Albatta, haqiqiy moʻminlar Allohning nomi esga olinganda qalblari titraydigan, Uning oyatlari tilovat qilinganda iymonlari yanada ortadigan va yolg‘iz Robbilariga suyanadigan kimsalardir.
Siz qidirgan و ج ل masdar-o'zagidan hosil bo'lgan 5 ta oyat mavjud.
titraydi, qo'rqamiz, qo'rqma, titraydi, titrab
Quyida o'sha oyatlar arabcha matni va o'zbekcha tarjimasi bilan keltirilgan.
Albatta, haqiqiy moʻminlar Allohning nomi esga olinganda qalblari titraydigan, Uning oyatlari tilovat qilinganda iymonlari yanada ortadigan va yolg‘iz Robbilariga suyanadigan kimsalardir.
Oʻshanda inson qiyofasidagi farishtalar uning huzuriga kirib: “Salom”, – dedilar. Ibrohimning ularga pishirib kelgan taom uchun qoʻl choʻzishmagach ularga: “Biz sizlardan hadiksirayapmiz, kimsiz oʻzi?” – dedi.
Ular: “Qoʻrqmagin, biz farishtalarmiz, senga bir bilimdon oʻg‘il koʻrishing haqida xushxabarini keltiryapmiz”, – dedilar.
Ular Alloh zikr qilinganida qalblari titraydigan, oʻzlariga yetgan kulfatlarga sabr qiladigan, nomozni toʻliq ado etadigan va Biz ularga rizq qilib bergan narsalardan ehson qiladigan kimsalardir.
Shuningdek, sadaqalarini oxiratda Robbilariga qaytuvchi ekanlaridan qalblari qoʻrqib turgan holda beradigan kimsalar,