Ular namozni toʻliq ado etadigan, zakotni oʻz joyiga beradigan va oxirat kuniga aniq ishonadigan kimsalardir.
Siz qidirgan ٱلَّذِى masdar-o'zagidan hosil bo'lgan 1464 ta oyat mavjud.
ular ki, va ular ki, ki, va kishilarni, kishilarga, , kishining, u ki;, va ular ki;, U (Rabb) ki
Quyida o'sha oyatlar arabcha matni va o'zbekcha tarjimasi bilan keltirilgan.
Ular namozni toʻliq ado etadigan, zakotni oʻz joyiga beradigan va oxirat kuniga aniq ishonadigan kimsalardir.
Albatta, iymon keltirgan va solih amallarni qilgan zotlar uchun neʼmatlanish jannatlari bordir.
Bular Allohning yaratgan maxluqotlaridir. Qani, endi, ey mushriklar, sizlar Menga Undan oʻzgalar yerda nimalarni yaratganini koʻrsatinglar-chi! Yoʻq, zolimlar aniq adashuvdalar!
Alloh osmonlar va Yerni hamda ularning oʻrtasidagi bor narsalarni olti kunda yaratib, soʻngra Arshga egalik qilgan Zotdir. Sizlar uchun Undan oʻzga biror doʻst va shafoatchi yoʻqdir. Nahotki, eslatma olmaysizlar?!
U barcha narsani chiroyli qilib yaratgan Zotdir. Alloh ilk insonni yaratishni esa loydan boshladi.
Ey Rasulim, ularga: “Sizlarga vakil qilingan oʻlim farishtasi jonlaringizni oladi, soʻngra, albatta, Robbingizga qaytarilasizlar”, – deb ayting.
Bizning oyatlarimizga faqat u bilan eslatilganlarida sajda qilgan hollarida yiqiladigan va takabburlik qilmay hamd bilan Robbilariga tasbeh aytadigan kimsalargina iymon keltiradi.
Iymon keltirgan va solih amallarni bajargan kimsalar uchun qilgan amallari tufayli ziyofat sifatida jannat maskanlari boʻladi.
Fosiq boʻlgan kimsalarning maskanlari esa doʻzaxdir. Har gal undan chiqmoqchi boʻlsalar, yana unga qaytariladilar va ularga: “Oʻzlaringiz yolg‘onga chiqargan doʻzax azobini totinglar!” – deyiladi.
Fosiq boʻlgan kimsalarning maskanlari esa doʻzaxdir. Har gal undan chiqmoqchi boʻlsalar, yana unga qaytariladilar va ularga: “Oʻzlaringiz yolg‘onga chiqargan doʻzax azobini totinglar!” – deyiladi.
Ey Muhammad,ularga: “Fath roʻy bergan kunida kufr keltirgan kimsalarga iymon keltirishlari foyda bermaydi va ularga tavba uchun muhlat ham berilmaydi”, – deb ayting.
Ey iymon keltirganlar, Allohning sizga bergan neʼmatini eslanglar. Oʻshanda sizlarga qarshi turli firqalardan iborat qoʻshinlar kelganda Biz ularning ustiga shamol va sizlar koʻrmagan farishtalardan iborat qoʻshinlarni yuborgan edik. Alloh qilayotgan barcha amallaringizni koʻrib turuvchi Zotdir.
Oʻshanda munofiqlar va dillarida illat boʻlgan kimsalar: “Alloh va Uning payg‘ambari bizlarga faqat yolg‘on vaʼda qilgan ekan-da”, – deb ayta boshladilar.
Ey Rasulim yana, ularga: “Agar Alloh sizlarga yomonlikni iroda qilsa yoki yaxshilikni xohlasa sizlarni kim undan toʻsa oladi”, – deb ayting. Ular oʻzlariga Allohdan boshqa doʻst ham, yordamchi ham topa olmaydilar.
Jangga kelsalar ham sizlarga nisbatan baxillik qilib keladilar. Bas, agar dushman tomonidan xavf kelsa, oʻlim talvasasidagi kishiga oʻxshab, koʻzlari aylanib siz tomonga qarayotganlarini koʻrasiz. Bas, qachonki xavf ketganda yaxshilik ustida ochkoʻzlik qilib, oʻtkir tillar bilan sizlarga ozor beradilar. Ular chindan iymon keltirmagan edilar. Bas, shu sababli Alloh ularning amallarini behuda ketkazdi va bu ish Allohga osondir.
Alloh kofir firqalarni g‘azablari bilan ortlariga qaytardi. Ular hech qanday yaxshilikka erishmadilar. Alloh moʻminlarga jang borasida Oʻzi kifoya qildi. Shubhasiz, Alloh kuchli va qudratli Zotdir.
Alloh dushman guruhlarga yordam bergan, ahli kitobdan iborat kimsalarni oʻz qalʼalaridan tushirdi va qalblariga qoʻrquv soldi. Endi, siz ulardan bir guruhni oʻldirasizlar, bir guruhni esa asir olasizlar.
Ey Payg‘ambarning ayollari, agar taqvo qilsangizlar, sizlar boshqa ayollarning birortasi kabi emassizlar. Bas, sizlar nomahram erkaklarga mayin soʻz qilmanglar, aks holda qalbida buzuqlik boʻlgan kimsa taʼma qilib qoladi. Soʻzni oddiy qilib, toʻg‘ri aytinglar.
Ey Muhammad, Alloh hidoyat bilan neʼmat bergan va siz ham qullikdan ozod qilish orqali inʼom qilgan shaxs Zayd ibn Horisaga: “Juftingni taloq qilishga shoshmay oʻzingda saqlagin va Allohdan qoʻrqqin”, – deb aytganingizni eslang. Alloh oshkor qiluvchi boʻlgan narsani ichingizda maxfiy tutardingiz va odamlarning ig‘vosidan qoʻrqar edingiz, holbuki, Allohdan qoʻrqmog‘ingiz haqliroq edi. Bas, qachonki, Zayd undan ehtiyojini ado etib taloq qilgach Biz sizni unga uylantirdik. Toki moʻminlarga asrandi bolalari oʻz xotinlaridan hojatlarini ado etishgach ularga uylanishlarida tanglik boʻlmasligi uchun shunday qildik. Allohning amri esa qilinuvchidir.
Allohning payg‘ambarga halol deb farz qilgan narsada unga tanglik boʻlmaydi. Bu oldingi oʻtgan payg‘ambarlar haqidagi Allohning yoʻlidir. Allohning amri belgilangan qadar boʻlgandir.