Keyin oxiratda Allohning oyatlarini yolg‘on deyish va ularning ustidan kulish bilan oʻzlariga yomonlik qilgan kimsalarning oqibati yanada yomonroq boʻldi.
Siz qidirgan ٱلَّذِى masdar-o'zagidan hosil bo'lgan 1464 ta oyat mavjud.
ular ki, va ular ki, ki, va kishilarni, kishilarga, , kishining, u ki;, va ular ki;, U (Rabb) ki
Quyida o'sha oyatlar arabcha matni va o'zbekcha tarjimasi bilan keltirilgan.
Keyin oxiratda Allohning oyatlarini yolg‘on deyish va ularning ustidan kulish bilan oʻzlariga yomonlik qilgan kimsalarning oqibati yanada yomonroq boʻldi.
Bas, ammo iymon keltirgan va solih amallarni qilgan zotlar jannat bog‘larida shodlanadilar.
Ammo kufr keltirgan kimsalar, oyatlarimizni hamda oxiratga duch kelishni inkor qilgan kimsalar esa, ular doimiy azobga hozir qilingandirlar.
U ilk bor borliqni yaratib, soʻngra qiyomat kuni Oʻzi uni yana qayta yaratadigan Zotdir. U Zotga bularni qilish juda osondir. Osmonlar va Yerdagi eng oliy sifat Unikidir. U izzati ulug‘ – Aziz va hikmat egasi boʻlgan – Hakim Zotdir.
Aksincha, zulm qilgan kimsalar hech qanday ilmsiz havoyi nafslariga ergashdilar. Bas, Alloh yoʻldan ozdirgan kimsani kim ham hidoyat qila oladi?! Ular uchun oxiratda yordam beruvchilar ham boʻlmaydi.
Bas, ey Muhammad, yuzingizni doimo toʻg‘ri boʻlgan Islom dinida tuting. Allohning insonlarni uning ustida yaratgan tabiiy xilqatini saqlanglar. Allohning yaratgan maxluqotlarida oʻzgartirish yoʻqdir. Eng toʻg‘ri din shudir! Lekin odamlarning aksariyati buni bilmaydilar.
Dinlarini boʻlib yuborib, turli firqalarga ajralgan mushrik kimsalardan boʻlmang. Har bir firqa oʻz oldilaridagi narsa bilan xursanddirlar.
Bas, qarindosh, miskinlar va musofir haqini xayru-ehson qilish bilan ado qiling. Ana shu Allohning roziligini istaydiganlar uchun yaxshi amaldir. Aynan mana shunday odamlar oxiratda najot topuvchidirlar.
Alloh avval sizlarni yaratgan, soʻngra sizlarni turli neʼmatlar bilan rizqlantirgan, soʻngra ajalingiz yetgach vafot ettiradigan, keyin qiyomatda yana qayta tiriltiradigan Zotdir! Sizlar sig‘inayotgan sheriklaringiz ichida bulardan birortasini qila oladigani bor-mi?! Alloh ularning keltirayotgan shirklaridan pok va oliydir.
Odamlarning oʻz qoʻllari bilan qilgan yomon ishlari tufayli quruqlik va dengizda har xil buzg‘unchiliklar oʻrtaga chiqdi. Bu ularning oʻz qilmishlaridan tavba qilib qaytishlari uchun qilgan baʼzi yomon ishlarining jazosini ularga tottirish uchundir.
Ey Muhammad, ularga: “Yer yuzida sayr qilinglar, bas, oldingilarning oqibati qanday yomon boʻlganiga nazar solinglar. Ularning aksariyati mushriklardan edi”, – deb ayting.
Bu ajrlar Allohga iymon keltirib, solih amallarni qilganlarni Oʻz fazlidan mukofatlashi uchundir. Shubhasiz, U kofirlarni sevmaydi.
Ey Muhammad, Biz sizdan oldin ham payg‘ambarlarni oʻz qavmlariga yuborganmiz. Bas, elchilarimiz ularga aniq hujjatlarni keltirganlar. Jinoyat qilganlardan esa intiqom olganmiz. Moʻminlarga g‘alaba berish Bizning zimmamizdagi haq boʻlgan.
Alloh shamollarni yuborib, bulutlarni qoʻzg‘atadigan Zotdir. Bas, u bulutlarni osmonda xohlaganicha yoyadi keyin uni boʻlak-boʻlak qilgach, uni orasidan yomg‘ir sizib chiqishini koʻrasiz. Bas, qachonki u yomg‘irni bandalaridan xohlagan kishisiga yetkazganda, ular birdan xursand boʻlib ketadilar.
Alloh shunday Zotdirki, sizlarni avval zaif goʻdak holida yartdi. Soʻngra zaiflikdan keyin quvvat paydo qildi. Kuch-quvvatli qilgandan keyin yana zaiflik va qarilikni paydo qildi. Alloh xolagan narsani yaratadi. U barcha narsani bilib turuvchi – Aʼlim va har narsaga kuchi yetuvchi Qodir Zotdir.
Shunda oʻzlariga Alloh tomonidan ilm va iymon berilgan zotlar: “Aniqki, sizlar Allohning Lavh ul-Mahfuzda yozib qoʻyganidek, tirilish kunigacha turdinglar. Bas, endi mana bu tirilish kunidir. Lekin sizlar buni haq ekanini bilmas edinglar”, – deydilar.
Ana oʻsha kunda zulm qilgan kimsalarga uzrlari foyda bermaydi va ulardan Alloh rozi boʻladigan amallarga qaytish ham talab qilinmaydi.
Biz ushbu Qurʼonda odamlar uchun har turli misollarni keltirdik. Ey Muhammad, qasam boʻlsinki, agar siz, ularga oʻzlari talab qilgan moʻʼjizani keltirsangiz ham, albatta, kufr keltirgan kimsalar: “Sizlar, albatta, yolg‘onchisizlar”, – deydilar.
Alloh haqiqatni bilmaydigan kimsalarning dillarini ana shunday qilib tamg‘alab qoʻyadi.
Bas, ey Muhammad, ularning ozorlariga sabr qiling. Albatta, Allohning vaʼdasi haqdir. Oxiratga ishonmaydigan kimsalar sizni sust deb hisoblamasinlar.