Oʻziga bir necha barobar koʻp qilib qaytarilishi evaziga Alloh yoʻliga chiroyli qarz beradigan kim bor? Holbuki, rizqni toraytiradigan ham, kengaytiradigan ham Allohning Oʻzidir hamda sizlar, shubhasiz, Uning huzuriga qaytarilasizlar.
Siz qidirgan ب س ط masdar-o'zagidan hosil bo'lgan 25 ta oyat mavjud.
ochadi-da, kuchini, cho'zishga (hujumga), sen cho'zsang, cho'zmayman, ochiqdir, cho'zgan, ustunlik, kuch, cho'zgan kishi kabidir, mo'llashtiradi
Quyida o'sha oyatlar arabcha matni va o'zbekcha tarjimasi bilan keltirilgan.
Oʻziga bir necha barobar koʻp qilib qaytarilishi evaziga Alloh yoʻliga chiroyli qarz beradigan kim bor? Holbuki, rizqni toraytiradigan ham, kengaytiradigan ham Allohning Oʻzidir hamda sizlar, shubhasiz, Uning huzuriga qaytarilasizlar.
Shundan soʻng payg‘ambarlari ularga: “Alloh sizlarga Tolut ismli kishini podshoh tayin qilib yubordi”, – dedi. Ular esa: “U bizning ustimizga qanday qilib hukmron boʻla oladi? Vaholanki, podshohlikka undan koʻra biz haqliroqmiz. Uning ustiga Tolutga mol-davlatdan moʻl-koʻl berilmagan boʻlsa?!” – deb aytdilar. Payg‘ambar ularga: “Shubhasiz, Alloh uni sizlarning ustingizga podshoh qilib tanladi hamda uning ilmiy va jismoniy tomondan quvvatini orttirdi”, – deb javob qaytardi. Alloh mulkini Oʻzi istagan kimsaga beradi. Shuningdek, Alloh fazlu karami keng boʻlgan – Vosiʼ va barcha narsani bilib turuvchi – Aʼlim Zotdir.
Ey iymon keltirganlar, Allohning sizlarga bergan neʼmatini eslanglar. Bir guruh sizga qoʻl uzatib, hamla qilmoqchi boʻlgan paytda, Alloh qoʻllarini sizdan qaytargan edi. Allohdan qoʻrqinglar, moʻminlar, faqat Allohga tavakkul qilib suyansinlar.
Agar meni oʻldirish uchun qoʻlingni menga uzatsang ham, men seni oʻldirish uchun senga qoʻl uzatuvchi emasman. Men gunoh qilishga olamlar Robbisidan qoʻrqaman.
Agar meni oʻldirish uchun qoʻlingni menga uzatsang ham, men seni oʻldirish uchun senga qoʻl uzatuvchi emasman. Men gunoh qilishga olamlar Robbisidan qoʻrqaman.
Yahudiylar: “Allohning qoʻli bog‘langandir”, – dedilar. Baxillik qilganlari tufayli oʻzlarining qoʻllari bog‘liq boʻlib qolar va bu aytgan soʻzlari sababli laʼnatlanadilar. Aksincha, Allohning ikki qoʻli ochiqdir. Oʻzi qanday istasa shunday beraveradi. Robbingizdan sizga nozil qilingan Qurʼon ulardan koʻpchiligining tug‘yon va kufrini yanada orttiradi. Ularning oralariga qiyomat kunigacha adovat va nafrat oʻtini solib qoʻyganmiz. Qachonki ular sizlarga qarshi urush olovini yoqsalar, Alloh uni darhol soʻndirib qoʻyadi. Yer yuzida buzg‘unchilik qilishga harakat qiladilar. Alloh fasod tarqatuvchilarni sevmaydi.
Allohning shaʼniga yolg‘on toʻqigan yoki oʻziga hech narsa vahiy qilinmagani holda: “Menga ham vahiy qilindi”, – deydigan hamda “Alloh nozil qilganga oʻxshaganni men ham nozil qilaman”, – deb daʼvo qilgan kimsadan ham zolimroq odam bormi? Ey Rasulim, siz oʻshanda u zolimlarni oʻlim talvasasida hamda ajal farishtalari qoʻllarini choʻzib: “Jonlaringizni chiqaringlar, bugun sizlar Alloh shaʼniga nohaq gaplarni aytganlaringiz va oyatlaridan yuz oʻgirib takabburlik qilganlaringiz uchun xorlik azobi bilan jazoga tortilasizlar”, – deb aytayotganlarini koʻrsangiz edi!
Sizlarni ogohlantirish uchun Robbingiz tarafidan kelgan eslatma oʻz orangizdan boʻlgan kishiga berilganidan hayron qoldingizmi? Alloh sizlarni Nuh payg‘ambar qavmidan keyin Yer yuzida oʻrinbosar qilib qoʻyganini va yaratilish bobida sizlarning kuch-quvvatingizni ziyoda qilganini ham eslanglar. Shunday ekan, Allohning sizga bergan neʼmatlarini yodga olinglar shoyad, shunda najot topasizlar.
Haqiqiy duo, faqat Unga qilinadi. Undan boshqani qoʻyib butlariga iltijo qilayotganlarida u mushriklarning birorta duosini ijobat qilmaydi. Ular xuddi ikki kaftini suvga uzatib, suv og‘ziga yetib kelishini kutib turgan odamga oʻxshaydilar. Vaholanki, u suv unga yetib keluvchi emasdir. Kofirlarning duosi yoʻqotishdan boshqa narsa emas.
Alloh Oʻzi xohlagan kishilarning rizqini keng qilib qoʻyadi va xohlagan kishilarning rizqini tor qilib qoʻyadi. Mushriklar mana shu oʻtkinchi dunyo hayoti bilan xursand boʻlib yurdilar. Holbuki, bu dunyo hayotining xursandchiligi oxirat oldida faqatgina bir arzimas matodir.
Baxillik qilib qoʻlingizni boʻyningizga bog‘lab ham olmang. Isrofgarchilik qilish bilan uni butunlay ochib ham yubormang. Aks holda, bunday feʼldan malomat va hasrat ichida oʻtirib qolasiz.
Baxillik qilib qoʻlingizni boʻyningizga bog‘lab ham olmang. Isrofgarchilik qilish bilan uni butunlay ochib ham yubormang. Aks holda, bunday feʼldan malomat va hasrat ichida oʻtirib qolasiz.
Albatta, Robbingiz Oʻzi xohlagan kishilarning rizqini keng qilib qoʻyadi va xohlaganini tor qilib qoʻyadi. Albatta, U bandalarining barcha ishlaridan xabardor boʻlgan – Xobir va qilayotgan ishlarini koʻrib turuvchi – Basir Zotdir.
Ular uyquda boʻlsalar ham, koʻzlari ochiq va harakatlanib turganlari uchun sen ularni uyg‘oq, deb oʻylaysan. Biz ularni badanlaridan yerga tegib turgan tomoni chirib ketmasligi uchun oʻng tomon va chap tomonga aylantirib turar edik. Ularning itlari esa old oyoqlarini ostonaga uzatib yotar edi. Agar birdan ularning ustidan chiqib qolsang, dahshatga tushib, ulardan yuz oʻgirib qochgan boʻlar eding.
Kechagina uning oʻrnini orzu qilganlar: “Vo ajab, Alloh bandalaridan oʻzi xohlagan kishilarning rizqini keng qilib, xohlaganining rizqini tor qilib qoʻyar ekan-da! Agar Alloh bizlarga lutf qilmaganida, bizlarni ham yerga yuttirgan boʻlar edi. Vo ajab, kofirlar najot topmas ekan-da!” – deb qoldilar.
Alloh bandalaridan Oʻzi xohlagan kishilarning rizqini keng qiladi va xohlagan kishilarning rizqini tor qiladi. Albatta, Alloh barcha narsani bilib turuvchidir.
Alloh xohlagan kishilarning rizqini keng qilishi va xohlaganining rizqini tor qilishini koʻrmadilarmi?! Albatta, bunda iymon keltiruvchi qavmlar uchun ibratlar bordir!
Alloh shamollarni yuborib, bulutlarni qoʻzg‘atadigan Zotdir. Bas, u bulutlarni osmonda xohlaganicha yoyadi keyin uni boʻlak-boʻlak qilgach, uni orasidan yomg‘ir sizib chiqishini koʻrasiz. Bas, qachonki u yomg‘irni bandalaridan xohlagan kishisiga yetkazganda, ular birdan xursand boʻlib ketadilar.
Ey Muhammad, ularga: “Shubhasiz, Robbim Oʻzi xohlagan kishisining rizqini keng qiladi va Oʻzi xohlaganining rizqini tor qiladi. Lekin odamlarning koʻpchiligi buni bilmaydilar”, – deb ayting.
Ey Muhammad ularga: “Albatta, Robbim bandalaridan xohlaganining rizqini keng qiladi va xohlaganiga rizqni tor qiladi. Biror narsani ehson qilsangizlar, bas, Alloh uning oʻrnini toʻldiradi. U rizq beruvchilarning eng yaxshisidir”. – deb ayting.