Bas, malika kelgach unga: “Sening taxting shundaymidi?” – deyildi. Bilqis hayratlanib: “Xuddi oʻshaning oʻzi”, – dedi. Sulaymon: “Allohga hamd boʻlsinki, bizlarga undan ilgari ilm berilgan va musulmonlardan boʻlganmiz”, – dedi.
Siz qidirgan لَمَّا masdar-o'zagidan hosil bo'lgan 159 ta oyat mavjud.
vaqtiki, Vaqtiki, qachonki, , lekin, nihoyat, bu ishlar, uchunmi?, vaqt, va qachonki
Quyida o'sha oyatlar arabcha matni va o'zbekcha tarjimasi bilan keltirilgan.
Bas, malika kelgach unga: “Sening taxting shundaymidi?” – deyildi. Bilqis hayratlanib: “Xuddi oʻshaning oʻzi”, – dedi. Sulaymon: “Allohga hamd boʻlsinki, bizlarga undan ilgari ilm berilgan va musulmonlardan boʻlganmiz”, – dedi.
Malikaga: “Endi, saroyga kir”, – deyildi. Bas, u saroyni koʻrgach, uni suv toʻlqini deb oʻylab, etagini koʻtarib, oyoqlarini ochdi. Sulaymon unga: “Bu billur shishadan yasalgan silliq qasrdir”, – dedi. Shunda malika: “Ey Robbim, darhaqiqat, men quyoshga sig‘inish bilan oʻzimga zulm qilibman, endi Sulaymon bilan birga olamlar egasi Allohga bosh egdim”, – dedi.
Qachonki, u voyaga yetib, kamol topganida, unga hikmat va bilim berdik. Biz yaxshi ish qiluvchilarni mana shunday mukofotlaymiz.
Shunda ham Muso ikkoviga dushman boʻlgan u qibtiy kimsani ajratib olmoqchi boʻlganida bani Isroillik odam baqirib: “Ey Muso, kecha bir jonni oʻldirganing kabi bugun meni ham oʻldirmoqchimisan?! Sen faqat yer yuzida jabr qiluvchi boʻlmoqchisan. Sen isloh qiluvchilardan boʻlishni xohlamaysan”, – dedi.
Vaqtiki, Muso Madyan shahri tomonga ravona boʻlgach: “Shoyad, Robbim meni toʻg‘ri yoʻlga boshlasa”, – dedi.
Qachonki, Madyan qudug‘idagi suv oldiga kelganda u joyda bir gala odamlar hayvonlarini sug‘orayotganini koʻrdi. Ulardan nariroqda ikki ayol qoʻylarini sug‘orishdan tortinib turganini koʻrdi. Muso ularga: “Sizlarga nima boʻldi, nega qoʻylarni sug‘ormayapsiz?” – dedi. Ular: “Biz, to podachilar mollarini sug‘orib qaytarmaguncha, sug‘ora olmaymiz. Otamiz esa qari bir chol”, – dedilar.
Keyin, qizlardan biri hayo bilan yurib kelib: “Otam bizlarga qoʻylarimizni sug‘orib berganing haqini berish uchun seni chaqirmoqda”, – dedi. Soʻngra, Muso Shuʼayb payg‘ambarning huzuriga kelib, unga oʻz qissasini, soʻzlab berdi. Shuʼayb Musoga “Endi, qoʻrqma, sen zolimlar qavmidan qutulding”, – dedi.
Bas, qachonki, Muso kelishilgan muddatni tugatib, oilasi bilan Misr tomon yoʻlga tushdi. Kechki payt Tur tog‘i tarafidan bir olovni koʻrib qoldi va oilasiga: “Sizlar shu joyda kutib turinglar. Men bir olovni koʻrib qoldim. Shoyad, sizlarga undan biror xabar yoki isinib olishingiz uchun olovdan bir choʻg‘ olib kelsam”, – dedi.
Bas, qachonki, uning oldiga yetib borgach, u muborak joyda vodiyning oʻng tarafidagi daraxtdan unga: “Ey Muso, Men barcha olamlarning Robbisi boʻlgan Allohman!” – deb nido qilindi.
Asongni yerga tashla! Bas, qachonki, Muso uni ilondek qimirlayotganini koʻrgach, orqasiga qaramay qochdi. Unga: “Ey Muso, orqangga qayt va qoʻrqma, albatta, sen xavfdan omonda boʻlgan kishilardansan!” – deyildi.
Bas, qachonki, Muso ularga aniq moʻʼjizalarimiz bilan kelgach, ular: “Bu toʻqima sehrdan boshqa narsa emas. Bu narsani avvalgi ota-bobolarimiz zamonida roʻy berganini eshitgan emasmiz”, – dedilar.
Bas, qachonki, ularga huzurimizdan haq payg‘ambar kelgach esa, ular: “Muhammadga ham Musoga berilgan moʻʼjizaviy narsalar berilganida edi bizlar unga ergashgan boʻlardik”, – dedilar. Axir, ular ilgari Musoga berilgan narsani ham inkor qilmaganmidilar?! Ular: “Tavrot va Qurʼon bir-birini qoʻllab-quvvatlaydigan ikki sehrdir, biz ularning hammasini inkor qiluvchilarmiz”, – dedilar.
Vaqtiki, elchi farishtalarimiz Ibrohimga bola koʻrishi haqidagi xushxabarni keltirishgach: “Albatta, bizlar mana shu qishloq ahlini halok qiluvchilarmiz. Albatta, uning aholisi zolimlardan boʻldi”, – dedi.
Vaqtiki, elchilarimiz Lutning oldiga kelganlarida, u bundan yomon ahvolga tushdi va ularning kelishidan qoʻl-oyog‘i boʻshashib, yuragi siqildi. Farishtalar: “Qoʻrqma va tashvishlanma, albatta, biz seni va ahlingni balodan qutqaruvchilarmiz. Biroq iymonsiz xotining azobda qoluvchilardan boʻldi”, – dedilar.
Qachonki, ular kemaga minsalar choʻkib ketishdan qoʻrqib, Uning diniga ixlos qilgan hollarida Allohga duo qiladilar. Bas, agar Alloh ularni eson-omon quruqlikka chiqarib, najot bergach, qarabsizki, yana ular Allohga shirk keltira boshlaydilar.
Allohga nisbatan yolg‘on toʻqigan yoki oʻziga kelgan haq Qurʼonni yolg‘onga chiqargan kimsadan ham zolimroq odam bormi?! Kofirlarning manzili jahannamda emasmi?
Qachonki, odamlarni dengizda ketayotganlarida tog‘lardek toʻlqinlar oʻrab olsa, Allohning diniga ixlos etgan hollarida duo qila boshlaydilar. Bas, qachonki, Alloh ularga najot berib, eson-omon quruqlikka chiqarsa, u holda ulardan ayrimlarigina toʻg‘ri yoʻl tutuvchidir. Bizning oyatlarimizni faqat barcha xoin va noshukr kimsalargina inkor qiladilar.
Ular musibatlarga sabr qilishgach, Biz ulardan amrimiz bilan toʻg‘ri yoʻlga boshlaydigan rahnamolarni chiqardik. Ular oyatlarimizga aniq ishonar edilar.
Moʻminlar dushman guruhlarini koʻrgan paytlarida: “Bu Alloh va Uning Payg‘ambari bizlarga vaʼda qilgan narsadir. Alloh va Uning Payg‘ambari rost aytadi”, – dedilar. Bu ularning iymon va itoatlarini yanada orttirdi.
Ey Muhammad, Alloh hidoyat bilan neʼmat bergan va siz ham qullikdan ozod qilish orqali inʼom qilgan shaxs Zayd ibn Horisaga: “Juftingni taloq qilishga shoshmay oʻzingda saqlagin va Allohdan qoʻrqqin”, – deb aytganingizni eslang. Alloh oshkor qiluvchi boʻlgan narsani ichingizda maxfiy tutardingiz va odamlarning ig‘vosidan qoʻrqar edingiz, holbuki, Allohdan qoʻrqmog‘ingiz haqliroq edi. Bas, qachonki, Zayd undan ehtiyojini ado etib taloq qilgach Biz sizni unga uylantirdik. Toki moʻminlarga asrandi bolalari oʻz xotinlaridan hojatlarini ado etishgach ularga uylanishlarida tanglik boʻlmasligi uchun shunday qildik. Allohning amri esa qilinuvchidir.