Ular namozni toʻliq ado qiladilar, haqdorlarga zakotni beradilar va oxiratga aniq ishonadilar.
Siz qidirgan أ خ ر masdar-o'zagidan hosil bo'lgan 250 ta oyat mavjud.
va oxiratga ham, oxirat, oxiratni berib, oxiratda, oxiratda ham, boshqa, orqada qolsa, oxiratda (ham), va oxirat, boshqasiga
Quyida o'sha oyatlar arabcha matni va o'zbekcha tarjimasi bilan keltirilgan.
Ular namozni toʻliq ado qiladilar, haqdorlarga zakotni beradilar va oxiratga aniq ishonadilar.
Albatta, oxiratga iymon keltirmaydigan kimsalarning qilayotgan amallarini oʻzlariga chiroyli koʻrsatib qoʻyganmiz. Bas, ular tug‘yonlarida tentirab yuraveradilar.
Ana oʻshalar uchun dunyoda ham azobning eng yomoni bordir va ular oxiratda eng koʻp ziyon koʻruvchilardir.
Balki, ularning oxirat haqidagi bilimlari pishib yetilgandir?! Yoʻq, ular oxiratning boʻlishidan gumondalar, aksincha, ular u haqda koʻrdirlar.
U yagona Allohdir. Undan oʻzga iloh yoʻqdir! Dunyoda ham oxiratda ham hamd, faqat Unga xosdir. Hukm qilish ham yolg‘iz Ungadir va barchangiz Uning huzuriga qaytarilasizlar.
Alloh senga bergan narsa bilan avvalo oxirat savobini istagin shuningdek, dunyodan boʻlgan nasibangni ham unutma. Alloh senga ehson qilgani kabi sen ham nochorlarga ehson qil. Yer yuzida zoʻravonlik bilan buzg‘unchilik qilishni oʻylama. Chunki Alloh buzg‘unchilarni sevmaydi.
Biz oʻsha oxirat diyorini yer yuzida kibr va buzg‘unchilik qilishni istamaydigan kishilar uchun yaratamiz. Oqibat esa, taqvodor kimsalarnikidir!
Alloh bilan birga boshqa soxta ilohga iltijo qilmang. Undan oʻzga iloh yoʻqdir. Uning Zotidan boshqa har bir narsa halok boʻluvchidir. Hukm qilish, faqat Unga xosdir va Uning huzuriga qaytarilasizlar.
Ey Muhammad, ularga: “Yer yuzida sayr qilib Alloh qanday qilib yaratishni boshlaganiga nazar solinglar. Soʻngra Alloh qiyomatda ikkinchi marta paydo qiladi. Albatta, Alloh barcha narsaga qodirdir!
Biz unga oʻg‘li Ishoq va nabirasi Yaʼqubni ato qildik hamda payg‘ambarlikni va samoviy kitoblarni uning zurriyotiga xos qildik va unga shu dunyoda ham ajru mukofotini berdik, albatta, u oxiratda ham solih zotlardandir.
Madyan qavmiga esa birodarlari Shuʼaybni payg‘ambar qilib yubordik. Shuʼayb qavmiga: “Ey qavmim, Allohga ibodat qilinglar bir kun, albatta, keladigan oxirat kunidan umidvor boʻlinglar. Hamda Yer yuzida buzg‘unchilik qilib yurmanglar”, – dedi.
Bu dunyo hayoti faqat behuda oʻyin-kulgidan iboratdir. Agar bilsalar edi, haqiqiy hayot bu – oxirat diyoridir.
Ular oxiratdan bexabar boʻlgan hollarida, faqat dunyo hayotining tashqi koʻrinishini biladilar, , xolos.
Ammo kufr keltirgan kimsalar, oyatlarimizni hamda oxiratga duch kelishni inkor qilgan kimsalar esa, ular doimiy azobga hozir qilingandirlar.
Ular namozni toʻliq ado etadigan, zakotni oʻz joyiga beradigan va oxirat kuniga aniq ishonadigan kimsalardir.
Ey moʻminlar, sizlar uchun – Allohdan va oxirat kunidan umidvor boʻlgan hamda Allohni koʻp zikr qilgan kishilar uchun Allohning payg‘ambari xulqida goʻzal namuna bordir.
Agar Allohni va Uning payg‘ambarini hamda oxirat diyorini xohlaydigan boʻlsangiz, u holda Alloh sizlarning orangizdan yaxshi amal qiluvchilar uchun ulkan mukofot tayyorlab qoʻygan.
Albatta, Alloh va Uning payg‘ambariga ozor beradigan kimsalarni Alloh dunyoda ham, oxiratda ham laʼnatlagan va ular uchun oxiratda xor qiluvchi azobni tayyorlab qoʻygandir.
Osmonlardagi va yerdagi barcha narsalar Uniki boʻlgan Allohga hamd boʻlsin. Oxiratda ham hamd faqat Unga xosdir. U hikmat egasi boʻlgan – Hakim va barcha ishlardan xabardor boʻlgan – Xobir Zotdir.
Yana ular: “U Alloh shaʼniga yolg‘on uydirdimi yoki unda jinnilik bormi?” – dedilar. Yoʻq, unday emas, oxiratga ishonmaydigan kimsalarning oʻzlari azobda va hidoyatdan uzoq zalolatdadirlar.