Oʻzingiz yoqayotgan olovni oʻylab koʻrdingizmi?!
Siz qidirgan ن و ر masdar-o'zagidan hosil bo'lgan 194 ta oyat mavjud.
olov, ularning nurini, olovdan, jahannam, olov, olovga, yorug'likka, yorug'lik, olovli, olovning
Quyida o'sha oyatlar arabcha matni va o'zbekcha tarjimasi bilan keltirilgan.
Oʻzingiz yoqayotgan olovni oʻylab koʻrdingizmi?!
U Oʻz bandasi Muhammadga sizlarni jaholat zulmatlaridan iymon nuriga olib chiqishi uchun aniq oyatlarni nozil qiladigan Zotdir. Shubhasiz, Alloh bandalariga shafqatli – Raʼuf va marhamati keng boʻlgan – Rahim Zotdir.
Moʻmin va moʻminalarning oldilarida va oʻng tomonlarida qilgan yaxshi amal nurlari yoʻllarini yoritib ketayotganini koʻradigan kunni eslang! Oʻsha kunda ularga: “Sizlar uchun bugungi xushxabar – ostidan anhorlar oqib turadigan, mangu qolinadigan jannatlardir. Ana shu katta yutuqdir!” – deyiladi.
U kunda munofiq va munofiqalar iymon keltirgan kimsalarga qarab: “Toʻxtab turinglar, biz ham sizlarning nuringizdan ozgina olib foydalanaylik”, – desalar, ularga: “Ortingizga qaytib nur istanglar”, – deyiladi. Keyin ular bilan moʻminlar oʻrtasida darvozali bir devor uriladi. Uning ichida rahmat, tashqarisida esa azob boʻladi.

Mana bugun siz munofiqlardan ham, kufr keltirganlardan ham azobdan qutulishlaringiz uchun toʻlov olinmaydi. Joylaringiz doʻzaxdir! U sizlarning munosib joyingizdir! U qanday ham yomon borar joy!
Allohga va Uning rasullariga iymon keltirgan kishilar – ana oʻshalar siddiqlardir va Robblari huzuridagi shohidlardir. Ular uchun oxiratda mukofotlari va yoʻllarini yorituvchi nurlari boʻladi. Kufr keltirgan va oyatlarimizni yolg‘onga chiqargan kimsalar esa – ular doʻzax egalaridir.
Ey Isoga iymon keltirgan kimsalar, Allohdan qoʻrqinglar va Uning payg‘ambari Muhammadga ham iymon keltiringlar. Shunda U zot sizlarga Oʻz rahmatidan ikki barobar ato etadi va sizlarga qiyomatda oldingizda yuradigan bir nur paydo qiladi hamda sizlarni mag‘firat qiladi. Alloh gunohlarni kechiruvchi – G‘ofur va marhamati keng boʻlgan – Rahim Zotdir.
Ularning mollari ham, farzandlari ham Alloh tomonidan keladigan azobni ulardan qaytara olmaydi. Ular doʻzax ahlidirlar. Ular u yerda mangu qoluvchidirlar.
Agar Alloh ularga surgun boʻlishni yozmaganida, albatta, ularni mana shu dunyoda qatl qilish yoki asrga olish bilan azoblagan boʻlar edik. Ular uchun oxiratda doʻzax azobi ham bordir.
Bas, shayton va kofir, ikkisining ham oqibati doʻzaxga kirib, unda mangu qolishlari boʻldi. Mana bu zolimlarning jazosidir.
Doʻzax ahli bilan jannat ahli hech qachon barobar boʻlmaydi. Jannat ahli yutuqqa erishgan zotlardir.
Ular Allohning nurini og‘izlari bilan oʻchirmoqchi boʻladilar. Holbuki, Alloh garchi kofirlar yoqtirmasalar ham, Oʻz nurini kamolga yetkazuvchidir.
Ular Allohning nurini og‘izlari bilan oʻchirmoqchi boʻladilar. Holbuki, Alloh garchi kofirlar yoqtirmasalar ham, Oʻz nurini kamolga yetkazuvchidir.
Bas, sizlar Allohga, Uning payg‘ambariga va Biz nozil qilgan nurga iymon keltiringlar. Alloh barcha qilayotgan amallaringizdan xabardordir.
Kufr keltirgan va oyatlarimizni inkor qilgan kimsalar – ana oʻshalar doʻzax ahli boʻlib, u yerda mangu qoluvchidirlar. U qanday ham yomon borar joydir.
Iymon keltirgan va solih amallarni qilgan kimsalarni zulmatlardan nurga chiqarish uchun sizlarga Allohning bayon qiluvchi oyatlarini tilovat qiladigan payg‘ambarni yubordi. Kimki Allohga iymon keltirsa va yaxshi amallar qilsa, Alloh uni tagidan anhorlar oqib turadigan hamda abadiy qolinadigan jannatlarga kiritadi. Haqiqatan, Alloh uning uchun goʻzal jannatning tuganmas rizqini ato qilgandir.
Ey iymon keltirganlar, oʻzlaringizni va oila aʼzolaringizni yoqilg‘isi odamlar va toshlar boʻlgan doʻzaxdan saqlanglar. U yerda qattiqqoʻl va darg‘azab, Alloh buyurgan narsaga osiylik qilmaydigan, faqat buyurilgan ishni qiladigan farishtalar turadilar.
Ey iymon keltirganlar, Allohga xolis tavba qilinglar, shoyadki, Robbingiz yomonliklaringizni oʻchirib, sizlarni tagidan anhorlar oqib turadigan jannatlarga kiritsa! U kunda Alloh payg‘ambarni va u bilan birga iymon keltirganlarni sharmanda qilmaydi. Ularning nurlari oldilarida va oʻng tomonlarida yuradi. Ular: “Ey Robbimiz, Oʻzing bizlarga nurimizni batamom qilib bergin va bizlarni mag‘firat qilgin. Albatta, Sen har narsaga qodirdirsan”, – deydilar.