Allohga, uning payg‘ambariga hamda shu payg‘ambariga nozil qilgan Qurʼon kitobiga va oldin nozil qilgan kitoblarga iymon keltiringlar. Kimki Allohni, farishtalarini, kitoblarini, payg‘ambarlarini va oxirat kuniga inkor qilib, kufr keltirsa, shubhasiz, u hidoyatdan uzoq boʻlgan zalolat yoʻlida adashibdi.