Oʻshanda ular doʻzaxda oʻzaro tortishib, zaiflar mutakabbirlarga: “Bizlar dunyoda sizlarga ergashgan edik, endi, sizlar bizlardan doʻzax otashining biror boʻlagini daf qila olasizlarmi?” – deydilar.
Siz qidirgan ن و ر masdar-o'zagidan hosil bo'lgan 194 ta oyat mavjud.
olov, ularning nurini, olovdan, jahannam, olov, olovga, yorug'likka, yorug'lik, olovli, olovning
Quyida o'sha oyatlar arabcha matni va o'zbekcha tarjimasi bilan keltirilgan.
Oʻshanda ular doʻzaxda oʻzaro tortishib, zaiflar mutakabbirlarga: “Bizlar dunyoda sizlarga ergashgan edik, endi, sizlar bizlardan doʻzax otashining biror boʻlagini daf qila olasizlarmi?” – deydilar.
Oʻshanda ular doʻzaxda oʻzaro tortishib, zaiflar mutakabbirlarga: “Bizlar dunyoda sizlarga ergashgan edik, endi, sizlar bizlardan doʻzax otashining biror boʻlagini daf qila olasizlarmi?” – deydilar.
Shunda doʻzaxdagi kimsalar jahannam qoʻriqchilariga: “Robbingizga duo qilinglar, bizlardan biror kun azobni yengillatsin”, – deydilar.
Qaynoq suv ichida boʻladilar. Soʻngra olovda yondiriladilar.
Allohning dushmanlari doʻzaxga haydalish uchun toʻplanib, keyin ular tizilib qoʻyiladigan kunni eslang.
Endi, agar azobga sabr qila olsalar, mana, doʻzax ularning joyidir. Agar ortga qaytishni talab qilsalar, bas, ular ortga qaytariluvchilardan emaslar.
Bu azob Alloh dushmanlarining jazosi boʻlgan doʻzaxdir. Oyatlarimizni inkor qilganlarining jazosi sifatida ularga u yerda mangulik diyori bordir.
Albatta, oyatlarimiz haqida ularni buzmoqchi boʻlib, egrilik qiladiganlar Bizga maxfiy boʻlib qolmaydilar. Axir, doʻzaxga tashlanadigan kimsa yaxshiroqmi yoki qiyomat kunida Allohning azobidan xotirjam holda keladigan kishimi?! Ey odamlar, mana sizlarga ikki yoʻl. Xohlagan narsangizni qilaveringlar, albatta, U qilayotgan ishlaringizni koʻrib turuvchidir.
Ey Muhammad, shunday qilib, xuddi avvalgi payg‘ambarlarga vahiy qilganimizdek amrimiz bilan sizga Ruhni vahiy qildik. Siz bundan oldin kitobni ham iymon mohiyatini ham bilmas edingiz. Lekin Biz bu Qurʼonni bir nur qildik va u bilan bandalarimizdan Oʻzimiz xohlagan kishilarni hidoyat qilamiz. Albatta, siz vahiy yordamida odamlarni toʻg‘ri yoʻlga boshlaysiz.
Ularga: “Sizlar mana shu kuningizdagi Bizga duch kelishni unutganingizdek, Biz ham bugun sizlarni unutarmiz. Sizlarning joyingiz doʻzaxdir va sizlar uchun azobdan qutqaruvchi hech qanday yordamchilar boʻlmaydi”, – deyiladi.
Kufr keltirgan kimsalar doʻzaxga koʻndalang qilinadigan kunda ularga: “Sizlar dunyo hayotingizdayoq mazangizni qilib, huzurlanib boʻlgansiz. Bugun Yer yuzida nohaq takabburlik va fosiqlik qilganingiz uchun xorlik azobi bilan jazolanasizlar”, – deyiladi.
Kufr keltirgan kimsalar doʻzaxga duchor qilinadigan kunda ularga: “Mana bu azob haq emas ekanmi?!” – deyiladi. Ular: “Robbimizga qasamki, xuddi shunday, haq ekan”, – deydilar. Shunda Alloh: “Bas, kufr keltirganingiz uchun mana shu azobni totinglar!” – deydi.
Albatta, Alloh iymon keltirgan va solih amallarni qilgan kimsalarni ostidan anhorlar oqib turadigan jannatlarga kiritadi. Kufr keltirgan kimsalar esa dunyo lazzatlaridan foydalanib, chorva hayvonlari yeganidek yeb-ichadilar va oxirida doʻzax ularning joylaridir.
Allohdan qoʻrqadigan taqvodorlar uchun vaʼda qilingan jannatning misoli shuki, unda mazasi aynimas suvdan iborat daryolar, taʼmi oʻzgarmaydigan sutdan iborat anhorlar, ichuvchilar uchun lazzatli maydan boʻlgan daryolar va musaffo asaldan iborat anhorlar bordir. Ular uchun u yerda barcha mevalardan va Robbilari tomonidan mag‘firat bordir. Ana shunday kimsalar doʻzaxda mangu qoladigan va qaynoq suv bilan sug‘orilganda ichaklarini tilka-pora qilib tashlaydigan kofirlar kabi boʻladimilar?!
U kun ular doʻzaxda sinaladigan kundir.
U kunda jahannam otashiga kuch bilan haydaladilar.
U kunda ularga: “Sizlar yolg‘on deb yurgan doʻzax mana shudir”, – deyiladi.
Ular yuztuban hollarida doʻzax tomon sudraladigan kunda ularga: “Doʻzax taʼsirini totib koʻringlar!” – deyiladi.
Jin va shaytonlarni esa olovdan yaratdi.
U kunda ustingizga olovdan iborat bir alanga va tutun yuboriladiki, sizlar undan qutula olmaysizlar.