Vaqtiki xushxabarchi kelib, u koʻylakni Yaʼqubning yuziga tashlagan edi u koʻradigan boʻlib qoldi. Keyin Yaʼqub: “Sizlarga men, Allohdan Uning mehribonligi haqida siz bilmaydigan narsalarni bilaman deb aytmaganmidim!” – dedi.
Siz qidirgan لَمَّا masdar-o'zagidan hosil bo'lgan 159 ta oyat mavjud.
vaqtiki, Vaqtiki, qachonki, , lekin, nihoyat, bu ishlar, uchunmi?, vaqt, va qachonki
Quyida o'sha oyatlar arabcha matni va o'zbekcha tarjimasi bilan keltirilgan.
Vaqtiki xushxabarchi kelib, u koʻylakni Yaʼqubning yuziga tashlagan edi u koʻradigan boʻlib qoldi. Keyin Yaʼqub: “Sizlarga men, Allohdan Uning mehribonligi haqida siz bilmaydigan narsalarni bilaman deb aytmaganmidim!” – dedi.
Bas, qachonki manzilga yetib Yusufning huzuridagi chodirga kirganlarida, u oʻzini ota-onasining quchog‘iga otdi va: “Allohning xohishi bilan Misrga omonlikda kiringlar”, – dedi.
Qachonki, jannat ahli jannatga, doʻzax ahli doʻzaxga hukm qilinib ish bitgach, shayton ularga: “Shubhasiz, Alloh sizlarga haq vaʼda qilgan edi. Men esa vasvasa qilib sizga vaʼda berdim-u, lekin vaʼdamga xilof qildim. Menda ustingizdan hech qanday hukmronlik yoʻq edi. Lekin sizlarni botil yoʻlga chaqirsam, oʻzingiz menga javob qildingiz. Endi meni emas, oʻzingizni malomat qiling. Bugun men sizning qutqaruvchingiz emasman, siz ham meni azobdan qutqaruvchi emassiz. Shundoq ham men sizlar ilgari meni Allohga sherik qilganingizni inkor qilganman. Albatta, u zolimlar uchun alamli azob bor”, – dedi.
Shunday qilib, elchilar Lutning oilasiga yetib kelishdi.
Dengizda sizlarga biror musibat yetsa, iltijo qiladigan maʼbudalaringiz yoʻq boʻlib qoladi, faqat Uning Oʻzi qoladi. Sizlarga najot berib, yana quruqlikka omon chiqarib qoʻygach esa Undan yuz oʻgirasiz. Haqiqatan, inson noshukrdir.
Oʻtmishdagi ana u shaharlar aholisini zulm qilganlarida, ularni halok qilganmiz va ularning halokatlariga vaʼda qilingan vaqtni belgilab qoʻyganmiz.
Ular yoʻlga tushib, qachonki, ikki dengiz qoʻshiladigan yerga yetib borishgach baliqlarini u yerda unutib qoldirdilar. Shundan keyin baliq dengizda yoʻlini topib suzib ketdi.
Ikki dengizning tutashgan joyidan oʻtganlarida, Muso yigitiga: “Bizga tushligimizni keltir, haqiqatan, bu safarimizdan juda charchadik”, – dedi.
Bas, Ibrohim ulardan va Allohdan boshqaga sig‘inayotgan butlaridan chetlangach, Biz unga farzand qilib Ishoqni va nabira qilib Yaʼqubni berdik hamda barchalarini payg‘ambar qildik.
Vaqtiki, u olov yaqiniga kelgach: “Ey Muso!” – deb nido qilindi.
Bas, qachonki, azobimiz kelishini his qilishganda, ular birdaniga u joydan qochib qolmoqchi boʻlar edilar.
Payg‘ambarlarini inkor qilgan Nuh qavmini ham toʻfonda g‘arq qildik va ularni odamlar uchun ibrat qilib qoʻydik. Shu bilan birga, bunday zolimlar uchun oxiratda ham alamli azob tayyorlab qoʻyganmiz.
Keyin qilgan ishimdan qoʻrqib sizlardan qochib ketdim. Bas, Robbim menga hikmat berdi va meni payg‘ambarlardan qildi.
Sehrgarlar belgilangan joyga kelganlarida firʼavnga: “Agar albatta, biz g‘olib chiqsak, bizlar uchun bir mukofot bormi?” – dedilar.
Bas, ikki jamoa bir-birlarini koʻrgan paytda Musoning odamlari: “Bizlar aniq ushlandik”, – dedilar.
Shunday qilib, Muso olov yoniga kelgach, unga: “Olov oldidagi Zotga va uning atrofidagi kishilarga baraka berildi! Olamlarning Robbisi Allohga tasbehlar boʻlsin.
Ey Muso, asongni tashla. Bas, qachonki, Muso asosining xuddi u ilondek harakat qilayotganini koʻrgach, ortiga qaramay qochdi. Shunda Biz unga: “Ey Muso, qoʻrqmagin! Zero, Mening huzurimda payg‘ambarlar qoʻrqmaydi”, – dedik.
Bas, qachonki, moʻʼjizalarimiz ularga ochiqchasiga koʻrinuvchi holda yetib kelganda, ular: “Bu aniq sehrdir”, – dedilar.
Bas, qachonki, malikaning elchilari sovg‘ani olib Sulaymon huzuriga kelgach, u: “Sizlar menga mol-dunyo bilan madad bermoqchimisiz?! U holda bilingizki, Alloh menga ato etgan payg‘ambarlik va podshohlik sizlarga bergan mol-dunyodan yaxshiroqdir. Lekin sizlar sovg‘alaringiz bilan sevinyapsizlar”,– dedi.
Kitobdan ilmi bor boʻlgan bir zot esa: “Men uni koʻzingni ochib yumguningcha senga keltiraman”, – dedi. Keyin Sulaymon u taxtning oldida turganini koʻrgach: “Bu Robbimning shukr qilamanmi yoki noshukrlik qilamanmi, imtihon qilish uchun bergan fazlidandir. Kim shukr qilsa, bas, albatta, u faqat oʻzi uchun shukr qiladi. Kimki noshukrlik qilsa, bas, albatta, Robbim hamma narsadan behojat va ulug‘ Zotdir”, – dedi.