Bunday hukmga yuz oʻgirishlarining sababi esa nima boʻlganda ham bizlarga doʻzax azobi, faqat sanoqli kunlardagina tegadi deb aytishlaridir. Oʻzlari uydirgan bu yolg‘onlari ularni dinlaridan adashtirib qoʻydi.
Siz qidirgan ن و ر masdar-o'zagidan hosil bo'lgan 194 ta oyat mavjud.
olov, ularning nurini, olovdan, jahannam, olov, olovga, yorug'likka, yorug'lik, olovli, olovning
Quyida o'sha oyatlar arabcha matni va o'zbekcha tarjimasi bilan keltirilgan.
Bunday hukmga yuz oʻgirishlarining sababi esa nima boʻlganda ham bizlarga doʻzax azobi, faqat sanoqli kunlardagina tegadi deb aytishlaridir. Oʻzlari uydirgan bu yolg‘onlari ularni dinlaridan adashtirib qoʻydi.
Hammangiz birgalikda Allohning arqoni Qurʼonni mahkam tutinglar va ajralib ketmanglar. Allohning sizga bergan neʼmatini yodga olinglar. Bir paytlar bir-biringizga dushman edingiz soʻng, qalblaringizni oʻzaro oshno qilib qoʻydi. Uning neʼmati soyasida birodarlarga aylandingiz. Doʻzax chuqurining yoqasida ekaningizda undan sizlarni qutqardi. Hidoyat yoʻlini topishingiz uchun Alloh sizlarga oyatlarini mana shunday bayon qiladi.
Shubhasiz, kufr keltirganlarning mol dunyolari va farzandlari Allohning huzuridan ularga biror narsada foyda keltirmaydi. Ana oʻshalar doʻzax egalaridir hamda ular u yerda mangu qoluvchilardir.
Kofirlar uchun tayyorlab qoʻyilgan mangu doʻzaxdan qoʻrqinglar.
Iloh ekanligi haqida dalil tushirmagani holda Allohga sherik qilganlari sababli kofirlarning qalblariga qoʻrquv solamiz. Oqibatda ularning borar joylari jahannamdir, zolimlarning borar joylari naqadar yomon joydir!
Ular: “Bizga keltirgan bir qurbonlikni osmondan tushgan bir olov uni yeb qoʻymaguncha hech bir Rasulga iymon keltirmasligimiz haqida Alloh Tavrotda bizlardan ahd olgan”, – deb aytadilar. Ey Rasulim, ularga: “Mendan oldin ham sizning ajdodlaringizga dalillar va sizlar aytgan qurbonlik kabi moʻʼjizalar bilan koʻplab payg‘ambarlar kelgan edilar. Xoʻsh, agar gaplaringizda rostgoʻy boʻlsangizlar, nima uchun ularni qatl etdingiz?!” – deb ayting.
Ey Rasulim, agarda sizni yolg‘onchiga chiqarayotgan boʻlsalar, g‘amgin boʻlmang, darhaqiqat, sizdan oldin ochiq dalillar, sahifalar va nur tarqatuvchi kitob keltirgan Rasullar ham yolg‘onchiga chiqarilgan edilar.
Har bir jon oʻlimni totib koʻruvchidir. Qiyomat kunida, albatta, mukofotlaringizni toʻlig‘icha olasiz. Kimki doʻzaxdan uzoqlashtirilib, jannatga kiritilsa, shubhasiz, yutuqqa erishibdi. Dunyo hayoti esa yolg‘onchi bir zavqdan iboratdir.
Ular Allohni tik turganlarida ham, oʻtirgan hollarida ham, yotganlarida ham zikr qiladilar va osmonlaru Yerning yaratilishi haqida tafakkur qilib: “Ey Robbimiz, Sen bu koinotni bekorga yaratmagansan. Sen nuqsonlardan xolisan va bizlarni doʻzax azobidan saqlagin”, – deydilar.
Ey Robbimiz, Sen kimni doʻzaxga kiritsang, albatta, uni xor qilgan boʻlasan. Zolimlarga esa azobdan qutulishlari uchun yordamchilar boʻlmaydi.
Yetimlarning mollarini zulm yoʻli bilan yeydigan kimsalar, shubhasiz, qorinlarida olov yegan boʻladilar va albatta, oxiratda doʻzaxda yonadilar.
Kim Alloh va Uning Rasuliga osiylik qilsa va Uning belgilab qoʻygan hadlaridan oshsa, uni u yerda mangu qoladigan doʻzaxga kiritadi. Hamda uning uchun u yerda xor qiluvchi azob bordir.
Kimki bu yomon ishlarni adovat va zulm qilgan holda amalga oshirsa, yaqinda uni doʻzaxga kiritib toblaymiz. Albatta, bu ishlar Allohga osondir.
Albatta, oyatlarimizni inkor qilib, kufr keltirgan kimsalarni yaqinda doʻzaxga kiritamiz. Azobni qayta-qayta totishlari uchun terilari kuyib pishgach, yana uning oʻrniga boshqa terini almashtirib turamiz. Shubhasiz, Alloh izzati ulug‘ – Aziz va hikmat egasi – Hakim Zotdir.
Albatta, munofiqlar doʻzaxdagi eng pastki tabaqada boʻladilar. Ularga yordam beradigan hech kimni topa olmaysiz.
Ey odamlar, darhaqiqat, sizlarga Robbingiz tarafidan aniq dalil keldi. Hamda sizlarga yorqin nur boʻlgan Qurʼonni nozil qildi.
Ey ahli kitob boʻlgan yahudiy va nasroniylar! Sizlarga yuborgan Rasulimiz qoʻlingizdagi kitobda berkitganlaringizning koʻpini bayon qilish uchun keldi. Shu bilan birga, baʼzi xatolaringizni koʻpini kechirmoqda. Haqiqatan, sizlarga Allohdan Islom nuri va ochiq-oydin Qurʼon kitobi kelgan.
U tufayli Oʻzining rizosiga ergashgan kishilarni omonlik yoʻliga yetaklaydi. Hamda Oʻz izni irodasi bilan ularni zulmatlardan nurga chiqaradi va toʻg‘ri yoʻlga boshlaydi.
Albatta, men gunohimni va gunohingni ustingga olib, oqibatda jahannam ahlidan boʻlib ketishingni xohlayman. Ha, zolimlarning jazosi shudir.
Ular doʻzaxdan chiqishni xohlaydilar, biroq undan chiquvchi emaslar, Ularga doimiy azob bordir.